• BILASIZMI
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet44/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    39 Тохир Малик. «Иймонлашиш умиди.» - Т.: Янги аср авлоди, 2004.
    93

    TIRIKCHILIK


    Bir kishi m a’ruzasida donolik bilan debdi: «Agar xastalansangiz albatta tabibga boring, chunki tabibning ham tirikchiligi bor. Tabib sizga dori buyuradi, siz bu dorini albatta sotib oling, chunki dorifurushning ham tirikchiligi bor. Ammo sotib olgan doringizni zinhor icha ko‘rmang, chunki o ‘zingizning ham tirikchiligingiz bor.»
    Shu majlisda go‘rkov ham o ‘tirgan ekan, voizning keyingi gaplari unga yoqmay, shart o‘rnidan turib, debdi: « 0 ‘sha tabib yozib bergan, dorifurushdan sotib olgan doringizni albatta iching, chunki mening ham tirikchiligim bor.»
    Alqissa, bu dunyoda hammaning tirikchiligi bor. Tirikchilik deb o ‘zimizni har tomonga uramiz, tegirmon toshlari orasidan o ‘tishdan ham toymaymiz. K o‘p holatlarda unutamizki, biz ta’bir qiluvchi tirikchilik rizq o ‘lchovi bilan belgilab qo‘yilgan. Bu belgi chegarasidan o ‘tish hali hech kimga nasib etmagan. Qudsiy hadisda marhamat qilinadiki: «Ey Odam farzandi, agar senga ajratib qo‘yilgan rizqqa qanoat qilsang, rizqing o ‘zi keladi va mendan ham maqtov olasan. Bordi-yu, bu taqsimga qanoat qilmasang, mol-dunyoni sening ustingga sulton, seni esa unga xizmatkor qilib qo'yaman...» 40


    BILASIZMI?


    Sayidlar, xo ‘jalar, xojalar va shayxlar kimligini bilasizmi?
    Sayid(lar) - «janob», «boshliq», «yetakchi», «rahnamo» m a’nosini anglatuvchi so‘z. Ilgarilari arablarning qabila, qavm, guruh boshlig‘i, yetakchisi «sayid» deb atalgan. Keyinchalik payg'am barim izning qizi Fotima va kuyovi hazrat Alining o ‘g‘illari Imom Xasan va Imom Xusaynning avlodlari «sayidlar», y a’ni «payg'ambarzodalar» deb atala boshlagan. 0 ‘rta Osiyoda payg‘ambarlar avlodlari sayidlarni « to‘ra» deb atash odat tusiga kirgan.
    «Xo‘ja(lar)» - forscha « xo ‘jayin», «sohib» m a’nosini anglatuvchi so‘z. Bu so‘z haqida ikki xil fikr mavjud:

    1. X o ‘ja lar dastlabki to‘rt xalifa Abu Bakr, Umar, Usmon va Alidan (Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan) tarqalgan avlodlar;

    2. Payg‘ambarimiz davridagi sarkardalaming avlodlari.



    Xoja - forscha « xo ‘ja», «ega, egam» m a’nolarini anglatadi. Tasavvufda M ovarounnahr tariqat mashoyixlariga berilgan unvon. Bu unvon Y usuf Xamadoniy (1048-1140) dan boshlab ishlatiladi. Masalan,



    Download 32,76 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.