|
MUHAMMAD AL - XORAZMIY (783-850)
|
bet | 9/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J MUHAMMAD AL - XORAZMIY (783-850)
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 783 yil Xorazmda tavallud topgan. Yevropada
«Algorismus» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini Bog'dodda, xalifa al-Ma’mun boshchiligidagi ilmiy markaz «Bayt ul- hikma»da o'tkazgan. Xalifa al-Ma’mun al-Xorazmiyni
olim sifatida juda qadrlaganligi bois mazkur ilm dargohini boshqarish ishlarini ma’lum muddat unga topshirgan.
Al-Xorazmiy hind va yunon olimlarining asariarini puxta o'zlashtirib, undagi g‘oyalarni yanada rivojlantiradi. U hozirgi zamon matematika fanining fundamental qoidalari asoschisi, zamonaviy algebra fanining birinchi ta’sis etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Olimning
«Al-Jabr val-Muqobala» asaridagi birinchi «Al-Jabr» so‘zidan Yevro pada «algebra» so‘zi kelib chiqqan. U 0(nol) sonini arifmetikaga olib kirdi va shu tariqa sonlarning o‘nlik pozitsion tizimi butun dunyoga tarqaldi.
10 Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. - Т.: Маънавият. 2008. 44-бет.
19
A!-Xorazmiyning sonlar tizimi haqidagi asarlaridan biri Yevropada
«Algorizm» nomi bilan tanildi va bu nomdan zamonaviy «algoritm» so‘zi kelib chiqdi.
Al-Xorazmiy matematikadan tashqari astronomiya ilmiga oid turli mavzularda bir qancha ilmiy maqolalar yozgan. Ulardan eng mashhuri
«Astronomiyaga oid jadvallar» («Zij») asaridir. Olim geografiya fanining rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shgan. lining muhim geografik asarlaridan biri «Yerning tasviri» («Surat al-Arz») kitobidir.
Mashhur tarixchi Jorj Sarton al-Xorazmiyni « ...0 ‘z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, barcha davrlarning ham eng buyuklaridan biri» deb ta’rif bergan.
Buyuk allomaning didaktik qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga va olgan bilimlaridan o‘rinli foydalanishlariga katta e’tibor beradi. Bunda u ilm o‘rganuv- chilarning ilmiy manbalarni topish, o‘rganish va tushuntira olish malakalarini hosil qilish zarurati haqida to‘xtaladi. U o‘zining «Al-Jabr val-Muqobala» asarida olimlar uch guruhga bo‘linishini aytadi:
«Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan asami tushunishdagi qiyinchiliklarni osonlashtiradi, uni tushunarliroq qiladi. Keyingisi esa sochilib yotganni to‘playdi, o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda boMadi».
AI-Xorazmiyning bu fikrlari o ‘sha davrdagi ilmiy-tadqiqot ishlari va ta'lim metodlari haqida yorqin ma’lumot beradi.
|
| |