M.Carrop.Узбек удумлари. Т.: «Фан», 1993. 140-б.(кискартириб олинган.)
60
K o i ib turganimizdek, xalq tomonidan yaratilgan va katta ijtimoiy ahamiyatga ega boMgan urf-odatlar, an’analar, bayram va marosimlar o ‘zbek xalqining madaniy merosida katta o'rinni egallaydi, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi, kishilar o'rtasidagi munosabatlarning turli jihatlari va shakllarida namoyon boMadi.
Xalqimizning bunday madaniy merosi bilan faxrlanishimiz, qadimiy urf-odatlarimiz, an’ana va udumlarimizni bilishimiz, ehtiyot qilishimiz va yosh avlodga yetkazishimiz bizning insoniy burchimiz va bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Xalq o'yinlari o‘zining qadimiyligi bilan ibtidoiy davrga borib taqaladi va insoniyatning shakllanishi va rivojlanishida muhim o ‘rin egallaydi. Eng qadimiy davrdan boshlab inson hayotida termachilik, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilikka oid o ‘yin-raqslar shakllana boshlagan. Bu o'yinlar faqatgina chaqqonlik nashqi bo‘lib qolmasdan, balki o 'z zamonasiga mos odamlarni tarbiyalash maktabi ham boMgan.
Termachilik davrida mohir terimchilarning harakatli o ‘yinlari paydo boMgan. Ovchilik bilan shug‘ullana boshlangach, «ov o ‘yinlari» yuzaga kelgan, bu o ‘yinlar yoshlarni ov qilishga o‘rgatgan. Ovchilik negizida chorvachilik shakllangach, kattalarning chorva boqishiga oid muhim mehnat jarayonlari bolalar tomonidan o‘yin shaklida takrorlanib turilgan. Dehqonchilik bilan bog‘liq «Mehnat o ‘yinlari» bahorgi va kuzgi marosim bayramlarni yuzaga keltirdi. Shu tariqa har bir tarixiy davr o ‘z o ‘yinlarini yaratib, o ‘z davri kishisini tarbiyalashda muhim o‘rin tutgan, yashash uchun zarur boMgan sifatlarni shakllantirgan, ularni har tomonlama - m a’naviy, aqliy, jismoniy rivojlantirgan.
Sharq allomalari - Firdavsiy, Beruniy, ibn Sino, Mahmud Q oshg‘ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Bobur o ‘yinlar xalq hayotining muhim qismi boMganligini ta’kidlaydilar. Xususan, Firdavsiy - shoh o‘yinIari, Beruniy qadimgi xalq o ‘yinlari, ibn Sino o ‘yinning shifobaxsh xususiyatlari, Mahmud Q oshg‘ariy turkiy xalqlarga oid ko‘plab o ‘yin turlarining bayoni, Kaykovus o ‘yinlarda qatnashish odobi, Alisher Navoiy pahlavonlik o‘yinlari, Bobur o ‘yinlaming zavq-shavqi haqida ajoyib fikrlar bildirganlar.
0 ‘yinlaming mazmuni va shakli tabiiy sharoit, mehnat faoliyati,
ijtimoiy axloqiy munosabatlardan kelib chiqqan. Qadimda «QiJich jangi», «Tuya poygasi», «Otliqlar poygasi», «Tuya jangi» kabi musobaqa - o ‘yinlar boMganligi m a’lum.
Xalq og‘zaki ijodida, jumladan, dostonlarda yoshlarni jismoniy chiniqtirishga, barkamol boMishiga xos qadriyatlar ko‘plab uchraydi.
61
Xususan, «Alpomish» dostonida ota-bobolarimizning bola jismonan sog‘lom bo'lishiga katta e ’tibor bilan qaralganligi, Alpomishning yetti yoshida og‘ir yoyni ko‘tarib otishi unga yoshlikdan jism oniy tarbiya berilganidan dalolat beradi. Yoshlar qadimdan o ‘zining jasurligi va topqirligini el oldida namoyish etib, sinovdan o ‘tgan. Alpomish ham aql-zakovati, kuch-qudratini ko‘rsatib to 'qson alpning eng zo‘ri K o‘kaldoshni m ag‘lub etadi va yor vasliga yetadi. Lekin Alpomish bir zumda pahlavon bo‘lib qolmagan, albatta. Pahlavonlik shohsupasiga uni bolaligidan merganlik, olishish, nayza otish, qilichbozlik, chavandozlik, kurash kabi musobaqa - o ‘yinlarini o ‘ynagani sabab bo‘lgan.
M .M urodov o ‘zbek xalqining boy o ‘yin merosini quyidagi guruhlarga bo‘lib o ‘rganadi:26
Tabiiy - m av su m iy o ‘yinlar.
Hududiy va turli joylarga xos o ‘yinlar.
Turli yoshlarga xos o'yinlar.
Turli jinsdagilar o'yinlari.
M ashg‘ulot, mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o ‘yinlar.
Voqeaband o ‘yinlar.
Harakatli o'yinlar.
Turli vositali o ‘yinlar.
Hayvonlar ishtirokida o ‘tadigan o ‘yinlar.
