|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 32/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J BILASIZMI?
Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Siyovush bilan Afrosiyob o ‘rtalarida chavgon o ‘yini o ‘tkazilgani hikoya qilinadi.
Mahmud Q oshg‘ariy «Devonu lug‘otit-turk» asarida chavgon o ‘yini tafsilotlarini beradi.
Abu Rayxon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli ulug‘ asarida chavgon o ‘yinini N avro'z bayramidagi eng qiziqarli o'yinlardan biri sifatida ta’riflaydi.
Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya haqida gapirib, chavgon o ‘yini to‘g ‘risida alohida to ‘xtaladi.
Kaykovusning mashhur «Qobusnoma» asarida chavgon o ‘yini haqida alohida bob bor.
Shoh-shoir Bobur mirzo «Bobumoma» asarida chavgon o ‘yiniga shoirona ta ’rif bergan.
Taniqli adib Pirimqul Qodirovning Boburiylar tarixi haqidagi
«Avlodlar dovoni» romanida Humoyunshoh va Hamidabonuning chavgon o ‘yini sababli tanishuvi va muhabbati hikoya qilinadi.
M .Canop. Y36eK yayM/iapH. - T . : (Dan. 1993.42-6.
66
BU QIZIQ!
«NON» so‘zining qaerdan paydo bo‘lganini bilasizmi? Xalqaro ilmiy anjumanda taniqli olim M .I.Filanovich «Qadi-
miy So‘g‘d m a’naviyati» mavzusida ilmiy m a’ruza qildi. U Markaziy Osiyo xalqlari islom dini kirib kelguniga qadar o ‘zla- rining xayr-baraka, hosildorlik xudosiga sig‘inganligini aniqlagan. M a’budaning nomi - NANA bo‘lgan. M a’buda Nana - to‘rt qo‘lli farishta. U bir qo‘lida - quyosh, ikkinchisida - oy, uchinchisida yer shari va to'rtinchisida - saltanat tug 1ini tutib, shemi minib turgan holda tasvirlangan. Aleksandr Makedonskiy Samarqandda Nanaga oltin haykal qurgan ekan. U Roksanaga uylanayotganida bizning ota-bobolarimiz udumiga binoan, non olib kelishlarini buyuradi. Non sindirishadi! Yarmini Roksanaga, yarmini Alek- sandrga berishadi. Demak, hozir o ‘zbeklaryoshlam i unashtirishda amal qilayotgan «Non sindirish» udumi Makedonskiygacha ham bo‘lgan. Plutarxning fikricha, so‘g ‘diylarda nonga qasamyod qilish udumi bo‘lgan. Beixtiyor go‘dakligimiz, onamiz bizga nonni bolalarcha «nana», «nanna» deb mehr bilan yedirayotgan lahzalar yodga tushadi (Quronov M. «Biz anglayotgan haqiqat»).
Inson yettita avlodga ega:
farzand;
nevara;
evara;
chevara;
kavara;
ovora;
begona.
|
| |