• «Ahdning tug‘ilishi»
  • «Aka — uka»
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet34/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    32 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Тошкент: Маънавият. 2008.-52-бет
    69
    ketsinmi?» - deb so‘radilar, degin. U kishiga mana shu gapning javobini aytarkansiz, deysan, uqdingmi? Men yana kelaman, - debdi donishmand. N abira o ‘z bobosi kelishi bilan donishmand kishi tayinlab ketgan gapni unga aytibdi. Bobo bir lahza mushohada qilgach, nabirasiga debdi:
    -A gar o ‘sha mo‘ysafid bobo yana men yo‘qligimda kelib qolsalar,
    «Davlatjon ketsalar bosh ustiga ekan, lekin Ittifoqjon aslo ketmasin ekanlar», deb aytgin, deya tayinlabdi.
    Kunlardan bir kun o ‘sha donishmand bobo yana kelib darvoza zulfini qoqibdi. Darvozaxonada yana o ‘sha nevara paydo boMibdi. Donishmand undan omonat gapining javobini so‘rabdi. Nevara ko'zlari yonib: «Bobom aytdi larki, Davlatjon ketsa ketaversinlaru, lekin Ittifoqjon aslo ketmasinlar ekan.» - debdi. Donishmand javobdan xursand boMib, mamnuniyat bilan soqollarini silabdi.
    -Bobongga ayt! - debdi u viqor bilan. - Davlatjon ham, Ittifoqjon ham endi hech qaerga ketmaydigan bo‘libdilar, degin. Ittifoqjon hukmron bo‘lgan yerdan hech qachon, hech kim hatto qo‘liga kaltak olib haydasa ham Davlatjonni ketkaza olmaydi! Buni sen ham yodingda tut!
    Donishmand kishi oila sardorining oqilona javobidan ko'ngli yayrab, unga tahsinlar o ‘qib, qutli-barakali hovliga mehr bilan boqa- boqa, o ‘z y o iig a ravona boMibdi. Bu rivoyatdan «Qayerda ittifoqlik xukmron ekan, Bilki davlat ziyoda, hayot ham ko‘rkam», - degan xulosaga kelishimiz mumkin.
    Xalq pedagogikasida ota-ona o ‘z farzandini sevishi, erkalashi, ardoqlashi zarurligi, lekin m e’yoridan orttirib taltaytirmaslik kerakligi, aks holda uning yomon oqibatlari haqida ham turli misollarni uchratishimiz mumkin. «Ahdning tug‘ilishi» rivoyatida aynan shunday erka-tantiq farzand haqida so 'z yuritiladi:
    «Bir kishining yakka-yu yolg‘iz farzandi bo‘Iar ekan. Arzanda boMgani uchunmi, u erka-tantiq boMib o ‘sibdi. Kap-katta boMsa ham bir ishning boshini ushlay demabdi, ota-onasining yelkasida og‘ir yuk bo‘lib yuraveribdi.
    Ota o ‘g ‘lini juda ko‘p hunar egalariga shogirdlikka beribdi, lekin arzanda biror kasbni egallash uchun hech yerda qo‘nim bilmabdi, ishga bo‘yin yor bermay juftakni rostlab qolar, jonining huzurini ko‘zlar ekan.
    Shunday bo‘lavergach, ota bolasini endi hunarli emas, savodxon mullo bo‘lsin deb, katta bir domlaga o ‘qishga beribdi. Ilmning nozik va zahmatli talablariga arzanda o ‘g‘ilning sabr va irodasi dosh berolmabdi.
    «Domlanikidan ham qochib uyga borsam, otam baribir meni qayergadir eltib beradi», - deb o ‘ylabdi va shahardan olisdagi hilvatroq yerlarga ketib qolibdi.

    70
    Y o‘l yuribdi, m o‘l yuribdi. Bir o ‘rmon chetiga yetib kelib, daraxt ostiga yonboshlabdi va atrofni diqqat bilan kuzata boshlabdi. Shu payt shundoqqina oyoqlari orasidagi chuqurcha ichiga tushib qolgan donni bir chumoli urinib tepaga qarab chiqarayotganini ko'rib qolibdi. Qizig'i shunda ediki, chumoli jonivor donni ming mashaqqat bilan tepaga sudrar, don endi chuqur og‘ziga kelganda quyiga dumalab ketar, chumoli yana uni tishlab olib yuqoriga tortar, don esa yana pastga dumalar edi. Bolaning butun fikri-zikri ana shu chumolida bo‘lib qolibdi. «Qani, oxiri nima bo‘larkin» degan fikr uni shu yerga mixlab qo‘ydi. Kun tushdan o ‘tibdi, chumoli hamon donni tortib chuqur og'ziga olib chiqaverar, bir bahya qolganda esa don yana sirpanib chuqurcha tubiga tushib ketaverarmish.


