• Topishmoqlar
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet19/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    Matallar xalq majoziy iboralarining ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi bir turi. Matal o‘z ma’nosidan boshqa ma’noga ko‘chirilgan so‘z birikmalaridan iborat bo‘ladi, unda o‘xshatish, kinoya, qochirma so‘z va boshqa til vositalari qo‘llaniladi. Bunda ma’joziy iboralarning o‘z asl ma’nosi bilan ko‘chirilgan ma’nosi o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish bo‘ladi. Masalan:
    «Temirni qizig‘ida bos».
    «Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin» va h.
    Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning shakli, hatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash, ularning belgisini ataylab yashirish asosida topishga asoslangan savol yoki topshiriqlardir. 0 ‘tmishda topishmoqlar kattalar orasida keng yoyilgan, hozirgi kunga kelib, yoshlarga xos janr bo‘lib qoldi. Topishmoqlar qadim-qadimdan jonli va jonsiz mavjudot, narsa va hodisalami bir-biriga solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish orqali borliqni, undagi mavjud xususiyatlarini ko‘proq bilishga, anglashga, fikr yuritishga undaydi. Insonning zehnini qayraydi, fikr doirasini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini oshiradi, kuzatuvchanlik va topqirlikni shakllantiradi. Buning isboti uchun quyi- dagi topishmoqlar yechimini topib, o‘z zehningizni sinab ko‘rishingiz mumkin:
    33

        1. Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda.

        2. Devorda bor so‘zanam, Unda yashar keng olam.

        3. Qozon ichi oppoq qor.

        4. Yeri oq, urug‘i qora.

        5. 0 ‘zi ming xil, so‘zi bir xil.

        6. Ko‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alar.

        7. Qo‘l bilan sochar, og'iz bilan o‘rar.

        8. Gulsiz meva qiladi, Ko‘p esang til shiladi;

        9. G’ip-g"i 1dirak oy kulcha, Bu nima, kim biladi? Daraxt emas u o'zi, Majnuntoldek bosh egar;

        10. Osti yam-yashil marmar, Soyasiz salqin berar.

        11. Sochi o‘sgan, beli bog‘langan, Ifloslikka qarshi chog‘langan.

        12. Teg desam tegmaydi, Tegma desam tegadi.

        13. Zar gilam, zargar gilam, Ko‘taray desam og‘ir gilam.

        14. Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir.

        15. Asaldan shirin, zahardan achchiq.

    Qo‘shiq - xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va ommaviy shakllaridan biri bo‘lib, kuyga solib aytiladigan kichik lirik she’rdir. Qo‘shiqlar ham boshqa xalq og‘zaki ijodi janrlari kabi shu xalqning mehnati, kurashi, ma’naviy ehtiyojlari natijasida vujudga keladi. Ular g‘oyaviy-mazmuniy va janr xususiyatlariga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit-turk» asaridan qo‘shiqiarning eng qadimiy turlari ma’lum. Jumladan, ov qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiq- lari, mavsum, marosim qo‘shiqlari, marsiya, madhiya va b. Qo‘shiqlar yoshlarda go‘zallik tuvg‘ularini shakllantiradi, dillarga orom bag‘ish- laydi, shuningdek, yoshlarni vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Bolalar dastlab ona allasini eshitadi, asta-sekin ovunchoq qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari bilan tanishib boradilar. Masalan, «Boy- chechak», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Hayu chitti gul» kabi qo‘shiqlar bolalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi.

    34
    Qo‘shiqlarning quyidagi turlari mavjud:




    1. Download 32,76 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.