|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 60/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J55 Муродов М. Этномаданият. - Т.: Адолат, 2003. 113-6.
120
kelishidan xabar qilishardi, kattalar esa boychechakni ko‘zlariga surtib.
«omonlik-esonlik» qilishardi.
Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan hududlarda oyni ilohiy bilib, unga sig‘inishgan. Yangi oyni ko‘rganda: «Oy yangi chiqibdi, yanagi oy, yanagi kunlargacha eson-omon, o ‘ynab-kulib etaylik, Allohu akbar»,- deb fotiha o ‘qilgan. Bolalar uchun «Oymoma, kulcha tash- lang», - deb so'ralgan.
Xalq pedagogikasida ekologik tarbiyaga oid misollarning barchasi tabiatni e ’zozlash, ko‘z qorachig‘iday asrash, tabiat saxovatidan m e’yori- da foydalanish, tabiat go‘zalligini asrab-avaylab, kelgusi avlodga yetka- zish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘simlik-giyohlami timsollashti- rish esa ona-tabiatni asrashning xalqona tarbiya ko‘rinishiga aylangan.
2.01imlarning aniqlashicha, 0 ‘zbekistonda o ‘sadigan o ‘simliklar soni qariyb 4150taga etadi. Shulardan 577tasi shifobaxsh xususiyatlarga ega.56
Ana shu shifobaxsh o ‘simliklarning m o‘jizaviy xosiyatlari qadim zamonlardan xalqimizga m a’lum bo‘lgan va xalq tabobatida ulardan turli kasalliklarni davolash uchun foydalanib kelingan. Donishmand xalqimiz turli dov-daraxtlar, giyohlar, o ‘simliklarning guli, bargi, mevasi va tanasidan har xil dori-darmonlarni tayyorlashni bilganlar. Xalq tabobati haqida gap ketar ekan, dunyoga dong‘i ketgan Luqmoni xakim albatta tilga olinadi. Luqmoni xakim - miloddan avvalgi ming yillikdan oldingi davrlarda tug‘ilgan, ming yil umr ko‘rgan. Xalqimiz uni buyuk xakim, avliyo, donishmand sifatida e ’tirof etishgan. Quyidagi
« L uqm oni xakim » rivoyatida uning ajoyib davolash usuli haqida so‘z yuritiladi:
«Luqmoni hakim dunyoga dong'i ketgan tabib ekan. U odamlarning dil-dilini, giyohlarning, jamiki hayvon, jonli-jonsiz mavjudotlarning tilini ham bilar ekan. Ular xastalansa, dardga chalinsa davolar ekan. Kunlardan bir kuni bir kishining ko‘zi qattiq og‘rib qolibdi. U ko‘zini juda ko‘p tabiblarga ko‘rsatibdi, davo topa olmabdi, olimu ulamolarga boqtiribdi, shifolanmabdi. Oxiri izlab-izlab uzoq bir o ‘lkada yashovchi Luqmoni Hakim haqida darak topib, uning oldiga boribdi. Luqmoni Hakim ko‘zi og‘rigan kishining u yoq-bu yog‘ini ko‘rgan bo‘libdi-da, oyog‘iga xina qo‘yishni maslahat beribdi. Shunda bemor tabibga qarab:
«Ey, ulug‘ hakim, bu nima deganing, yo men bilan hazillashyapsanmi? Axir mening oyog‘im og‘rigani yo‘q-ku, unga xina qo‘ysam. K o‘zim og‘riyapti, ko‘z qayoqda-yu, oyoq qayoqda? - deb hafa bo‘libdi. Shunda
|
| |