37 Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. 36-бег.
84
bilmaganlarini o‘rgatish uchun ilk oyatda « o‘qi» kalimasini indirdi. Bu esa ilohiy vahiyning ilmga bergan buyuk bahosidan dalolat. Alloh insonlarni jaholat botqog‘idan ilm yo‘li bilan ziyoga chiqardi va ularga buyuk ne’mat sifatida bu ilmlami yozish imkoniyatini berdi. 0 ‘qiganlar va ilm sari intilganlar haqiqatga erishadi. Shu jihatdan olim kishi juda go‘zal mavqega ega boiadi. Johil esa tubanlikka yuz tutadi».
Islomiyat jaholatni rad etib, insonlarni ilm o ‘rganishga da’vat qilishini quyidagi hadisu shariflarda ko‘rishimiz mumkin:
Rasulullohning(s.a.v.) «Beshikdan qabrgacha ilm izlang» degan hadisi islomiyat taqdim etgan yuksak qoidadir.
«Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», - deya marhamat qilishlari ham ilmga bo‘lgan yuksak e ’tibordan dalolat beradi.
«Insonlar yo o ‘rgatuvchilar yo o ‘rganuvchilarga bo‘linadi.
Bundan boshqalari esa arzimasdur», - deya ta'kidlaydilar.
«Faqat ilm orqaligina najot topish mumkin, undan boshqa najot y o i i yo‘qdir», - deya ilm olishga undaydilar.
«Ilm olish uchun sarflangan bir soat yuzaki ibodat bilan o ‘tkazilgan bir kechadan ko‘ra xayrlidir. Ilm yo‘lida sarflangan bir kun uch oy ro‘za tutishdan afzalroqdir», - deya ilm olishga ajratilgan vaqt eng qadrli vaqt ekanligini ta’kidlaydilar.
«Ilm foydasiz ibodatdan afzaldir. Ilm dinning bir ko‘rinishidir»,-
deya dinning qudratini ham ilm orqali anglab yetish mumkinligini aytadilar.
Ilm o ‘rgatgan kishiga ta’zimda b o iin g va izzat-ikrom ko‘rsating.
Ilm sohiblariga hurmat ko'rsatish Payg‘ambarga bo‘lgan sevgi tufaylidir, ularga qarshi chiqish esa Payg‘ambarga qarshi chiqish kabidir», - deya ilm sohiblarini qadrlash kerakligini uqtiradilar.
«Olimning uyqusi ham johilning ibodatidan afzaldir, zero olim ilmini davom ettirish uchun charchoqlardan holi bo‘lish maqsadida uxlaydi», - deydilar.
Rasululloh (s.a.v.) «Bilganingizni barchaga o‘rgating», - deya
ilmga xizmat etishga chaqiradilar.
Jism moddiy rizq bilan oziqlangani kabi ruhiyat m a’naviy rizq bilan oziqlanadi. Ilm esa aynan shu m a’naviy rizqdir. Shu bois Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Ilm bilan oziqlanganlar hidoyat topadilar», - deya marhamat qiladilar. Yana bir hadisu shariflarida: «Ilm o ‘rganing, ilm o ‘rgangan haqni nohaqdan ajratadi. Ilm jannat yo‘lini yoritadi. Ilm insonga cho‘lda yo‘ldosh, yolg‘izlikda hamroh, kimsasizlikda jondan do‘st bo‘ladi», - deydi. Va yana: «Ilm insonlarni saodatga eltadi,
85
falokatdan qutqaradi, do‘stlar orasini ziynatlaydi, dushmanga qarshi qalqon bo‘ladi», - deya ummatlarini ilmga chorlaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana bir hadislarida: «Dindoshiga ilm o ‘rgatish yil bo‘yi o ‘qilgan nafl namozidan ko‘ra afzalroqdir», - deya marhamat qiladilar. Y a’ni, ilm m o‘min uchun bir hazina ekanligini, inson ilmga erishgach, ana shu ilm hazinasini qo‘lga kiritib, asl boylik sohibi boMishini, qalbida ilmni saqlagan kishi esa xazinadan barchani bahramand etib, hidoyatga boshlashini uqtiradilar.
Rasululloh (s.a.v.) bir kun hazrat Anasga: « Yo Anas! Ilm istagan kishi kunduzlari ro‘za tutgan va kechalari ibodat bilan o'tkazganlarning savobichalik savobga noil bo‘ladi. Kishining biror mavzuda ilm olishi Qubays tog‘idek keladigan oltinni Alloh yo‘lida tarqatishdan afzalroqdir», - deganlar.
