|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 61/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J56 Холматов Х.Х. ва б. Узбекистан шифобахш усимликлари. Т., «Ион Сино», 1991, З-б.
121
Luqmoni Hakim bemorga shunday debdi: « To‘g ‘ri aytasan, men ham sening qayering kasalligini ko‘rib-bilib turibman: sening ko‘zing og‘rigan, bizning fahmu-farosatimizga ko‘ra ko‘zning bir tomiri oyoq ostida joylashgan. Sening o ‘sha joying, ko'zingning oyog‘ing ostiga ulashgan tomiri shamollagan. Shunga xina qo‘ysang, zora ko‘zing tuzalib, asli holiga qaytsa.» Tabibning aytganini qilgan bemorning ko‘zi ikki-uch kun o ‘tmasdan tuzalib ketibdi.»
Xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda musiqa, qo‘shiq- chilikdan ham foydalanilgan. « S o‘nggi pushaym on» rivoyati bunga yorqin dalildir:
«Luqmoni Hakimning yakka-yu-yagona bolasi kasal bo'lib qolibdi. Tabobat olamining bu ulug‘ vakili bolani davolashga har qancha urinmasin, vafot etibdi. «Luqmoni Hakim degan nomim bo‘lsa-yu, tanho farzandimni saqlab qololmasam, unda ulug‘ligim qayoqqa ketdi, aqalli nega vafot etganini bilayin,» deb bolasining ichini yorib ko'ribdi. Bolaning ichki a’zolari sog‘ ekanu, faqat yuragiga qil o‘ralib qolgan ekan, natijada qon aylanish va yurak harakati susayib, o ‘g ‘li vafot etgan ekan. Buni ko‘rgan tabib nihoyatda afsuslanib debdi: «Evoh, yo do‘mbira chertishni, yoki ko‘pkari chopishni o ‘rgatmagan ekanman. Mabodo, ikkalasidan birontasini bilganida ham omon qolar edi-ya. Chunki do‘mbira chertganda kuy sehridan, ko‘pkari chopib, uloq ayirganda esa zavq-shavqdan yuragi kengayib, unga o ‘ralgan qil uzilib ketishi va farzandim oMmay qolishi aniq edi».
Xalq tabobatida qo‘llaniladigan shifobaxsh o ‘simlik va giyohlar ha- qida turli afsona, rivoyatlar to ‘qilgan, «ulardan ba’zilari timsollashti- rilgan, ba’zilari ilohiylashtirilgan, ba’zilari esa muqaddaslashtirilgan.»57 Masalan, mehrigiyo o ‘tining fazilati shundaki, bu giyohni qo'Iga kiritgan kishida shunday bir xosiyat paydo bo‘larmishki, kishilar uning oldidan ketolmay qolisharmish. Yonidan odamlar ketmaydigan, doimo ularga yaxshilik qiladigan, oqibatli, muruvvatli, saxovatli kishilarga nisbatan «Mehrigiyosi bor», «Mehrigiyoli kishi» iboralarining qoMlanishi bejiz emas ekan.
Dunyo tibbiyotda mashhur alloma Abu Ali ibn Sinoning mo‘jizaviy davolash usullari haqida m a’lumotlar ko‘plab afsona va rivoyatlar orqali bizgacha yetib kelgan. « Ibn Sino va ilon» afsonasida aytilishicha, Ibn Sino juda yoshligidanoq zehni o ‘tkir, didi baland, ishi bilan so‘zi bir bola bo‘lib o ‘sgan ekan. Bir kuni otasi o ‘g ‘li bilan gaplashib o ‘tirib:
?7M.Mvpo/iOB. 3TH0Maa HHüT. —T.: AaonaT, 2003. 133-6.
122
«Bolam katta boMsangiz kim bo‘lasiz?» - deb so‘rab qolibdi. Ibn Sino avvaliga nima deb javob berishni bilmay, duduqlanib qolibdi. Keyin:
-Tabib boMaman, sizni, enamni, davolab yuraman, - deb javob beribdi.
-Boshqalarni-chi, boshqalarni davolamaysizmi? - so‘rabdi otasi.
