Lirik qo‘shiq!ar. Bunday qo‘shiqlarda insonlarning ruhiy olami, turli kechinmalari aks etadi, ular kasb, vaqt, joy tanlamaydi.
Mehnat qo‘shiqlari: mehnat turi jarayonida ijro etiladi. Uning quyidagi turlari mavjud:
dehqonchilik bilan bog‘liq mehnat qo ‘sltiqlari;
chorvachilik bilan bog‘liq mehnat qo ‘shiqlari;
V) hunarmandchilik bilan bog‘liq mehnat qo ‘shiqlari.
Mehnat qo‘shiqlari mehnat qiluvchilarga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ularga kuch-g‘ayrat, bardamlik ato etgan. Misollar:
Charx yigirib. charx yigirib, Chorbog‘ olgan man o‘zim. Soyalarda o'zlashtirib, Kashta tikkan man o‘zim.
Og‘am to‘ni, qo‘zim to‘ni, Tiklab-tiklab tikay uni.
Yorim to‘ni, jonim to‘ni, Jonim bilan tikay uni.
Men og‘amga to‘n bichay Juma, chorshanba kuni.
Uni og‘am kiysinlar, Ro‘zayu navro‘z kuni. 0 ‘rmagimni to‘qiyman,
Kecha-kunduz no‘qiyman. Qachon tamom bo‘ladi, Deb ashula to‘qiyman.
Mavsumiy-marosim qo‘shiqlari - yil fasllari, turli marosimlar tasvirlangan qo‘shiqlar bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
«Sust xotin» (yomg‘ir chaqirish qo ‘sh ig‘i). Sust xoti zardushtiylarda yomg‘ir tangrisi (osmon suvlari xudosi) hisoblangan.
Bahor oylarida yomgMr yetarlicha yog'masa, «Sust xotin» qo‘shig‘ini aytib, xonadonlarga kirib yurishgan. Yig‘ilgan xayr-sadaqaga Sust xotinga atab is chiqarishgan. Quyidagi misralarda yomg‘ir hadya etish uchun Sust xotinga iltijo qilinmoqda:
35
Hosillar mo‘l boMsin. sust xotin, Dehqonning uyi to‘lsin, sust xotin, Yomg‘irlami yog‘dirsin, sust xotin, Yomonning uyi kuysin, sust xotin, Osmondan tomchi tashlab, sust xotin, Elu yurtni to‘ydirsin, sust xotin.
|