Dunyoda ilm orqali kelgan foyda eng qimmatli, eng ulug‘ sanalishi, kishi ilm yo‘li bilan buyuk ne’matlarga erishib, yo‘li yorug1 bo‘lishi, turli xurofotlar va nohaqliklardan ilm vositasida o ‘zini himoya qila olishi mumkinligi haqida, dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilm bo‘lib, shu jihatdan ilm amallarning eng afzali ekanligi xususida islom ta ’limotida keng va atroflicha m a’lumotlar berilgan.
Shuningdek, diniy ta’Iimotlarda ilmni haqiqiy olimdan o‘rganish kerakligini, faqat shu yo‘l orqaligina haqiqiy ilm hazinasiga erishish mumkinligini aytadilar. Shu o ‘rinda ilm bergan ustozlami ulug‘lash va hurmatiga e ’tibor berish zarurligini ham ta’kidlaydilar. Shayxul islom
«Hidoya» kitobining sohiblari, ustoz Burxoniddin M arg‘inoniy hazratlari hikoya qiladilar: «Buxoroi sharifning katta allomai kiromlaridan biri dars o‘tayotgan edilar. Dars davomida goho o ‘rinlaridan turib qo'yardilar. Ziyrak toliblari buning sababini so‘radilar. U zot kamoli ehtirom bilan:
- M ehribon ustozimning farzandlari ko‘chada bolalar bilan o ‘yna yuribdilar. Goh o ‘ynab eshik oldiga kelsalar, darhol ustozimning hurmatlari uchun o ‘mimdan turyapman», - deb javob berdilar.
Yana hikoya qiladilarki, Imom Buxoriy hazratlari bir muddat Makkai M ukarramada dars o ‘tganlar. Bir ziyoratchi Buxoroi sharifdagi ustozlaridan salom va maktub olib keladilar. Shunda ustozlarining yurtidan kelganlarini bilib, quchoq ochib ko‘rishib, hurmat izhor qilganlar. So‘ng salom xabarini eshitganlarida, Buxoroi sharif tomoniga yuzlanib, salomga alik olib, hurmat bajo keltirganlar. Keyin maktubni ikki qo‘llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o ‘qiganlari aytiladi.
Imom Buxoriy hazratlari ustozlari uzoqda boMsalarda, xuddi huzurlarida turgandek hurmat bajo keltirishi bizga ibratdir. Balki ulug‘
86
allomalaming o ‘z davrida yetishgan baland ilmiy darajalarining omillaridan biri shu b o ig an bo‘lsa, ajab emas.
Darhaqiqat, islom dini insonni hamma vaqt ilm egallashga, to‘g‘-
rilikka, halollikka, oliyhimmatlilikka, insonparvarlikka, barcha insoniy fazilatlar egasi boMishlikka chaqiradi. Hadisu shariflarda yomon xulq, hasad, adovat, hiyonat, kibr-havo, yolg‘onchilik, poraxo‘rlik, buzuqlik, munofiqlik kabi illatlar qoralanadi. «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanglar», - deb uqtiriladi.
Yana: «Kim nimaga erishgan, fazilat va daraja topgan b o isa, faqat hurmat va odob saqlash bilan erishibdi. Kimki o ‘z obro‘-e’tiboridan, erishgan fazilatidan ayrilgan bo‘lsa, bilsinki, u faqatgina bu ayriliqni odob saqlashni loyiq ko‘rmagani, hurmat va e ’zozni tark qilgani sababidandir», - deb ogoh qiladilar.
Islom ta ’limotida ota-onaga, musofirlarga, xizmatchilarga, do‘stu- birodarlarga, barcha kishilarga yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlanadi. Insoniyat olamida go‘zal xulq egalarini go‘zal axloqli, odobli, husni xulq kishilar deb atashadi. Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (s.a.v.) bunday xislatlaming timsoli bo'lgan.
Islom ta’limotida sabr-qanoatli va kechirimli bo‘lish eng yaxshi fazilat sifatida ulug‘lanadi, zero bu sifatlar bag‘ri keng, turli adovat va adolatsizlikka sabr bilan javob bera oladigan kishilardagina bo iad i. Olijanoblik va rostgo‘ylik - inson kamolotini ko‘rsatuvchi xislatlardan b o iib , biri yaxshilikni o ‘zi uchun emas, boshqalar uchun qilishni xohlash bo'lsa, ikkinchisi kishilar o ‘rtasidagi ishonchni ta’minlaydigan muhim sifat ekanligi ta’kidlanadi.
