M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet62/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Г.Н.Волков, Г.Д. Баубекова Этнопедагогика-Т.: ФАН, 2000, стр.82
124
Demak, oilaviy-kundalik udumlarda bola sog‘lig‘ini saqlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha asrlar davomida o‘ziga xos tajriba yig‘ilgan bo‘lib, undan hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada foydalanishimiz mumkin.
Zamonaviy pedagogik fanlar va oilada bola tarbiyasi amaliyotining
rivoji uchun shuni ta’kidlash joizki, deyarli barcha xalqlar, shu jumladan o ‘zbek xalqiga oila qurish, onalik, bola tug‘ilishi va uni beshikdanoq tarbiyalash, bolalami shaxslararo munosabatlarga va mehnatga tayyorlash bilan bog‘liq sogMiqni saqlashga oid ko‘plab urf-odatlar, an’analar m a’lum.
O 'zbek xalqi o'zining shaxsiy tajribasiga ko‘ra insonning jamiyatdagi hayotini ta’minlash uchun eng avvalo mustahkam sog‘liq, jismoniy chiniqqanlik, harakatchanlik va h. muhimdir, degan xulosaga keldi. Bu xislatlar esa bolada turli yo‘llar va vositalar orqali shakllanadi. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqni cho‘miltirish, yo‘rgaklash, o 'z vaqtida ovqatlantirish (emizish), yo‘rgaklashdan oldin gimnastika mashqlarini qildirish - xalq onalik tarbiya maktabining muhim tarkibiy qismidir.
0 ‘zbek xalqi bolaning dunyoga kelgan birinchi kunidanoq uning sog'ligi haqida qayg‘urganlar. Bu juda ko‘p xalq urf-odatlarlarida o ‘z aksini topgan. Masalan, bola tug‘ilgan dastlabki soatlardayoq uni tuzli suvda cho'miltirilgan, shunda bola terisi butun umrga «mustahkam» bo‘ladi deyilgan. So‘ng uning chillasi chiqquncha yoniga onasi, enagasi, doyasidan bo‘lak hech kim kiritilmagan. Yangi dunyoga kelgan bolani yomon ko'zdan asrash, gigiyenik himoya qilish uchun shunday qilingan. Chilla kunlari ona va bola yaxshi parvarish qilinib, oq yuvib, oq tarab, gard ham yuqtirmay, ozoda uyda saqlangan.
Har bir o'zbek xonadonida oila boshliqlari, kattalar bolalarda tozalik, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarining shakllanishiga katta e ’tibor beradilar, o‘zlari ibrat bo'ladilar. Masalan, ovqat yeyishdan oldin albatta qo‘llar yuvilgan, sochiqlarga artilgan, tozalik-ozodalik talab qilingan. Ovqatdan keyin qo‘1 yuvdirish udumi o ‘zgacha bo‘lgan. Ovqatlanib bo‘lib, dasturxon savobiga fotiha qilingach, oilaning dastyor bolalari chopqillab, dastsho‘y va oftobada iliq suv keltiradi. Yelkada sochiq bilan kattalarning qoMiga suv quyib, dastsho‘yda yuvdiradi. Qo‘l kamida uch marta suvda yuvilishi talab qilinadi. Yuvilgan qo‘l silkinmaydi, artiladi. Dasturxon yig‘ishtirilgach, oilaviy suhbatlar, gurung davom etadi.
Xalqimiz milliy o ‘yinlarga jismoniy rivojlanishning muhim vositasi sifatida juda katta e ’tibor qaratganlar. Xalq o ‘yinlarining ko‘pchiligi


125
tashqarida, toza havoda o ‘ynalgan. Bu o ‘yinlar turli-tuman bo‘lib, juda katta serharakatlilikni talab qilgan. Shu bois tanani ham chiniqtirgan. Bunday o ‘yinlar faqat sog‘liq uchun foydaligina bo‘lib qolmay, balki chaqqonlik, jasurlikni ham tarbiyalagan.
Ajdodlarimiz o ‘z farzandlarining sog‘ligini ular hali tug‘ilmasdan ona qom ida boMgan paytidan o ‘ylaganlar, vujud sog‘ligi bilan aql- tafakkur sog‘ligini uyg‘un holda bo‘lishini ta’kidlaganlar, muhit, oila, turmush sogMomligi haqida bosh qotirganlar. Aqliy-ruhiy toliqishdan so‘ng dam olib, hordiq chiqarishga alohida ahamiyat berganlar. Quvnoq, tetik, sog‘lom tanda ruhiy sog‘lik bo‘lishini ta ’kidlaganlar, shu bilan birga yaxshi dam olishni ham bilganlar. Bu xalq og‘zaki ijodi namunalari va dostonlar aytish, qo‘shiqlar kuylash, topishmoqlar, xikmatli so‘zlar, hikoyatlar, ertaklar aytish, xalq milliy o ‘yinlarini o ‘ynash orqali amalga oshirilgan. Mazmunli dam olish kishi salomatligi, ruhan tetikligi, aqliy va jismoniy kamolotidagi ahamiyati xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida, jum ladan, maqollarda aks etgan:
-Yaxshi dam - mehnatga hamdam.
- Sayohat tanga rohat.
-Y axshi dam olding, ishingga unum solding.
-M ol ketsin, pul ketsin, eson-sog‘liqqa ne etsin.
-Chiniqqanga gard yuqmas, tiniqqanga - dard.
Sog‘lom turmush tarzining asosiy garovi tozalik ekanligini tasdiqlovchi qator maqollar ham mavjud:

  • Pokliging - sog‘liging.

-T oza ko‘zaning suvi toza.
-Toza uyda dard qolmas.

  • Ayolning sarishtasi - ro ‘zg ‘om ing farishtasi.

  • Uyi tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham dard yuqmas.

Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish sog'liqni saqlovchi asosiy omil ekanligini tasdiqlovchi maqollar ham bor:
-O ch bo‘l, yalang‘och bo‘l, salomat bo‘l.
-Kechki ovqat-zahar, ovqat yegin sahar.
-Sihat tilasang ko‘p yema, izzat tilasang ko‘p dema.
-Tishsiz og‘iz - toshsiz tegirmon.
-Q orning ochmasdan ovqat yegin, Qom ing to‘ymasdan qo‘l artgin.
-U zoq chaynasang, uzoq yashaysan va h.
Xalqimiz «boylikning boshi sog‘liq» ekanligini juda yaxshi bilganlar va uni quyidagi maqollarda aks ettirganlar:


126
-Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar.
-S og‘ olma shoxidan tushmas.
-Chilim chekkan kishini, urib sindir tishini.
-O m on bo‘lgan ot minar, ola parcha to ‘n kiyar.
-Om on bo‘lsang olam seniki va h.

Download 32,76 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.