    Kun bota boshlabdi. Biroq chumolining don uchun kurashi hanuz
    davom etaveribdi. Bola ham bu savdo bir yoqlik bo‘lmaguncha shu yerdan jilm aslikka qaror qilibdi.
    Kun botay deganda, qarangki, mehnatkash, tirishqoq chumoli axiri
    donni chuqurcha ichidan tortib olib chiqishga muvaffaq bo‘libdi. Bola ham o ‘zicha zahmatkash chumolini g ‘alaba bilan tabriklagan boiibdi. Juda katta mehnati evaziga q o ig a kiritgan nasibasini sudrab ketayotgan chumoliga havas bilan tikilib turgan arzandaga bu hodisa, negadir, qattiq ta’sir etibdi. «Oddiy chumoliki, bir dona yemish uchun kun bo‘yi tirishib mehnat qildi. Qanchalar qiyin boMmasin, maqsadi yoMidagi ahdidan aslo qaytmadi. Shu chumoli oldida men kim degan odam bo‘ldim, axir!» - degan ajib bir o ‘y uning qalbini kemirib o ‘tibdi. Chumolining harakatini ko‘rib, hamma muammo harakat bilan, g'ayrat bilan hal etilishini bola qalban his etibdi. Arzanda ortiga qaytib, o ‘z domlasi huzuriga kirib boribdi. So‘roqsiz ketib qolgani uchun ustozidan sidqidildan uzr so‘rabdi. Bola arzandalikning zararli xulq-atvorlarini o'zidan soqit qilib, ilm chashmasiga sho‘ng‘ibdi.»
    Oila, oilada farzandning o‘rni haqida ham qator xalq maqollarini
    aytib o ‘tishimiz mumkin: «Oila tinch - yurt tinch», «Oila qo‘sh ustunli ayvon», «Bol - shirin, boldan bola shirin», «Bola ko‘ngli - podsho»,
    «Bola o ‘nga kirsa, otasi songa kirar», «Davlatning boshi - farzand»,
    «Bola xondan ulug‘», «Farzand baxti - ona taxti», «Farzand - belning quvvati», «Farzand kamoli - ota jamoli», «Farzand boqqan ota, jonni qoqqan ona», «Farzand - dilband, farzand - qanot», «Farzanding - davlating, fazilati - ziynating» va h.
    Shuningdek, oilada ota va onaning o ‘mi haqida ham qator maqollar
    mavjud: «Ota - aql, ona - idrok», «Ota - bilak, ona - yurak», «Ona -

    71
    daraxt, bola - meva», «Onangni quyosh bilsang. otangni oy bil», «Ota bola uchun taxt yasar, baxt yasay olmas», «Otangga qiiganingni bolangdan ko‘rarsan», « 0 ‘g ‘il-qiz yaxshi bo‘lsa, ota-ona xursand. 0 ‘g ‘il-qiz dono bo‘lsa. elu yurt xursand».


