|
I ll BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA 0 ‘ZBEK MILLIY MADANIYATI VA MA’NAVIYATI
|
bet | 46/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J I ll BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA 0 ‘ZBEK MILLIY MADANIYATI VA MA’NAVIYATI.
III.1. Xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy musiqa, qo‘shiqchilik va raqs san’ati,
milliy teatrlarning tarbiyaviy ahamiyati
Uzluksiz ta ’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya jarayonining bitiruvchisi muayyan soha bo‘yicha bilim olishi va kasb-hunar egasi sifatida Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishi lozim. Zero, Respublikamizda qabul qilingan milliy g ‘oyaning yetakchi g‘oyalaridan biri, yuqorida ta’kidlagani- mizdek, Vatan ravnaqi sanaladi. Yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni o‘ziga azmu qaror qilib olgan shaxslami tarbiyalab voyaga yetkazishda milliy madaniyat va m a’naviyat muhim o ‘rin tutadi.
Demak, xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy m e’mor chilik, milliy teatr va musiqa, qo‘shiqchilik va xalq raqs san’ati namuna- larining falsafiy, psixologik va tarbiyaviy jihatlarini anglash, mazmun- mohiyatini chuqur bilish uchun uni xalq pedagogikasi bilan bog‘lab 0‘rganish zarurdir. Chunki yuqorida ta’kidlangan san’at va hunarmand- chilik turlari xalq hayotining bevosita ifodasi bo‘lib, xalqimizning ijtimoiy hayot haqidagi tushunchalarini, uning yuksak didini, estetik qarashlarini va shu bilan birga xalq pedagogikasining axloqiy tarbiya bilan bog‘liq muhim qirralarini o ‘zida aks ettiradi. Shuningdek, xalqimizning uzoq tarixi, urf-odatlari, keng dunyoqarashi, orzu- umidlarini ham butun ulug‘vorligi va teranligi bilan namoyon etib, ular haqida keng va chuqur bilim beradi va m a’naviy-axloqiy qadriyatlarga, kasb-hunarga qiziqish uyg‘otishda muhim manba hisoblanadi.
Yurtimizda vujudga kelib, gullab yashnagan san’at turlari o ‘zining jozibadorligi va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bo‘lib, shulardan xalq amaliy san’ati xalqimizning ko‘p asrlik tarixida madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Xalq amaliy san’atining mohir ustalari o ‘z asarlariga shunchaki bezak bermasdan, balki shu bezak vositasida o ‘z fikrlarini aks ettirganlar. Mavjud tarixiy obidalar, qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi namunalari fikrimiz dalilidir.
97
Hunarmandchilikning qadimiy davrlardan keng tarqalgan sohalari mavjud boMib, temirchilik, degrezlik, pichoqchilik, qulfchilik, zargarlik, zardo‘zlik, duradgorlik, o ‘ymakorlik, xarrotlik, sandiqchilik, naqqoshlik, popopchilik, gilamdo‘zlik, beshikchilik, do‘ppichilik, ganchkorlik, sang- taroshlik, kulolchilik, koshinchilik, ko‘nchilik, charmgarlik, m ahsido'z- lik, etikdo‘zlik, qandolatchilik shular jum lasiga kiradi. Shu o ‘rinda hunarmandchilik haqida ikki og‘iz to‘xtalib o ‘tsak. Taniqli etnograf IJabborovning ta’kidlashicha, temirchilik rivojlanishi bilan mustaqil sohalar yuzaga kela boshlagan. Masalan, o ‘zbek pichog‘ini pichoqchilar, qulf-kalitni qulfchilar, igna-bigizni ignachilar, ro‘zg‘orda zarur bo‘Igan buyumlami chilangar, mixgar, taqachilar yasaganlar. 0 ‘zbek zargarlari yasagan noyob qimmatbaho bezaklar dunyoda mashhur. Yog‘och buyumlarini yasash hunarmandchiligini duradgorlar amalga oshirgan, bunda o ‘ymakorlik alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuningdek, uy- ro‘zg‘or buyumlarini yasaydigan usta-xarrotlar, egarchi, taroqchi, elakchi ustalar ham bo‘lgan.
M ahalliy duradgor ustalar milliy musiqa asboblari yasaganlar. Qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi ustalami gilkor(g‘isht quyuvchi), suvoqchi, paxsakash deb ataganlar. Maxsus m e’morlar, y a’ni mohir suvoqchi va ganchkorlar milliy m e’morchilik san’atini egallab, machit- madrasalar, minora va ko‘shklar qurganlar. Sabr-toqat va og‘ir mehnat talab qiladigan badiiy amaliy san’at sohasi tosh va suyak o‘ymakorligi, y a’ni toshtaroshlik va sangtaroshlikdir. Sangtaroshlar asosan marmar ustunlar yasaganlar. Kulolchilik eng qadimiy va ommaviy hunarmand chilik turi boMib hisoblangan.
« 0 ‘zbeklam ing bu qadimiy amaliy san’ati o'zining boy an’analari, nozik va mayin naqshlari va o ‘ziga xos milliyligi bilan uzoq davrlardan beri uzoq-yaqin xalqlami ham o ‘ziga maftun qilib kelgan».41
Rangli, sirlangan g ‘isht taxtalami yasovchi ustalar koshinlar deb nomlangan, ular quruvchi bo‘lsalar ham kulolchilik asboblaridan foydalanganlar. Tandirlarni tandirchilar yasaganlar, teridan po‘stin va bosh kiyim tikkan ustalami po‘stindo‘z, telpakdo‘z deb ataganlar. Shuningdek, ko‘n va charmdan oyoq kiyim va turli buyum yasaganlami charmgar, etikdo‘z, mahsido‘z, kavushdo'z deb nomlaganlar.
T o ‘qimachilik va ipakchilik kasbi ham turli sohalarga bo‘lingan. Pillani chuvatish bilan pillakashlar shug‘ullanganlar, gazlama va iplami bo‘yoqchi, rangrez ustalar bo‘yaganlar, so‘ngra abrband ustalar unga naqsh chizganlar. Kashtachilik o ‘zbeklarning eng sevimli kasbi bo‘lsa,
|
| |