|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 26/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J BILASIZMI?
«Qaysar» so‘zining ma’nosini bilasizmi?
«Qaysar» so‘zining asosiy ma’nosi «Rum podshosi, podsho» bo‘lib, hozirgi kunda «o ‘jar» ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘z o ‘zbek tiliga arab tilidan o‘tgan, arablar esa yunoncha «Kesar»( yunonlar lotincha «Sesar»
«Sezar»ni «Kesar» deb o ‘qiganlar) so‘zini o‘z tillariga moslab ayni
«qaysar» shaklida olganlar. «Alpomish» dostonida Hakimbekka ko‘proq
«qaysar» sifati beriladi: «Qalmoq yurtini bo'zlatar, Borayotgan shunday qaysar, Qavatinda Barchin dilbar...», «Dushmanlarni izillatgan Hakimbek qaysaring keldi» va h.
Ko‘rinib turganiday, bu so‘z dostonda «botir», «qo‘rqmas», «mard bek» ma’nolarida qo‘llangan, zero mazkur sifatlarning shoxlarga xosligini isbotlash zarurati yo‘q...
50
BU QIZIQ!
Dedim:
Insonga hamisha kamlik qiladigan xislatlar nimalar? Dedi:
Ular uchta: bilim, odob, fahmu-farosat. Dedim:
-Ularga erishish yoMlari qanday? Dedi:
Bilimga kishi o‘z mehnati orqali etishadi, odobga - bilim, ota-ona va ustozlar ko‘magida erishiladi. Fahm-farosat faqatgina ato etiladi! (O.Mahmudov. «Ota farzandiga nega tanbeh beradi»).
Xalq pedagogikasida milliy u r f- odatlar, an’analar, udumlar, xalq o ‘yinlari va o‘yinchoqlari, bayram va
marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni
Ma’lumki, Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g ‘inlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalar qo‘yilgan. Oliy ta’lim muassasalarining oldiga qo‘yilgan davlat buyurtmasi har tomonlama rivojlangan barkamol raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bo‘lsa, ijtimoiy buyurtma yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish sanaladi.
Respublikamizda qabul qilingan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar»da milliy g‘oya « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, demokratik tamoyillar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar»l7ga asoslanishi qayd etilgan.
Talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirishda dastlab ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish orqali mazkur qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar tarkibiga kiruvchi milliy urf-odatlar, an’ana va udumlar, bayram va marosimlar avlodlar kamolotida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Xalqimiz asrlar davomida shu qadriyatlarga sodiq qolgan, ulardan farzandlar tarbiyasida foydalana olgan.
17«Миллий истиклол гояси: асосий тушунча ватамойиллар» Т.:Учбекистон. 2000.
51
Istiqlol tantanasi bilan bugungi kunda barkamol avlodni asrlar osha sayqal topgan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash, madaniy merosimiz, ma’naviy boyligimizni har tomonlama o‘rganib, ta’lim-tarbiya sohasida qo‘llashga keng imkoniyatlar yaratildi. Yurt- boshimiz I.A.Karimov: «Biz quradigan jamiyat 0 ‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning ma’naviy axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak»,18 - deb ta’kidlaydi. Urf- odatlar, islom dini bilan bog‘liq rasm-rusumlar, xalqona udumlar, marosimlar, an’analar xalq ijtimoiy hayoti, orzu-umidlari va xalqona ideallarini aks ettiradi, insonni iymon-e’tiqodda butun, ma’naviy- ma’rifiy va axloqiy-ruhiy tarbiyada komil bo‘lishga undaydi.
Xalqona qadriyatlar va urf-odatlarimiz islomiy qadriyatlar bilan hamohang. Ularda vatanparvarlik, halollik, elni e’zozlash, adolat, mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik, hushyorlik, saxiylik, mehmon- do‘stlik, vafodorlik, sabr-qanoat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanadi. Adovat, kibr-havo, hasad, fitna-fasod, dilozorlik, xudbinlik, tekinxo‘rlik, ilmsizlik, nodonlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi.