Ibn Sino:
-Hamma-hammani davolayman, katta tabib bo'lam an, - debdi. Ibn Sino kunu tun tabiblikni o ‘ylabdi, o‘t-giyohlarni, meva-chevalarni yeb, suvidan ichibdi. Ammo tabib boMolmabdi. Otasi katta-kichik shaharlarga olib borib, tabiblarga shogird beribdi, ammo ulardan biron- bir narsa o‘rganishga aqli yetmagan Ibn Sino qayerga borsa, u yerdan qochib kelaveribdi. Mendan tabib chiqmas ekan-da, deb o ‘ylabdi. Ota- onasi ham o‘g‘limizdan tabib chiqmas ekan, boshqa hunarga o ‘rgatsak bo‘larkan, degan xulosaga kelishibdi. Shu orada ibn Sino oltidan o‘tib. yettiga kiribdi. Yetti yoshga to ‘lgan kuni kechasi tush ko‘ribdi. Tushida iloniar ko‘p bo‘lgan «lion o ‘rda»da yurgan yemish. Oq ilon unga oq suv berib, u dardga davo dermish; qizil ilon unga qizil suv berib bu dardga davo dermish; qora ilon ibn Sinoga qop-qora sut berib, falon kasalga davo dermish; sariq ilon sariq suv berib, piston dardga shifo dermish. iloniar bilan o‘ralib-o‘ralib, yumalab-dumalab, o ‘ynab-kulib turib uyg‘onib ketibdi. Uyg‘onib ketgach, tundayoq ilon izlab ketibdi. Izlay- izlay ilonlardan bir-ikkitasini ushlab kelib, ulardan zahar olibdi-da, uni echki, qo‘ylarning sutiga qo‘shib, kasallarga davo bo'ladi, deb beraveribdi. Keyin esa har xil giyohlarni terib kelib, ezib, ilon zaharini qo‘y-echki sutlariga qo'shib, kasalman deganlarga bera boshlabdi. Kim kasalman deb kelsa, ibn Sino davosidan davolanaveribdi. Yetti yoshidayoq yetti iqlimga ovoza bo‘lgan ibn Sino tabiblar tabibi degan unvonga sazovor bolibdi. Keyin o ‘yIab-o‘ylab, tibbiyot timsoli sifatida ilon bilan uning zaharini tanlabdi.
Demak, hozirgi zamonaviy farmasevtika va tabobat ilmining asosi
xalq tabobati ekanligini inkor etib bo‘lmaydi, zéro xalqimiz qadimdan turli xastaliklami davolash usullarini bilishgan, bunda tabiatda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanishgan. Shu bilan birga tabiatning xalq tabobatidagi ahamiyatini yoshlarga tushuntirib, ularni tabiatni e ’zozlash, undan oqilona foydalanishga o'rgatishgan.
SogMom turmush tarzi ham har bir xalqning eng muhim tabiiy
ehtiyoji hisoblanadi va tarixiy shakllangan an’anaviy xalq mada- niyatining ajralmas qismi sanaladi.
123
A n'anaviy xalq madaniyati moddiy va m a'naviy yaxlitlikda inson- ning sog‘lom turmush tarzini ta ’minlashga qaratilgan, tarixiy jihatdan sinalgan ko‘p asrlik xalq tajribasining juda katta bilim, ko‘nikma va malakalariga ega. Xalq tajribasining bu imkoniyatlarini uning amaliy ahamiyatini hisobga olib, «Xalqning salomatlik pedagogikasi» deb atasak ham boMadi.58
Xalq madaniyati ijobiy imkoniyatlarining barchasini hisobga olmasdan, eng asosiysi, yoshlikdan insonni m a’naviy-etik va jismoniy qiyofasini izchillik bilan shakllantirmasdan turib, ta’lim va tarbiyada yaxlitlikka erishib bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, xalq tushun- chasiga ko‘ra sogMom turmush tarzi faqat jismoniy kuch, chaqqonlik, harakatchanlik va h.laming yig‘indisi emas, balki insonning jamiyatdagi jismoniy va ruhiy muvozana\i, axloqiy va sanitar-gigienik ozodaligi, etik vazminligi, psixologik xotirjamligi va boshqalardir.
Xalq pedagogikasi manbalari, tarixiy-etnografik, madaniyatshu- noslik, xalq og‘zaki ijodi va badiiy publitsistik adabiyotlar tahlili sliuni ko'rsatadiki, insonning sogMom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan xalq tajribasi juda ham ko‘plab og‘zaki tarbiya vositalarida, jumladan, allalar, maqollar, matallar, afsonalar, rivoyatlar, asotirlar, ertaklar, topishmoqlar, masallar, dostonlarda o ‘z aksini topgan.
Masalan, «SogMom tanda sog‘ aql», «Tozalik - sogMiq garovi»,
«Salomatlik - tuman boylik», «Bola sogMigi - ona boyligi», «Boshingni salqinda saqla, oyog'ingni - issiqda», «Yurakda o ‘t boMsin, miyada muz boMsin» kabi maqollar shular jumlasidandir.
Shuningdek, turli o ‘yinlar, mehnat sayillari, kundalikdagi jamoaviy tadbirlar, shaxslararo o ‘zaro munosabatlar, urf-odatlar. udumlar, an’analar, bayram tomoshalari kabi aralash va yaxlit holda birlashgan tarbiya vositalarida ham sogMom turmush tarzi o ‘z ifodasini topgan.
Oila insonning tugMlishi va rivojlanishi, uning jismoniy va axlo- qiy-etik qiyofasini shakllantiruvchi bevosita muhit sifatida asosiy, tarixiy yuzaga kelgan va asrlar davomida mustahkamlangan ijtimoiy institutdir. Shu bois dunyo xalqlarining juda ko‘p o ‘ziga xos yaratuvchan a n ’analari, urflari va udumlarining «tugMlishi», birinchi qoMlanishi, barqaror sinovdan oMishi va m a’qullanishi aynan oilada amalga oshirilishi qonuniydir. Shunga ko‘ra insonning sogMom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha xalq tajribasini aynan oiladan, uni rejalashtirish va har bir oila a ’zolarining sogMigMni saqlash tizimidan boshlab o ‘rganish maqsadga muvofiqdir.
|
| |