M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet49/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

4j Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 143-бет.
103
qulog‘iga yetib boribdi. Karvondagilar: «Karvon halokatga uchrabdi, boMmasa bunaqa ovoz chiqarmasdi. Yordamga chaqiryapti, bormoq ke- rak», - deb ulaming oldilariga yetib borishibdi. Suv berib, falokatga uch- ragan savdogarlarni saqlab qolishibdi-da, savdoga birga olib ketishibdi. C ho‘lda suvsizlikdan halokat holiga kelgan savdogarlarni saqlab qolgan narsa doira ekan. Shu-shu doira «taka-taka-tum» deb ovoz chiqara bosh- ladimi, odamlarda tetiklik, jasurlik, dadillik kayfiyatlari uyg‘onarkan.
« Jazo» rivoyatida esa qo‘shiq sehri, insonlarga xos bo‘lgan ziyraklik, topqirlik, aql tarannum etiladi: « Bir shahzoda yolg‘iz o ‘zi ovga chiqibdi. U hech qo‘rqmay, qalin to‘qay ichiga kirib bedarak ketibdi. Podshoning yuragiga g ‘ulg‘ula tushibdi. Bosh vazimi oldiga chaqirib: « 0 ‘g ‘limni tezda topasan, topmay qaytib kelsang yoki yomon bir xabar keltirsang og‘zingga qo‘rg‘oshin quydiraman», - debdi. Bosh vazir odamlarini olib, to‘qayga ravona bo‘libdi. Qidirib-qidirib qarasalar, shahzodani yovvoyi hayvon oMdirib ketgan emish. Vazir podshoning oldiga borib bu xabami aytishga yuragi betlamabdi. Keyin bir joyga to‘planib maslahat qilishibdi. Vazir bilan birga borgan odamlardan biri: «Mana shu to‘qayning narigi chetida bir dono chol bor, o ‘sha chol nima qilish kerakligini aytib beradi, shuning oldiga boramiz»,
- deb maslahat beribdi. Vazir boshliq podshoning odamlari o ‘sha cholning oldiga borishibdi, b o ig an gaplami aytib berishibdi. Chol o ‘ylanib turib: «Mayli, men o ‘zim borib javobini beraman», - debdi. Bular hammasi shahzodaning o ‘ligini bir yerga yashirib, podshoning saroyiga boribdilar. Z o‘r tashvishda o ‘tirgan podsho darrov: «Xabar topib keldingizmi?» - deb so‘rabdi. Hamma jim turaveribdi, chunki kim to‘g ‘risini aytsa, og‘ziga qo‘rg‘oshin quyilishi kerak edi. Shunda haligi odam qo‘liga dutorini olib chala beribdi. Dutordan shunday mungli, qayg‘uli ovoz tarqalibdiki, podsho o ‘g ‘liga nima bo‘lganini darrov sezib olibdi. Podsho og‘ir qayg‘u chekibdi, keyin g ‘azab bilan: «Cholning og‘ziga qo‘rg‘oshin quyilsin», - deb buyruq beribdi. Haligi chol: «Meni av f eting, podshohim, menda hech ayb yo‘q, qayg‘uli xabarni men emas, mana bu dutorim aytdi, jazoni shu dutor tortishi kerak», - debdi. Podsho buyruqni chor-nochor o ‘zgartiribdi: dutorning qom iga qo‘rg‘oshin eritib quyibdilar.
M a’lumki, yurtimizdagi tarixiy obidalar, milliy m e’morchilik namunalari ulkan ahamiyatga ega boMgan yodgorlikdir. Ulaming har biri milliy boyligimiz, milliy o ‘zligimizni anglatib turuvchi tarixiy xotira, saboq, odobnomalardir. Ana shu xalq durdonalari jahon m e’mor- chiligi tarixida o ‘zlarining badiiy qadr-qimmati, obro‘siga ko‘ra Misr,

104
Hindiston, Eron, antik Yunoniston va qadimgi Rimdagi mashhur m e’morchilik yodgorliklari bilan haqli ravishda bir qatorda turadi.


