|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 56/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.JTabib va ilon haqidagi rivoyatda esa, tilning zahri ilon zahridan ham dahshatliroq ekanligi haqida gap ketadi:
Tabib bir bemorni davolash uchun ilon izlab topadi. Shunda ilon undan so'raydi: - Sen meni oMdirib, zahrim bilan bir odamning hayotini saqlab qolmoqchi bo‘lyapsan, to‘g‘rimi?
Tabib: - T o ‘g ‘ri, - debdi.
Endi quloq sol, - debdi ilon. - Bekor qilyapsan, bemor mening zahrim bilan tuzalmaydi. Agar biz chaqqanimizda tuzalar edi. Uni do‘sti chaqqan. Odamning zahrini ilonning zahri yo‘q qila olmaydi. Bilasanmi, Olloh bizni shunday sovuq, yerda sudralib yuruvchi qilib yaratdi, qo‘l- oyoq ham, insonlar kabi aql ham bermadi. Ammo biz ilonlar bir- birimizni chaqmaymiz. Siz insonlarga esa aqlga qo‘shib butun borliqni berdi. Shunda ham noshukurchilik qilib, bir-biringizni chaqasizlar, - debdi. Tabib ilonni qo‘yib yuboribdi. Haqiqatdan ham bemorni o ‘z do‘sti haqoratli so‘zlar bilan chaqqan ekan, hech qanaqa dori kor qilmay olamdan o ‘tibdi. Bemoming do‘sti tishi bilan emas, tili bilan, zahar- zaqqum gaplar bilan chaqib, boshiga yetgan.
Rivoyatning m a’nosiga uyg‘un keluvchi xalq maqollari tili bilan aytganda:
Xalq pedagogikasi manbalariga kiradigan diniy ta’limotlarda ham so‘zlashish odobi, nutq madaniyati haqida juda ko‘p misollar, pand va o ‘gitlar mavjud. Masalan, «Islomda muloqot odobi»53 kitobida nutq odobi quyidagi tartibda ifoda etiladi:
Insonlar o ‘rtasidagi so'zlashuv to‘g ‘rilikka va haqiqatga y o ‘g ‘- rilgan, yolg‘on, safsata, xomhayollardan uzoq bo‘lishi kerak.
Islom ta ’limotida tortishuvlarga barham berish uchun aniq dalil, hujjat bilan gapirish talab etiladi hamda tortishuv mavzuida tomonlarning bir-biriga haqiqatni aytishlari lozimligi uqtiriladi.
Imom G ’azzoliy «Ihyo ulumud-din» kitobida «Bahslashayotganlar xatoni aniqlab, haqiqatga intilishlari lozim. Raqibini dushman emas,
' 2A.KapHMOB. Bwp ranHM 6op yv thji/io - T.: AaojiaT, 1992.
|
| |