M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet42/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Хасан ап-Басрий - олим, кавмни Аллох ва Расулининг мухаббатида тутиб турувчи, залолатдан огох этиб, маърифат сари бошлагувчи зот.
88
islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to ‘plamining mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi ahamiyatliki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi 0 ‘rta Osiyo xalqlari vakillari bo‘lib, ular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjoj (819-874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817-880), Imom Ahmad An-Nasoiy (830-915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn M ojja (824-886) kabi siymolardir.
Ushbu muhaddislarning har biri hadis ilmining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olimlar hisoblanadi. Hadis ilmida «Amir al- m o‘miniyn» degan sharafli nomga sazovor b o ig an Imom al-Buxoriy alohida e ’tiborga molik bo‘lgan buyuk olimdir. U ko‘plab hadisshunos olimlardan saboq olib, muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqa- laming hadis to‘plamlarini to i ig ‘icha yod olgan. Uning ustozlaridan shayx Doxiliy shogirdining bahslashish mahoratiga, dalillami keltirish- dagi izchil mantig‘iga ko‘p marta qoyil qolgan, tan bergan va olqishla- gan edi. Buxoriy islom mamlakatlarini kezib, jam i 600 ming hadis yozib olgan, shundan 100 ming sahih va 200 ming g ‘ayri sahih hadisni yod bilar edi. Uning ustozi Imom Axmad al-Marvaziy «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas», - degan edi. Shogirdlaridan biri Amir ibn Fallos esa «Buxoriyga m a'lum bo'lmagan hadis, albatta, ishonchli hadis emasdur», - deydi. Imom al-Buxoriy avlodlarga boy ilmiy meros qoldirgan, u yozgan asarlar soni 20 dan ortiq bo'lib, «Al-Adab al-Mufrad», «At-Tarix as-Sag‘ir», «Kitob al-Ilal»,
«Asomi us-sahoba» kabilar shular jumlasidandir. Ulardan eng muhimi
«Al-Jome’ as-Sahih» asaridir. Asaming ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o ‘tgan muhaddislar o ‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o ‘tirmay, qatorasiga kiritaverganlar. Imom al- Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni toifalarga bo'lib, ulaming ishonchli, ya’ni sahihlarini ajratib alohida kitob yaratgan.
Alloma ibn Sallohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Imom Buxoriy nafaqat yirik olim, balki go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos sahovatliligi bilan ham barcha- mizga ibratdir.
Imom al-Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» asarining yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi, lekin hanuzgacha islom ta ’limotida muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Quyida shu asardan namunalar keltiramiz:

89


  • Alloh har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi.

  • Zolim birodaringga ham, mazlum birodaringga ham yordam qil. Shunda u kishidan so'raydilar: «Mazlumga yordam berish masalasi tushunarli, ammo zolimga yordam berishlikni qanday tushunmoq kerak?» Rasullulloh (s.a.v.) javob berdilar: «Zolimni zulm qilishdan qaytarishing ham unga qilgan yordaming bo‘ladi».

  • Alloh nafratiga eng loyiq kishi odamlar bilan o ‘ta xusumat va adovatda bo‘lguchi kishilardir.

  • Kimki faro von hayot kechiray va dunyoda yaxshi nom qoldiray desa, qarindosh-urug‘lariga mehribon bo‘lsin, ularning ahvolidan doimo boxabar bo‘lib tursin.

  • Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonsa, faqat yaxshi so‘zlardan gapirsin, aks holda tilni tiyib yursin, sukut saqlasin.

  • M usulmon kishiga uch kundan ortiq o ‘z birodaridan arazlab, gina saqlab, gaplashmay-so'rashmay yurish mumkin emasdur. Ulardan qaysi biri birinchi bo‘lib salomlashsa, o ‘shanisi yaxshirog‘idir.

Hadis ilmining yana bir mashhur vakili Imom at-Termiziydir. Termiziy Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud kabi mashhur muhaddislardan hadis ilmi sirlarini o‘rganadi va juda ko‘p shogirdlami ham tayyorlaydi. Termiziyning yozgan asarlari «Kitob al-ilal» («Illatli hadislar to‘plami»), «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob ash- shamoil an-nabaviyya» (« Payg‘ambaming axloq-odob va sayru suluklari haqida kitob») kabilardir. Shulardan eng mashhuri «Sunan» nomli hadis­ lar to‘plamidir. Quyida ushbu asardan hadis namunalarini keltiramiz:
-O dam larga shukur aytmaydigan kishi Allohga ham shukur qilmaydi.
-Ikki narsa borkim, ko‘pchilik ularning qadriga etmaydi: biri - sog‘liq, ikkinchi - bo‘sh vaqt.
-Chinakam sabr-toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamliligiga aytiladi.
-M arhum otasining do‘stlari bilan doimo muloqotda bo‘lib turish - eng olijanob ishlardandir.
-Qarindosh-urugMar bilan aloqani uzgan kishi jannatga doxil bo‘Imas.
-Odam larga xayrixohliging bu sening sadaqang. Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing - sening sada­ qang. Adashgan kishilarga to ‘g ‘ri yo‘l ko'rsatishing ham - sadaqa. Hatto kam bag'allarga xushmuomalada bo‘lishing ham - sening sadaqang. Yerda halaqit berib yotgan biror toshni bir chekkaga olib qo‘yishing

90
ham - sadaqa. 0 ‘z chelagingdagi suvdan boshqalarga berish ham sening sadaqang hisoblanadi.