Tabiiy - mavsumiy o ‘yinlar har bir faslda o ‘ziga xos bo‘lgan. Bahorda «Tolbargak», « Yom g‘ir yog‘adi», «Oq terakmi - ko‘k terak» o ‘yinlari, yozda «Suvda quvlashmachoq», «Tez suzish», «Arqon o ‘yin»,
«Tosh o ‘yin» kabilar, kuzda «Danak, « Y ong‘oq o ‘yinlari»,
« A rg'im choq uchish», «Oshiq», «Tosh o ‘yinlari»; qishda qor yoqqanda yaxmalak uchishgan, «Qorxat», «Qorbo‘ron» o ‘yinlari odatga kirgan. Qattiq sovuq paytlarda sandal atrofida yig‘ilib «Tez ayt», «Topishmoq top», «Kim aytish» kabi o ‘yinlar o ‘ynalgan.
Hududiy va turli joylarga xos o ‘yinlar orasida m a’lum farqlar bo‘lgan. Qishloq o'yinlari keng dalalarda, shahar o ‘yinlari kichik maydonlarda o ‘tgan. Uyda «Sandal o ‘yin», boshqotirma - so‘z o'yinlari; hovlida - «Tosh o ‘yinlari», «Arqon», «Bekinmachoq», «Chizma» o ‘yinlar; maydonlarda - «tortishmachoq»; bog‘da - « Yong‘oq»,
«Danak» o ‘yinlari; suvda - «Suv ostida ko‘p turish», «Quvlashmachoq» o'yinlari; havoda - « A rg‘imchoq uchish»; osmonda - «Varrak» o'yinlari o ‘ynalgan.
20 Mypo/ioB 3TH0MaaaHH>rr. T.: AaojiaT. 2003. 76-78-6.
62
Karvonsaroy, choyxona, mehmonxonalarning o ‘z o ‘yinlari bo'lgan. Karvon yo‘llarida uzoq yo‘l yurgan yo‘lovchilar oyog‘ini yozish maqsadida arqon sakraganlar.
Turli yoshlarga xos o‘yinlar bolaning chaqaloqligidan boshlanadi. Chaqaloq yig‘lamasligi uchun unga ovunchoq - o ‘yinchoq berishadi va uni ovutadigan o ‘yinlarga jalb etishadi. Sal ulg‘aygach, o 'g ‘il bolalar ovga chiqish, urush-urush o ‘yinlarini, qizlar xola-xola, bola boqish, mehmon kutish kabi o ‘yinlarni o ‘ynaydilar. Turli jinsdagilar o ‘yinlarida qizaloqlar qo‘g‘irchoq o ‘ynasalar, o‘g ‘il bolalar ish va urush qurollariga o ‘xshash o ‘yinchoqlarni o ‘ynashgan.
Mehnat faoliyati bilan bog‘liq o‘yinlarda termachilik, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik va boshqa mehnat turlariga oid o ‘yinlar o ‘ynalgan.
Harakatli o ‘yinlar bir kishili, ikki kishili, guruh bo‘lib yoki jamoa ho'lib o ‘ynaladigan o'yinlar kiradi. Bu o ‘yinlar maqsadga erishish hissi- ni shakllantiradi, inoqlik, o ‘rtoqlik, birdamlik xislatlarini tarbiyalaydi.
Turli vositali o‘yinlar qo‘g ‘irchoq, tosh, tayoq, to‘p, yong‘oq yordamida yoki so‘z, qo‘shiq, raqs vositasida o ‘ynalgan. 0 ‘yin vositalariga ko‘ra o ‘yinga nom berilgan. Yog‘och ot, jundan to‘p tayyorlash jarayoni bolalarda mehnatsevarlikni rivojlantirgan. Bolalar o ‘yinlarida mahalliy aholining kasb-hunar mashg‘ulotlari o ‘z ifodasini topganligi bois o ‘yinchoqlarda uy-ro‘zg‘or buyumlari, qishloq xo ‘jaligi asboblari, idish-tovoqlar aks etgan. «... Har qaysi go‘dak ilk bor olamni o ‘z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan, o ‘yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo‘lsak, ulaming inson tarbiyasidagi o ‘rni beqiyos ekanligi ayon bo‘ladi. 0 ‘yinchoqlar obrazi bolaning murg‘ak tasavvuriga bamisoli toshga o ‘yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. G o‘dakning ulg‘ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo‘ldan borishi, o ‘zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o ‘yinchoqlar bilan oshno bo‘lib o ‘sgani bilan belgilanadi».27
Darhaqiqat, yoshlarga bolalikdan go‘zal odob-axloq fazilatlarini singdirish maqsadida o ‘yinchoqlardan muhim tarbiya vositasi sifatida foydalanish o ‘rinlidir. «Oliyjanoblik bahosi» hikoyatida qo‘g ‘irchoqlar misolida laqmalik va anqovlik qoralanib, olijanoblik yuqori baholanganini ko‘ramiz:
«Sopoldan turli-tuman buyum, shakl va o ‘yinchoqlar yasaydigan bir usta kulol bo‘lar ekan. Kunlardan bir kun usta loydan uch dona jajji
|