|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 57/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.JTaHTOBnfi M.C. HcjioMjia mv jio ko t oa o 6 h T.: MoBapoyHHaxp 2007.
116
do‘st sifatida ko‘rishi kerak. Agar u xatoni ochib bersa va haqiqatni aytsa, minnatdorchilik bildirish zarur»,54 - deydi.
Nutq madaniyati, muloqot, bahs-munozarani taitibga solish uchun islom dini joriy qilgan odoblardan yana biri tavozeli boMish, kibrdan saqlanishdir.
Buning m a’nosi shuki, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, gerdayish, boshqa- lardan ustunligini ta’kidlash ruhiga qurilgan muloqot samarasiz tugaydi, eng yomoni, ikki tomon orasidagi tafovut kuchli ziddiyatga aylanadi.
Suhbatdoshning fikrini bosiqlik bilan tinglash, uning so'zini og‘zidan tortib olmaslik, shaxsiyatiga tegmaslik, sabr-toqat va bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishdir.
Tomonlardan biri boshqasiga o‘z fikrini bayon qilarkan, go‘zal muomala doirasida, mantiqqa tayanib, hurmat bilan muloqot qilishi kerak. Donishmandlar bejiz aytishmagan:
Islomdagi so‘zlashuv odoblaridan yana biri bu haqgo‘y, go‘zaI xulqli, ta’masiz, qalban pok, oqil insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish bo‘lsa, yana biri xukm va xulosalami umumlashtirish, so‘zlayotgan paytda o ‘ta ehtiyot boMish, muammo va masalalaming mohiyatini sinchiklab o'rganish, iboralarni o ‘z o ‘rnida ustalik bilan ishlatishdir. Shuningdek, hoyi-xavaslarga ergashib, ko‘zlari ko‘r, quloqlari kar bo‘lib qolganlar bilan oqilona muomalada boMish ham Islomning o ‘ziga xos muloqot odoblari sirasiga kiradi.
0 ‘zaro muloqot har ikki tomonga ham foydali bo‘Iishi, go‘zal oqibat va yaxshi natijalarga erishish uchun lozim bo‘lgan odoblardan biri - yolg‘on mish-mishlarga emas, to‘g‘ri gaplarga tayanish, uydirma xabarlarga emas, balki aniq m a’lumotlarga asoslanishdir.
Darhaqiqat, nutqiy farosat, nozik muomala odobi Turonda inson umumiy axloqining tayanch ustunlaridan sanalgan. Hadisi sharifda:
«Kishining zebu-ziynati, go‘zalligi uning tilidadir», deyilsa, xalq maqollarida: «Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi», deyiladi. Buyuk allomalarimizdan Majdiddin Xavofiy: «So‘zni me’yor bilan so‘zlagan, hayot qadrini anglagan, butun kuch va qudratini ilm va kamolot hosil qilishga sarflagan kishilar aqlli kishilardir», - degan bo‘lsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Insonning odob-axloqini belgilaydigan
54 H m o m Fa330 JiH it. H xfi ynyM ya-AHH.
117
omillardan biri uning so‘zi, nutqidir, zero suvning mazasi muz bilan, odam yaxshiligi so‘z bilan bilinadi», deydi («Mahbub ul-qulub»),
Xulosa qilib aytganda, yoshlarga xalqimizga xos bo‘lgan axloqiy m e’yorlami o ‘rgatish va ularga insoniy fazilatlami shakllantirishda hamda barkamol shaxs tarbiyasi masalalarida xalq pedagogikasining barcha manbalarida, ya'ni halq og‘zaki ijodi janrlarida ham, diniy ta ’limotlarda ham, buyuk mutafakkirlar ijodida ham yaxlit uyg'unlik borligiga amin bo‘ldik.
|
| |