Muallif. I bob. XALQ PEDAGOGIKASI FANINING NAZARIY ASOSLARI
Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va manbalari
Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari bo‘lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil boigan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to'plangan boy ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan.
Demak, bo‘Ig‘usi pedagog kadrlami tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlariga asosiy e’tibomi qaratishimiz zarurdir.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniy- ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g‘oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o'zida mujassamlash- tirdi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va g'oyalar, ta’lim- tarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz merosi bo‘lgan xalq pedagogikasini xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi deyilishi bejiz emas.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiy- axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi.
Shuni qayd etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil
5
etish va o ‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy tayyorgarligi xaqi- dagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo'qotmagan.
Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri b o iib kelgan. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ulaming kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi. Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-tarbiyaviy qarashlari bo'yicha to‘plangan boy ma’naviy- ma’rifiy meros va pedagogik g'oyalari bilan tanishtirish jarayoni
sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagilar o‘rganiladi:
-xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari;
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari;
- o ‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati;
-xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sogiom turmush tarzining aks etishi;
buyuk mutafakkirlaming pedagogik g‘oyalari;
xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati;
-milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o ‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘mi;
-xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar;
-xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h.
|