Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1 .N im a uchun diniy ta’limotlarni xalq pedagogikasi bilan bogMab o ‘rganamiz?
Ilm o ‘rganishga da’vat qiluvchi hadislardan misollar keltiring.
Islom dinida qaysi fazilatlar ulugManadi va qaysi illatlar qoralanadi?
Islom dunyosidagi oltita muhaddisning nomini ayting.
Turli diniy oqimlaming zararli oqibatlari haqida gapiring.
Toshkent shahrining «Islom madaniyati markazi» deb e’lon qilinishining sababi nimada deb o ‘ylaysiz?
«Amir al-mo‘miniyn» degan sharafga ega bo‘lgan muhaddis haqida gapiring.
Imom al-Buxoriy asarlari nomlarini ay.ing.
«Al-Jome’ as-sahih» asaridan misollar keltiring.
Imom at-Termiziy qanday asarlar yozgan?
Imom at-Termiziyning «Sunan» hadislar to‘plamidan misollar keltiring.
TOPSHIRIQ. Quyidagi matnni o‘qing. «Har bir daqiqa mening foydamga o ‘tishi uchun men nima qildim?» degan savolga javob toping.
BAHONA
Vaqtim yo‘q deguvchilar - vaqtning qulidirlar. Vaqtim yo‘q, deyish bir bahona. Bu bahona bilan odam boshqalarni emas, avval o ‘zini aldaydi. Xudo bizga bir kecha-kunduzda yigirma to‘rt soat vaqt berib qo'yibdi. Shu vaqtning egasi o ‘zgalar emas, o ‘zimiz. Ana shu yigirma to ‘rt soatni taqsimlash uchun Yaratgan zot tomonidan aql, farosat, zehn ne’matlari ham berilgan. Odam vaqtga qul emas, xoja bo‘lmog‘i lozim. Biz behuda ishlarga ko‘p mahliyo bo‘lamiz-da, zarur yumushlarga kelganda «vaqtimiz yetishmaydi», deb nolishni boshlaymiz. Hatto ertalabdan kechgacha qarta o‘ynab o ‘tiruvchilar ham shunday deb hasrat qiladilar. Qiyomatda väqtimizni behuda sarf qilganimiz uchun ham hisob bersak kerak...39
TOPSHIRIQ. Matn mazmuni bo‘yicha mulohaza yuriting.
«Tirikchilik» so'ziga izoh bering, hayotiy misollar keltiring.
|