• ABU NASR FOROBIY (873-950)
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet10/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    AHMAD AL - FARG’ONIY


    (798-865)

    0 ‘rta asrlarning eng ko‘zga ko‘ringan allo- malaridan biri Abul Abbos Ahmad ibn Muham­ mad ibn Kasir al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda ham oz bo‘lib, taxminan 798 yil Farg‘onada tug‘ilgan. Yevropada «Alfraganus» nomi bilan tanilgan. Olim voyaga yetgach, Bag‘dod shahriga ketadi, xalifa al-Ma’mun saroyidagi ilmiy maktab


    «Bayt ul-hikma»(«Hikmatlar uyi»)da dunyoga ilong taratgan mashhur 0 ‘rta Osiyo allomalari bilan birga ijod qiladi.
    Bag‘dod va Damashq shaharlarida olib borilgan qator astronomik tajribalarda faol ishtirok etadi. Olim 861 yil Nil daryosi suvining miqdo- rini o‘lchash uchun moMjallangan Qohiradagi Ravdo oroliga o‘rnatilgan nilometrni ta’mirlagan. Bu uning iqtidorli muhandis ekanligidan ham dalolat beradi.
    AI-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Osmon jismlari harakati
    va yulduzlar ilmi to‘plami»dir. Shuningdek, «Geometriya va arifmetika yordamida mukammal shimoliy va janubiy asturloblarni yasash»,
    «Asturlobdan foydalanish haqida kitob», «Oy yer ustida yoki uning ostida ekanida vaqtni aniqlash», «Quyosh soatini yasash», «A1- Xorazmiy zijini tushuntirish» kabi asarlari ma’lum.
    Al-Farg‘oniyning astronomiyaga oid asarlari bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik bo‘lib keldi. Olim bundan tashqari astronomik jihozlar va gidroinshootlar qurish ishlarida katta iste’dod sohibi ekanligini namoyon eta oldi.


    ABU NASR FOROBIY (873-950)


    Faylasuf va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy Sirdaryoning Forob (O‘tror) shahrida tug'ilgan. U Sharqda juda mashhur boMib, qadimgi yunon ilmini juda yaxshi bilgani uchun «Sharq Aristoteli»,


    «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan so'ng) nomlari bilan ulug'langan. Forobiy boshlang‘ich ma’lumotni o‘z vatanida, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida olganidan so‘ng Bag'dod, Damashq, Misr kabi yurtlarda ilm olishni davom ettirgan.
    Forobiy 70ga yaqin til bilgan, undan ilmning turli sohalariga bag1ishlangan juda katta ilmiy meros qolgan, ya’ni falsafa, matematika, tibbiyot, astronomiya, mantiq, grammatika, fizika, kimyo kabi fanlarga oid asarlar yaratgan. «Masalalar manbai», «Qonunlar haqida kitob»,
    «Ruhning mohiyati haqida», «Falsafaga izohlar», «Falsafa tushuncha- sining ma’nosi» risolalarida mashhur yunon faylasufi Aristotel va boshqa yunon olimlari asarlariga sharhlar yozgan.
    «Fizika usullari haqida kitob», «Alkimyo ilmining zarurligi»,
    «Inson a’zolari haqida risola», «Lug‘atlar haqida kitob», «Xattotlik haqida» kabi asarlari Forobiyning qomusiy bilimga ega boMganligini ko‘rsatadi.

    21
    Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifl» kitobida 30dan ortiq ilm-fanning ta’rifi beriladi, tabiiy va aniq fanlar bilan bir qatorda she’riyat, grammatika, orfografiya, lug‘atshunoslik, mantiq, fiqh, siyosatshunoslik kabi gumanitar ilmlar haqida ham ma’lumotlar beriladi.


    «Inson a’zolari haqida» risolasida tibbiyot haqida ma’lumotlar, «Ilm va san’atning fazilatlari», «Aql masalalari haqida» risolalarida esa o ‘ta muhim falsafiy masalalar xususida so‘z yuritadi. Forobiy aqlli insonlar haqida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o ‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega: yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o'ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb boMmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nom bilan atamoq lozim».
    «Baxt-saodatga erishuv yoMlari haqida risola» asarida o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib jamiyatning tuzilishi haqida ta’limot yaratdi. Bu ta'limotda o ‘zi orzu qilgan fozil jamiyat, davlatni boshqarish, ta’lim- tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, tinchlik, mehnat kabi mavzular yoritilgan. Fozil jamiyatda komil inson xislatlari vujudga kelishini ta’kidlagan.
    Forobiy o‘z hayoti davomida mashhur olim sifatida nom qozondi, uning asarlari turli tillarga tarjima qilindi, Sharq va G’arb olimlari tomonidan chuqur o‘rganildi.
    Quyida allomaning «Baxt-saodatga erishuv» asaridagi pedagogik qarashlaridan turfa misollar keltiramiz:

        1. Ziyraklik - bu insondagi tez fikrlilik, o‘ylagan narsasini darrov topa olishi qobiliyatidir.

        2. Ta’lim faqat so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‘i bo‘ladilar.

        3. Maqsadni amalga oshirishda qasd va g‘ayrat qilish mo‘ljallangan ishni bajarishda katta ta'sirga egadir.

        4. Inson o‘z mulohazasi, ziyrakligini hamisha oshirib borishi kerak, agar aql yomonlikka qaratilsa, bu xislatlar razillik, makkorlik, aldamchilikka olib boradi.

        5. Xalq aqlli kishilarni dono deb ataydi. Chunki ular insonlarga kerakli va foydali narsalami o‘ylab topadilar.

    22


    Download 32,76 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.