|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 64/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J127
M avzu b o‘yicha nazorat savollari:
Tabiat bilan bog‘liq qadriyatlar haqida m a’lumot bering.
M avsumiy bayram va marosimlarning ekologik tarbiyadagi ahamiyati nimada?
Shifobaxsh o ‘simliklaming m o‘jizaviy xosiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Xalq tabobatida musiqa va qo‘shiqning ahamiyatiga oid
nimalarni bilasiz?
« Sog‘lom turmush tarzi» tushunchasiga ta’rif bering.
Tozalik, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalariga oid xalqona ibratlardan misollar keltiring.
Ekologik tarbiya va
T O P SH IR IQ . Rivoyatni diqqat bilan o ‘qib chiqing. Davolashning turli xalqona usullari haqida eshitganlaringizni eslang.
T ildan qolgan xon
Bir yurtning xoni tush ko‘ribdi. Tushida go‘rda yotganmish, munkarnakirlar kelib, unga do‘q-po‘pisa qilibdi'. Xon qo‘rqib ketibdi, ertalab tursa, tildan qolibdi. Xon gapirmoqchi bo‘larmish-u, gapira olmasmish, tili nuqul g ‘o ‘ldir-g‘o ‘ldir qilarmish. X onningjahli chiqibdi, baqirib-chaqirmoqchi bo‘libdi, ammo tili yana g ‘o ‘ldir-g‘o ‘ldirdan nariga o ‘tmabdi. Saroydagilar ham xonimiz nima deyaptilar, deb hayron bo‘lisharmish. «Ins-jins tegdi» deb, alas-alas qildirishibdi, dev chaldi deb, qator-qator qo‘y so‘yishibdi, arvoh urdi deb, xayr-ehson qilishibdi, lekin xonning tili chiqmabdi. Navbatma-navbat tabiblar qarashibdi, ammo hech kim xonning tilini chiqarolmabdi. «Samarqandda ibn Sino degan bir tabib chiqibdi. U o ‘likka jon kiritar emish», - deb eshitishgan ekan. Bosh vazir Samarqandga borib, ibn Sinoni boshlab kelibdi. Ibn Sino xonning u yoq-bu yog‘ini ko‘rgan bo‘libdi, dori-darmon ichtiribdi. Keyin o ‘zicha: «Bu xon hech qanday kasalga chalinmagan. Tushi yo o ‘ngida qo‘rqqanidan tili yo‘qolgan. Buni ta’sir-aks y o ‘li bilan, y a’ni qo‘rqitish usuli bilan davolab, tilini chiqaraman», deb o ‘ylabdi-da, xonni tashqariga olib chiqib, o‘rindiqqa o ‘tqazib qo‘yishni buyuribdi. Saroy kishilari xonni tabib aytganday qilib, o ‘rindiqqa o ‘tqazib qo‘yishibdi. Shundan keyin Ibn Sino: «Xonning eng yaxshi ko‘rgan narsasini olib kelinglar-da, ro‘parasiga qo‘yinglar», - deb buyuribdi. Xon Qorabayir
128
oti bilan Kenjaoyim ismli xotinini yaxshi ko‘rar ekan. R o‘parasiga bog‘langan otini erkalatolmay xon yum-yum yigMabdi. Ibn Sino: «Yana nimani yaxshi ko‘radi xoninglar?» deb so'rabdi. «Kenja oyimni jonlaridan ortiq yaxshi ko‘radilar», deyishibdi. Ibn Sino: «Kenja oyimni olib kelib, otga mindirib qo'yinglar», debdi. Saroy kishilari Kenja oyimni olib kelib, xonning suyukli oti ustiga mindirib qo‘yishibdi. Podsho Kenja oyimni ko‘rib, dodlab yuboribdi. Ammo tili dodga kelmasdan nuqul « g‘uldur-g‘uldur» qilarmish.
Ibn Sino saroyning kattasini bir chetga olib chiqib: «Men bir gap aytaman, sizlar uni aniq bajarasizlar, ya’ni men xon yonida o ‘tirib, sizni tuzata olmagan bo‘lsam ham, bu yerga bekor kelmabman, dori- darmonga otingiz bilan kenja xotiningizni olib ketyapman, deyman-da, otga minib qamchi bosaman, - debdi. - Kenja oyimga ham tayinlab qo'yinglar, yana meni olib qochib ketar ekan, deb qo‘rqib-pisib yurmasin. Ammo men otga qamchi bosganda dod-faryod ko‘tarsin», debdi. Ibn Sinoning aytganini qilishibdi.
Podsho ni ma gapligini bilolmay hayron emish. Ibn Sino xonning oldiga kirib, tiz cho‘kib: - Endi, xon hazratlari, sizni davolay olmadim, kasalingiz bcdavo ekan. Bergan dori-darmonlarim, shuncha kun qaraganlarimga saroydagi kishilaringiz ana bu otingiz bilan Kenja oyim xotiningizni tuhfa qilishdi. Menga ruxsat bersangiz, uyimga qaytsam, - debdi. Ibn Sino shunday deb otga qarab chopibdi-da, shoshib-pishib unga minib, ustma-ust qamchi bosibdi. Podsho avval g'udir- g ‘udirlagancha o'rnidan turib ketibdi. Keyin bir kuchanib baqirgan ekan, tili chiqib ketibdi... Tovushi butun saroyni larzaga keltiribdi. Ibn Sino ning orqasidan: «Ushla, ushla anavi qaroqchi o ‘g ‘rini, kuppa-kunduz kuni otim bilan xotinimni o ‘g ‘irlab ketdi-i-i! - deb baqiraveribdi, chaqiraveribdi. Bir payt ibn Sino otni choptirganicha bir joyga borib, keyin orqasiga qaytib kelibdi. Uni ko‘rgan xon: «Xoy, o ‘g ‘rimisan, tabibmisan, - debdi. Shunda ibn Sino: «Men tabibman, o ‘g ‘rimasman», debdi. Xon: «Bo'lmasa, nega bunday qilding?» deb so‘rabdi. Ibn Sino:
- Shunday qilmasam boMmasdi. Siz tushingizda qo‘rqqaningizdan tildan qolgan edingiz. Sizni qo‘rqitish orqaligina davolash mumkin edi.
Boshqa har qanday dori-darmon sizga foyda berolmasdi. Mana tilingiz chiqdi, endi xotiningiz ham, otingiz ham o‘zingizga buyursin, - debdi. Ibn Sino otdan tushib, uning tizginini xonga tutqazibdi. Xon ibn Sinoning aqlu-karomatiga qoyil qolib, boshdan-oyoq sarpo beribdi-da, o^ziga bosli tabib qilib tayinlabdi.
129
T O P S H IR IQ . Abu Ali ibn Sinoning sog‘liq-salomatlik haqidagi fikrlarini diqqat bilan o ‘qib chiqing.
|
| |