Har bir urf-odat, udum, an’analar yuqorida ulugMangan fazilatlarni yosh avlod tarbiyasiga singdirish, qoralangan illatlardan yiroqlashtirish yoki forig‘ qilish kabi o‘z maqsad-vazifasiga, o‘z yo‘nalishiga ega. Masalan, odamiylik, do‘st-birodarlik, bir-biriga ixtiyoriy yordam, ahillik va o‘zaro hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lgan hashar hozirgi kungacha yetib kelgan go‘zal odatlarimizdan biridir. Hashar o‘zbeklarda jamoat yoki shaxs ishiga ixtiyoriy yordam berish, ko‘pchilikning bir maqsadda, bir yoqadan bosh chiqarib, tezkorlik bilan bajarilishi zarur bo‘lgan ishlami bajarishda qo‘llangan. Bu haqida yurtboshimiz shunday deydilar: «Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ulaming zamirida mujassam boMgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muam- molarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, umummilliy an’ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi. Har yili Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida o‘tkaziladigan umumxalq hasharlari buning tasdig‘idir. ...Bu esa, hech shubhasiz, jamiyat tafakkurining yangilanishiga kuchli ta’sir qilmoqda.» 19
18 Каримов И.А. Истиклол ва маънавият. Т. Узбекистан, 1994, 113-6. 19 Каримов И.А. Юксак маънавият —енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008.-96-бет.
52
Darhaqiqat, hashar xalqimizda mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalagan, zero bugun hasharda ishtirok etgan kishi ertaga shu ko‘pchilik unikiga ham hasharga kelishini avvaldan bilgan. Xuddi shu odat dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiyada ham bor ekan. «Hech qayerda uchramaydigan, faqat Yaponiyada bir-birini to‘ldiradigan bir uyg‘unlik bor. Bu - eng zamonaviy sanoat bilan milliylikning uyg‘unligidir.
Shuning uchun ham italyan jumalistlaridan biri hayrat bilan:
«Hozirgi yaponlar yuksak taraqqiyotga erishgan boMsa ham xulq, odat, tafakkurda bobolari, momolaridan farq qilmaydigan odamlardir», - deb yozgan. Yaponlar yuksak texnik taraqqiyotga o‘zbeklarga xos bo‘lgan mehr-oqibat munosabatlarini kiritishdi va dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi».20
Demak, aytish joizki, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- mafkuraviy taraqqiyotida qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shu bois ham yosh avlod tarbiyasida xalq an’analari, urf-odatlari, udumlari, marosimlarining mohiyatini keng tushuntirishimiz darkor.
Shu o‘rinda «G’arb - qonunlar, Sharq - urf-odatlar asosida boshqa- riladi», -degan gapni eslashimiz joiz. Avvallari qonunchilik axloqiy- huquqiy qadriyatlar, turli irim shaklidagi ta’qiqlar, keyinchalik diniy e’tiqodning kuchayishi bilan «uvol» deyilguvchi taqiqlar ko‘rinishida amalga oshirilgan. Masalan, o‘ng - to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, chap esa egrilik, yolg‘onchilikning ifodasiga aylangan. Shu bois ham kelin- kuyovlar ostonaga ilk qadamni chap oyog‘idan boshlashi, nikoh uzugini chap qo‘lga taqishi ta’qiqlangan. Garchi bugungi kunda jamiyatimiz Davlat Konstitutsiyasi va qonunlar tomonidan boshqarilsa-da, o‘zbek turmush tarzidagi ko‘plab urf-odatlar qonunlar darajasida bajariladi.
Demak, xalq pedagogikasida tarbiya milliy qadriyatlarimiz, urf- odatlarimiz, an’ana va udumlarimizning tub mohiyatini o‘rganish, o‘tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetishlik va kelajakka umid ruhida olib boriladi.
|
| |