    Har bir o ‘zbek oilasida qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga katta e ’tibor qaratiladi, yoshlarga qarindoshlar bilan quvonchli kunlarni baham ko‘rish, qayg'uli kunlarda hamdard bo‘lish kabi munosabatlar bolaligidanoq singdiriladi. Buni quyidagi xalq maqollarida ko‘rishimiz mumkin: «Borsang - qarindosh, bormasang - begona», «D o‘st safarda bilinar, og‘a-ini - kulfatda», «Oziqli ot horimas, qarindoshli qarimas»,
    «Yeb-ichganda yot yaxshi, qayg‘u kunda - qarindosh». «Inisi borning irisi bor», «Onangni kaftingda tutsang, singlingni boshingda tut», «Ota - xazina, aka-uka — tayanch» va h. Ertaklarda ham ushbu masala keng yoritiladi. Masalan, «Aka — uka» ertagida hikoya qilinishicha, «Aka- uka dehqonchilik qilishadi. Kech kuzda hosil yig‘im-terimini teng ikkiga bo'lishadi. Kechasi uka o ‘yga toladi: «Akam menga qaraganda katta ro‘zg‘or, kel, o ‘z ulushimdan ozgina akamnikiga qo‘shib qo‘yay». Shunday qilib, kechasi akasiga bildirmay, o ‘z ulushidan anchasini akasinikiga qo‘shib qo‘yibdi, so‘ngra ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.
    Bir vaqt akasining uyqusi qochib ketibdi. U o'ylabdi: «Ukam kambag‘al, mendan boshqa yordamchisi yo‘q. Biz ko‘pchilik boMsak ham, bor-yo‘qchilik unchalik bilinmaydi. Kel, ukam qiynalmasin - g ‘allamdan ozgina uning g ‘allasiga qo‘shib qo‘yay».
    Aka o ‘z ulushining anchasini ukasinikiga qo‘shib qo‘yibdi. Shundan keyingina ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.»
    Bu ertakning mazmunidan aka-ukaning bir-biriga boMgan cheksiz mehrini his qildik va xalq pedagogikasida oilada farzandlar, aka- ukalarning bir-biriga mehribonligi, g ‘am xo‘rligi, bir-birini qadrlashi eng avvalo oila tarbiyasining natijasi ekanligini isbotlovchi yuqoridagi kabi misollar juda ko‘pligiga amin boMdik.
    Oilada bolalarni m a’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi milliy musiqa, qo‘shiqlar, raqs, tasviriy san’at tur- lari ham muhim ahamiyatga ega. Bola yoshligidan alla qo‘shig‘ini ting- lab, o ‘z ota-onasi, Vatani, xalqiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalanadi.
    Shuningdek, oilada farzandlarga yog‘och, ganch, mis o'ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy liboslarni tikish kabi xalq amaliy hunarmandchiligi turlarini o ‘rgatish orqali ularda mehnatga muhabbat uyg‘ota olgan, va buning natijasi o ‘laroq, oilada nafosat va mehnat tarbiyasi amalga oshirilgan.

    72
    Taniqli etnograf olim I.Jabborovning ta’kidlashicha, «Qadimdan o‘zbek oilalarida yoshiga, jinsiga va tabiatiga qarab bola tarbiyasiga alohida e ’tibor berilgan. Masalan, o ‘g‘il bolalarga yoshligidan otalar urug‘ining davomchisi, merosxo‘ri, oila or-nomusi va iftixori, himoyachisi, qizlarga nisbatan ustun turadigan erkaklik fazilatlarini ongiga singdirib, qizlarga esa boMajak ona va uy bekasi vazifasini ado etuvchi shaxs sifatida tarbiya berishgan. Asta-sekin voyaga yetishi bilan o ‘g‘il bola ota ta’sirida, qiz bola ona ta’sirida muayyan tartiblarga o‘rgatila boshlangan. Odat bo‘yicha bolalar 6-7 yoshidan mehnatga o ‘rgatilib, dastavval yengil ishlarni, 10-12 yoshidan boshlab og‘ir xo‘jalik ishlarini bajara boshlaganlar. Bola tarbiyasiga ota-ona, mahalla, jamoatchilik, alohida e’tibor bergan, ayniqsa, ularning odob-ikromli boMishi ko‘pchilikning diqqat markazida turgan».3


    Demak, xalq pedagogikasida hunar yuksak baholangan, xalq og‘zaki
    ijodining barcha janrlaridagi qahramonlar faqat ma’lum bir kasb egasi bo‘lib qolmay, balki aqliy, jismoniy va ma’naviy kamolotga erishgan, o‘z davrining yetuk kishilari sifatida tasvirlanishi bunga yorqin dalildir.
    Oilada ota-onalar o‘z farzandlariga ma’naviy merosimiz boMgan milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning o‘ziga xos xususi- yatlari, ularning ijtimoiy, madaniy, tarbiyaviy ahamiyati va mohiyatini tushuntirib borishi ham barkamol shaxs tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, milliy ong, milliy ruh aynan oilada ona tili orqali shakllanadi, bunga esa eng avvalo ota-ona mas’uldir.
    Yuqoridagilarni muxtasar qilib aytganda, xalq pedagogikasining barcha manbalarida oila tarbiyasi, unda ota-ona, farzandlaming o ‘rni, oilada tarbiya turlari, usullari va vositalari, oila m a’naviyatiga xalqona qarashlar juda keng va atroflicha yoritilgan b o iib , hanuzgacha o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Demak, biz bu bebaho qadriyatimiz - xalq pedagogikasi manbalaridan farzandlarimiz tarbiyasida foydalanishimiz zarurdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir».34



    Download 32,76 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.