Islom ta’limotida vaqtdan unumli foydalanish masalasiga katta e ’tibor qaratiladi. Har bir kishi vaqtning barcha imkonlaridan foydalanib qolishi, millatni yaxshilik va farovonlikka, moddiy va ma’naviy yuksalishga olib boradigan ishlar bilan mashg'ul bo‘lmog‘i lozim, deb uqtiriladi.
Payg‘ambarlar orasida eng uzoq yashagan hazrati Nuh alayhissalom haqlarida hikoyat qilinishicha, ming yildan ortiqroq umr ko‘rganlaridan so‘ng, u kishining jonini olish uchun o i im farishtasi keladi. Va u kishidan: «Ey payg‘ambarlaming eng uzun umr ko‘rgani, siz dunyoni qanday tushundingiz?» - deb so‘raydi. Shunda Nuh (a.s.) aytadilar:
«Dunyo go‘yo bir hovlining ikki eshigi bo‘lib, ulaming biridan kirib, boshqasidan chiqib ketdim.» Demak, vaqt tez o ‘tadigan va ortga qaytmaydigan, biror narsa bilan o ‘rin almashtirib bo‘lmaydigan, inson ega boMgan narsalarning eng nafisi va qimmatlisidir. U voqelikda xoh shaxs, xoh jam iyat bo‘lsin, inson uchun asl sarmoya hisoblanadi. Bu
87
xususda Xasan al-Basriy38 aytadilarki: «Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kunning ketishi umringning bir qismi ketishi demakdir». Shuningdek, Umar ibn Abdulaziz aytadilar:
«Kecha va kunduz sening vujudingda o ‘z ishini ko‘rsatyapti, demak, sen ham ularga amal qilib qol!»
Yuqoridagi kabi olimlar: «M anfurlikning alomati vaqtni zoe ketka- zishdir», deyishgan. Va yana: «Vaqt bir qilichdir, agar sen uni kesma- sang, u seni kesadi!» - deb uqtirishgan. Olimlar o ‘zlari turgan mavqedan yana ham go‘zalroq darajaga intilar edilar. Shu jihatdan ulaming buguni kechasidan, ertasi bugunidan afzalroq bo‘lar edi. Bu xususda ulardan biri: «Kimning buguni kechagi kuni kabi bo‘lsa, u aldangandir, va kimning buguni kechagidan yomon bo‘lsa, u la’natlangandir!» - degan.
Islom ta’limotida axloqiy tarbiya eng yuqori o ‘rinni egalaydi, shu bois hadislar insonning m a’naviy va axloqiy kamolotiga asos bo‘la ola- digan m a’no va mazmun kasb etgan, zero hadislar islom olamining mu- qaddas kitobi Q ur’oni Karimdan keyingi asosiy manbalardan biri bo‘lib, payg‘ambarlarimizning aytgan so‘zlari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari haqida m a’lumot beradi, umuminsoniy fazilatlar ulug‘lanadi.
Q ur’oni karim va hadisu shariflardagi odob-axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, m a’naviyatimiz durdonalari boMmish Ahmad Yassaviy, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Baxouddin Naqshbandiy, Abdurahmon Jomiy, Abu N asr Forobiy kabi buyuk siymolar, olimlar, yozuvchilarning odob-axloq haqidagi fikr-mulohazalari bilan o ‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra hamohang va hozirgi kunda ham dolzarb. Jumladan, Rasullulloh (s.a.v.) «Insonga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi axloqdir», - deganlar. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy esa:
«Bilim, m a’rifat albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi», - deb uqtiradi. Islom olamining mashhur hadisshunos olimi Imom al-Buxoriy: «Наг bir odam komil inson bo‘lishi uchun o ‘zi yaxshi ko‘radigan narsasini o ‘zgalarga ham ravo ko'radigan, go‘zal axloqli bo‘lishi kerak», - deb ta’kidlaydilar. Bu misollardan Q ur’oni Karimning o ‘zi nasihatlardan iborat ekanligiga, diniy ta’limotlar hamda buyuk mutafakkirlar va muhaddis olimlari- mizning odob-axloq borasida hamfikrliligiga amin bo‘ldik. Zotan, Rasullulloh (s.a.v.)ning o ‘zlari «Din nasihatdur», - degan edilar.
M a’lumki, hadislar asrlar davomida odob-axloqning gultoji sanalib, IX asr hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan. Bu davrda butun
|