Bu obidalar bir necha asrlardan beri vaqt sinovlariga bardosh berib kelayotganligi, betakror bezaklari va salobati bilan jahon xalqlarini maftun qilib kelinoqda. Yosh avlod nihoyatda yuksak aql-zakovat mahsuli boMgan bunday arxitektura ansambllari, mahobatli binolami ko‘rib, ulardagi mislsiz go‘zaIlikni his qiladilar. Hunarmand ustalar ishini ko‘rib, hunar o ‘rganishga yanada qiziqishi ortadi. Shuningdek, bunday monumental qurilishlar, majmua va yodgorliklar yoshlarni axloqiy tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi.
Ajdodlarning m e’morchilik qobiliyatidan faxrlanish hissi vatanni sevishga, vatanparvarlik hissining uyg‘onishiga olib keladi. Vatanpar- varlik esa axloqiy tarbiyaning bosh mezonidir.
Yurtimizdagi har bir tarixiy m e’morchilik obidalari o ‘ziga xos murakkab arxitektura asosida qurilgan va juda katta mehnat sarflangan.
Jumladan, Samarqand shahridagi Sherdor madrasasi 1619-1636 yillarda Samarqand hokimi Bahodir Yalangto‘sh tomonidan Abdujabbor loyihasi asosida qurdirilgan.
M e’mor Abdujabbor «Sherdor» madrasasining peshtoqini hech qaysi m e’morchilikda takrorlanmaydigan uslubda bezaydi. Unda hayvonlar, o‘simlik va issiqlik, y orugiik manbai boMgan quyosh orqali komil insonni aks ettirishga muvaffaq boMgan. Bu m e’mor Abdujabboming nafaqat naqsh tilini, balki go‘zallik falsafasini, naqshlaming ramzlarini bilgan mohir usta bo‘lganidan dalolat beradi.
Madrasaning hammani o ‘ziga tortadigan jihatlaridan biri shundaki, uning peshtoqiga sher, ohu, quyosh va inson yuzining tasviri tushirilgan.
Sher boshining birinchi ramziy m a’nosi tirik mavjudotlar ichida eng aqlli va kuchli qilib insonlaming yaratilganligini anglatadi. Tasvir Samarqand hokimi Bahodir Yalangto'shbiyning dovyurakligi, aql- zakovati, epchilligi, ziyoli va donoligiga qiyoslanib, uning burji sher, muchali esa yoMbarsligiga ishora qilingan.
Sheming qulog‘i esa insonlami hushyorlikka undashi, ya’ni halol va harom luqmaning farqini hushyorlik bilan ajrata bilishga undaydi. Asarda ajdodlarimizdan Abu Nasr Forobiyning quloq haqidagi ibratli fikrlari ham keltirilgan. «Agar quloqni nimalardan berkitish kerak, deb so'rasalar, aytgil, aw a l botil va bid’at so‘zlardan, ikkinchidan, behuda va foydasiz so‘zlardan, uchinchidan, g ‘iybat va bo'hton so‘zlami eshitishdan. Chunonchi, g ‘iybatga quloq solgan g ‘iybatchining gunohiga sherikdir».

105
Sheming tishi orqali aql-zakovatda, ilmda, tafakkurda o‘tkir bo‘lish lo- zimligi, tili esa dunyodagi eng shirin va achchiq narsa ekanligi eslatib o‘tiladi.


Ko‘z tasvirida insonning qalb ko‘zi ramziy m a’noda ifodalangan bo‘lib, inson olamni ko‘zi bilan ko‘radi, lekin shunday narsalar borki, inson ularni qalb ko‘zi bilan ko‘rishi va idrok etishi kerakligi m a’nosida ifodalangan.
Aynan yoshi ulug‘ sher tasviri insonlar va Bahodir Yalang- to‘shbiyning donoligi, tajribaga asoslangan aql-zakovati yuksak darajada ekanligi ramzi sifatida ko‘rsatilgan.
Sherning tanasidagi qora zuluk shakllarida yovuzlik va tun ifodalanib, hayot oq va qora hamda tun va kundan iboratligiga ishora qilingan. Oq rang poklik, ezgulik va yorug‘likni bildirsa, qora rang yovuzlik ramzi sifatida olingan.
Xulosa qilib aytganda, m e’moriy obidalarda aks etgan har bir bezak, naqshning o ‘z siri va falsafasi bor. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davo- mida barpo etilgan ulkan, mahobatli m e’moriy obidalaming boy maz- muni va teran mohiyatini yosh avlodga yetkazish muhim vazifalari- mizdan biridir.



Download 32,76 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.