M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet23/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Tez aytishlar - xalq og‘zaki ijodining juda qiziqarli janrlaridan bo‘lib, ma’lum so‘z, so‘z birikmasi yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishga, xotirani mustahkamlashga va nutqni o ‘stirishga mo‘ljallangan. Quyidagi misollarni tez aytishga urinib ko‘ringchi:

    • Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.

    • Namanganda usta Muso puch pistafurushning oltmish uch pud pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi bo‘lsa ham o‘sha usta Muso puch pistafurush, oltmish uch pud pistasi boim asa ham o‘sha usta Muso puch pistafurush.

    • 0 ‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko'k qalamda chizmoqchi.

    • Qurilishga terak kerak, demak terak ekish kerak.

    • Oydinga oynadan oldin oy mo‘raladi, keyin Oydinga oynadan oyisi mo‘raladi.

    • Saharlab shahardan hasharga bordim, shahardan hasharga saharlab bordim.

    • Haskash hashakni hash-pash deguncha haskashlaydi.

    • Zang bosganga rang yuqmas, rang yuqqani zang bilmas.

    • Kishmish yegan kishining tishi qamashmasmish.

Masai - arabcha «namuna» so‘zidan olingan, unda voqelik 0‘simlik, hayvon, ba’zan inson obrazlari orqali tasvirlanadi. Masai ta’limiy-tarbiyaviy mazmunga ega boMgan, ko‘proq maishiy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi kichik hikoyachalardan iborat. Ko‘proq achchiq kesatiq, piching ustun keladi.

40
Askiya - arabcha «zakiy» so‘zining ko‘plik shakli «askiyo» so‘zi- dan oiingan bo‘lib, «zehni o ‘tkir, so‘zamol, zakovatli» ma’nolarini bildi- radi. Askiya ommaviy janr hisoblanadi, odatda xalq sayillarida, to‘ylar- da va boshqa marosimlarda ijro etiladi, hozirjavoblik, ziyraklik va do- nishmandlikni, til boyligini, badiiy estetik didni talab qiladi. Askiyada tanlab oiingan mavzu atrofida kulgu uyg‘otiladi. Dunyodagi birorta xalqda og'zaki ijodning askiya turi yo‘q. Bu hoi o‘zbek tilining boyligi, ifoda imkoniyatlarining ko‘pligi, ta’bi nozik va serzavqligidan dalolat beradi.



Download 32,76 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.