• IU .3 . X a lq p ed a g o g ik a s id a ta b ia t va
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet59/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    BILA SIZM I?
    0 ‘zbek odatlariga ko‘ra oilada o ‘g‘il farzand tug‘ilsa, unga atab qurilish ashyosi boiadigan ko‘chatlar ekilgan, u voyaga yetguncha navnihol ko‘chatlar terakzorga aylanib ketgan.


    BU Q IZIQ!
    0 ‘zbeklar qayerda va qanday sharoitda bo‘lmasin yonidagi yaqin kishi, safdoshini o ‘z taomiga sherik qilish rasm boigan. Bu udumning ancha kuchli ekanligini tasdiqlovchi « ko‘z haqi» iborasi hozirgacha saqlanib, safdosh rizqini berish m a’nosida ishlatiladi. Bu odatga ko‘ra, kimning ko‘z oldida non yopilsa yoki ovqat tayyorlansa, shu kishi o ‘zining ko‘z haqiga ega bo'lishi mumkin, deb hisoblangan. Uyda, ayniqsa, bayram va hayit paytlarida shirin taomlar pishirilsa, qarindosh va yaqin qo‘shnilarga bir kosa suzib chiqarish odati hozirgacha saqlan- gan. Shu tarzda ayrim marosimlarda dasturxon qilib kelinsa, un- dagi oziq-ovqatlami qavmu-qarindosh va qo‘shnilarga tarqatish rasm-rusumi mavjud. Shuningdek, shaxsiy bog‘ va undagi sabzavot va mevalar pishganda o ‘z yaqinlari bilan bo‘lishish odat bo‘lib qolgan. M azkur urf-odat o ‘zbeklarda milliy an’anaga aylanib, hozir ham amal qilinadi.


    IU .3 . X a lq p ed a g o g ik a s id a ta b ia t va in son m u n o sa b a tla r i, xalq ta b o b a ti v a s o g ‘lom tu rm u sh ta rzin in g ifod a lan ish i

    1. M a’lumki, ona tabiat o ‘zining beqiyos saxovati bilan insonlarg xizmat qilib keladi. 0 ‘z navbatida xalqimiz ham tabiatni asrash, avaylash, ardoqlash bo‘yicha o ‘ziga xos odobnoma yaratganki, avlod-


    119
    ajdodlarimiz shu odobnoma asosida ekologik tarbiya topib kelgan. Xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi turli urf-odatlar, irim-sirimlar, udumlar, oila va qo‘ni-qo‘shnichilik, xalq og‘zaki ijodi, san’at asarlari va boshqalar vositasida ekologik odobnoma farzand tug‘ilishi bilan o ‘rgatila boshlangan. Shu jum ladan xalq maqollarida har bir faslning fazilati, tabiatning mo'jizaviy jarayonlari falsafiy jihatdan chuqur ifodalangan. Masalan:


    -Tabiatga boqsang-boqadi, oltin isirg‘a taqadi.
    -Y axshi yil bahoridan m a’lum, yaxshi kun saharidan.
    - Yozning yom g‘iridan qo‘rq, qishning qirovidan.
    -Q ish o ‘chog‘i tor, tur, uyingga bor.
    -K uzning bir kuni qishning bir oyini boqar.
    -Q ora bulutdan tiniq suv tomar.
    -Kuningdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek!
    0 ‘zbek xalqining tabiatni asrash bilan bog'liq qadriyatlari rang- barang. Jumladan, isiriq, ko‘ztikan, qalampirmunchoq, tasbeho‘t, seda- na, rayhon, do‘lana, otquloq, chaqirtikan, kiyiko‘t, yalpiz kabi o ‘t-giyoh- lar « ko‘z tegmasin» degan maqsadda uy peshtoqlariga, darvoza tepaia- riga osib qo‘yilgan. Xalqimiz turli dov-daraxtlar bilan bog‘liq qadamjo- lar, ziyoratgohlarga shifo izlab borganlar. 0 ‘simliklarga turli balo-qazo va falokatlardan saqlovchi omil sifatida e ’tiqod qilish an’analari ekologik qadriyatlaming bir ko‘rinishiga aylangan. «Demak, ayrim o ‘simlik-giyohlar va daraxtlarni timsollashtirib, unga e ’tiqodda bo‘lish, ekologik tarbiyaning eng qadimgi, xalqona va ta’sirchan ko‘rinishidir.»55
    Xalq pedagogikasida tabiatdagi nafaqat o ‘simlik dunyosi, balki hayvonot olamini ham himoya qilish, saqlash kabi ibratli fikrlar bor. Bu tabiat va hayvon, hayvon va inson munosabatlarini aks ettiruvchi maqol, ertak, doston, afsona va rivoyatlar, asotirlar va qo‘shiqIarda o ‘z ifodasini topgan. Xalqim iz nutqida tez-tez ishlatiladigan «gullarni uzma, yomon bo‘ladi», «qushlar, hayvonlarga ozor berma, yomon bo‘ladi» kabi ogohlantiruvchi so ‘zlaming ta ’sir kuchi ham tabiatni asrashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
    Tabiat bilan bog‘liq marosim va bayramlar ham insonning axloqiy, jism oniy va ekologik tarbiyasida muhim o ‘rin tutadi.
    Ilgari bolalar bahor elchisi - boychechak gulini terib, uning sha’niga
    «boychechagim boylandi» degan ashulani aytib, uyma-uy yurib, bahor

    Download 32,76 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.