-K im ga oliyhimmatlilik berilgan bo‘lsa, unga hamma narsa berilgan
hisoblanadi. Kimga u berilmagan bo‘lsa, unga hech narsa berilmagan bo‘ladi.
Shu o ‘rinda Hazrat Ali (r.a.) nasihatlari va hikmatlaridan namunalar
keltirishni joiz deb topdik, zéro: har bir m o‘min kishi hikmat o'rganishga, uning m ag‘zini chaqishga intilishi kerak:
-O dob ulug'vor kiyim-kechak b o isa, fikr tip-tiniq oynakdur.
-Kim ki kerilib, o ‘zidan mamnunu - m ag‘rur boMib yursa, u o ‘ziga nisbatan boshqalar nafratini ko‘paytiradi.
-Dushmaningdan ustun kelsang, uning gunohini kechir, so'ngra
shunday boiganiga shukur ham qilgin. Sening kechirganing xudoga shukrona bildirganing bo‘ladi.

  • 0 ‘ziga do‘st topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi, bundan ham ojizrog‘i esa oldiniga birorta do‘st topadi-yu, keyiniga uni ham yo‘qotib qo‘yadi.

-Ishonch to‘rtga bo‘linadi: ziyraklik, hikmatning farqiga borish, bir narsadan ibrat ola bilish, o ‘tmish donishmandlarining aytganini bajo keltirish.
-Sahovatli bo‘l, lekin isrof qilma, andoza bilan bo‘l, lekin baxil
bo‘lma.

  • Yaxshi juftlik bir-biridan rizo kishilardan bo‘ladi.

-E ng zo‘r boylik - aql, eng katta kambag‘allik - axmoqlikdir. Eng dahshatli narsa - manmanlik, eng yaxshi narsa - xushxulqlikdir. Eng yaxshi kishi yaxshi xulq sohibidir.
-A qlli kishining tili yuragining ortida bo‘ladi, axmoqning yuragi tilining orqasida boMadi.
-Johil kishi yo o ‘ta serharakat bo‘ladi, yo boMmasa harakatining
ketini o ‘ylamaydigan bo‘ladi.
-K im ki odamlar ustidan hukm yuritishga jazm qilar ekan, barcha narsadan oldin u o‘zini o‘sha ishga o‘rgatsin, tilidan oldin siyrati, maslagi ulug'vor boMsin.
-U ch narsa halokatga eltadi: baxillik, nafs istagi va xudbinlik.
-Ehson qilsang, kerilib bajo keltirma, uni doimo kamtarona, uzr bayon etib qil.

  • Doimo yaxshilikka intil, albatta uni topmay qo‘ymaysan.

-K ishining eslanishiga uning bilim ma’rifati, aqlu-zakovati sabab bo‘ladi.

91
-Q ari nodon kishidan ko‘ra dono yosh bola yaxshi.


-D il quvvati - iymonning salomatligidandur.
-D ushm an nasihatidan uzoq bo‘lganingga shukur qil.

    • Ilm-fandan so‘z bo‘ladigan joy jannat bog‘laridan sanaladi.

    • Yumshoq so‘z ko‘ngil rishtasidir.

«Avesto» ta’limoti, Q ur’oni Karim saboqlari, buyuk hadisshunoslar merosi o ‘zbek xalq pedagogikasida o'ziga xos o 'rin egallagan. Ushbu meros orqali o ‘zbek xalqi o ‘z farzandlarini aqlan yetuk, jismonan baquvvat, axloqan pok qilib tarbiyalashga intilgan. Ana shunday ta’lirn- tarbiya natijasida yosh avlod teran fikrli, olijanob fazilatli, aql-idrokli, yuksak madaniyatli barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetmoqda. Shu o ‘rinda yosh avlodni diniy ta’limotlar asosida tarbiyalashga salbiy ta’sir etuvchi turli diniy oqimlar, diniy ekstremizm, missionerlik, fanatizm kabi qo‘poruvchi illatlarning zararli oqibatlarini tushuntirishimiz, buning uchun diniy ta’limotlarni asosli tarzda to ‘g 'ri tushuntirish zarurligini aytib o ‘tish joizdir. Buning uchun turli diniy oqimlardan farzandlari- mizni asrashimiz, ularni hushyor va ziyraklikka chaqirishimiz, tahdidlar mohiyatini hayotiy misollar bilan to ‘g ‘ri tushuntirishimiz, bunda esa xalq pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan, xususan, diniy ta’limotlardan oqilona foydalanishimiz lozim bo‘ladi.
0 ‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos
hissasining yuksak e ’tirofi sifatida ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti - AYSESKO tomonidan 2007 yil Toshkent shahri «Islom madaniyati poytaxti» deb e ’lon qilindi. M amlakatimiz hayotidagi bu ulkan madaniy-ma’naviy voqea haqida yurtboshimiz shunday deydi: «Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning hayrixoli va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi - birinchi galda muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzotni doimo yaxshilik va ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o ‘zini oqlagan qadriyat va an’analami ajdodlardan avlodlar- ga etkazishdagi buyuk o ‘mi va ahamiyati bilan bogMiq. Ayni paytda bu holat dinimizning umumbashariy madaniyat va sivilizatsiya, ilmu fan rivojiga qo‘shgan buyuk hissasi bilan ham izohlanadi».
Demak, yuksak axloqiy andozalarni o ‘zida mujassamlashtirgan
islom dini m a’rifat, m a’naviyat, tinchlik, go'zal xulq-odob ifodachisi sifatida xalq pedagogikasining muhim manbai, ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib qolaveradi.
92

Download 32,76 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.