M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet63/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

« Ibn Sino shogirdlari» deb nomlangan rivoyatda sog‘lom turmush tarzi, salomatlikning besh garovi haqida so‘z yuritiladi:
«Tabiblarning tabibi, ulug‘ hakim ibn Sino kunlardan bir kun qattiq og‘rib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do'st-birodarlari y ig‘ilishibdi. Do‘st-birodarlari yaxshi so‘z aytib, ulug‘ tabibning ko'nglini ko‘tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirdlari ustozini dori-darmonlar bilan davolashga kirishib- dilar.
Ibn Sino do‘st-birodarlariga rahmatlar aytib, shogirdlariga esa shunday debdi:

  • Ey, shogirdlarim, mening kunim bitgan ko‘rinadi. Shu boisdan meni davolayman deb behudaga harakat qilmanglar. Bordi-yu, kunim bitib, vat'ot etsam, yig‘i-sig‘i, oh-voh qilib o ‘tirmanglar. Faqat haqqimga duo qilib, onda-sonda qabrimni ziyorat qilsanglar, bas. Va yana, ustoz olamdan o ‘tdi, endi tabobat oqsaydi, deb qayg‘urmanglar. 0 ‘rnimga besh zo‘r tabibni qoldirib ketmoqdaman. Shu tabiblarning mas- lahatlariga o'zingizlar ham doim amal qilinglar, boshqalami ham ularga da’vat etinglar, - debdi.

Shogirdlardan biri:

  • Ustoz, siz aytgan tabiblar kimlar? - deb so'rabdi. Shunda ibn Sino:

  • Men qoldirib ketayotgan zo‘r tabiblarimning biri - tozalik, ikkin- chisi - parhez, uchinchisi - badan tarbiyadir. Va qolgan ikkisi m ijoz va kayfiyatdir. Doimo pokiza, ozoda boMishlik, ko‘ringan narsani, ya’ni ovqatni kelsa-kelmasa yeyabermaslik, apil-tapil ovqatlanmaslik, ovqatlanishda parhez, me’yomi bilishlik, ichkilikka ruju qo‘ymaslik, badan a ’zolarini harakatsiz qoldirmaslik, mijozni unutmaslik va nihoyat, kayfiyatni yaxshi tutishga harakat qilish - mana shu aytganlarimga amal qilinsa, kasallanish u yoqda tursin, bevaqt o ‘lim ham orqaga chekinadi.

Muxtasar qilib aytganda, insonning tug‘ilganidan to oxirgi kuni- gacha sog'lom turmush tarzini ta ’minlashga kerakli shart-sharoitlami yatatish va unga amal qilish yoilarini o ‘rgatish bo‘yicha xalq pedago- gikasining tajriba va an’analari ajdodlarimizning o ‘sib kelayotgan avlodning m a’naviy-axloqiy va jismoniy sog‘ligi va farovonligi haqida qayg‘urishidan darak beradi.



Download 32,76 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.