ABU RAYHON BERUNIY (973-1048)
Abu Rayxon Beruniy 973 yil Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tavallud topgan. U o‘spirinlik va yoshlik yillarini turli ilmlami egallashga bag'ishlagan va olim sifatida shakl- langan. Zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroqda tahsil olgan va ilk astronomik tajribalarini 16 yoshida o‘tkazgan. U fors, yunon, arab, sug'd, sanskrit tillarini o ‘rgangan.
Xorazmdagi siyosiy vaziyat tufayli olim 998 yil Jurjon shahriga ketadi va shu yerda 1004
yilgacha yirik izlanishlar olib boradi. Astronomiya, tabiiy fanlar, tarix, din tarixi bilan lum shug'ullanadi. Olimning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari unga katta shuhrat keltiradi.
Beruniy 1004-1007 yillarda Xorazmga qaytib, Xorazmshoh Ma’mun rahbarligidagi ilmiy markazda faoliyat olib boradi. Lekin Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingandan keyin, uni G’azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Olim Mahmud G’aznaviy saroyi- da kechgan yillarida astronomiya va geodeziyaga oid asarlar yaratadi. 1029 yili G’aznada «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar» asarini tugatadi.
Mahmud G’aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlari sababli Beruniy ham munajjim sifatida bir muddat Hindistonda yashaydi va sanskrit tilini mukammal o‘rganib oladi. Olim hindlaming tarixi, urf- odati, madanivati bilan yaqindan tanishadi va o‘zining mashhur
«Hindiston» asarini yaratadi.
1030 yil Mahmud G’aznaviy vafotidan so‘ng uning o ‘rniga o‘g‘li Ma’sud o ‘tiradi. Olim o'zining astronomiyaga oid eng yirik asarini shu hukmdorga bag‘ishlab «Ma’sud qonuni» deb atagan. 1041-1049 yillari
«Mineralogiya» va «Farmakognoziya» deb nomlangan ikkita asarini yozadi. Bu asarlarning har biri mazkur sohalar bo‘yicha jahon madaniyatining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy 1048 yili G’azna shahrida vafot etadi.
Qomusiy olimning astronomiya, astrologiya, matematika, geode- ziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farma kognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlar bo‘yicha yozib qoldirgan 160dan ortiq asarlari ushbu fanlarning riv’ojiga ulkan hissa qo‘sha oldi.
23
Beruniyning pedagogik qarashlari oilada bola tarbiyasi, aqliy ta'lim, axloqiy va jismoniy tarbiya, mehnat va insonparvarlik tarbiyasi kabi masalalarni qamrab olgan. Buni quyidagi misralarda ko'rish mumkin:
Butun kuchimni yig‘ib, bor imkoniyatni ishga solib, goh eshitish. goh ko‘rish va qiyos qiiish orqali, bilimim yetganicha, u narsalarni bayon etishga bel bogladim. («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari.)
Yaxshilik xislatlari: taqvodorlik, to‘g‘rilik, o‘zini saqlash, odillik, insoniy kamtarlik, latofat, sobitqadamiik, ehtiyotkorlik, saxiylik, muloyimlik, siyosat va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik, to‘g‘ri taxmin qila olish kabi sifatlardan iboratdir. («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan.)
Til so‘zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimondir. («Hindiston» asaridan).
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. («Hindiston» asaridan.)
Fanlarning foydasi - ular yordamida oltin va kumush to‘plash emas, balki kerakli narsalar hosil qilishdir.(«Maskanlar orasidagi maso- falarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash» asaridan.)
Inson hamisha o‘zgalarning baxt-saodatlari haqida o'ylashi kerak. Har bir insonning qadr-qimmati o ‘z ishini qanday bajarayotgani bilan oichanadi.(«Mineralogiya» asaridan.)
Mehnatsiz shon-shavkatga, martabaga erishgan kishi hurmatga loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi farosat va rohat soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulugMik libosidan mahrum, yalang‘ochdir. («Mineralogiya» asaridan.)
Kishi tabiati bilolmagan narsani bilishga muhabbatlidir. Faqat haqiqiy bilimga ega boMganda, bilolmagan narsani bilishga ehtiyojli bo1- lib, axtarganini topadi, bilimni chuqurlashtiradi. («Hindiston» asaridan.)
|