130
BU QIZIQ!
Xalqimiz dunyoda odamni to‘ydiradigan va boy qiladigan tabiatning yettita xazinasi bor, deb bilgan. Ular quyidagilar:
Sigir - ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli.
Asalari - oilaning tabibi.
Ipak qurti - qizlaming sepi.
Objuvoz - qozonning yog‘i.
Tegirmon - qorinning belbog‘i.
0 ‘rmon - imorat «suyagi» va qozon olovi.
Tovuq - ham obiyovg‘on, ham dori-darmon.
0 ‘zbeklarda shunaqa
So'ritoklarda uzum, novdasi quloch-quloch, Ay vonida har bahor bola ochar qaldirg‘och,
Salem berib kirsa kim, to‘yib chiqar bo‘lsa och, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Yashab yurishi mumkin qo‘l, oyog'u barmoqsiz, Ammo yashay olmaydi el-yurt, urug‘-aymoqsiz, Kuzatishmas mehmonni novvot, mayiz, qaymoqsiz, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa.
Kampirlarin qoMida kuylaydi urchug‘iyam, Bolamga deb don cho‘qir kaptar, chug‘urchug‘iyam, O 'g 'il ko'rsa to‘y qilar, hattoki chumchug‘iyam, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
T o‘y qilib el-yurtiga, edirib mazza qilar, Qudalariga chopon kiydirib mazza qilar,
Bu mazzani londonlik boy ota qaydan bilar,
131
Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Qanday yashab boMadi handalaksiz, qovunsiz? Erkak erkak bo‘ptimi uloq, kurash o ‘yinsiz?
Busiz ham elman, degan safsatani qo‘ying, siz Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Beshik mayli, sumagin ko‘rib loi bolganlar bor, Ming yil oldin ham bu el edi buyuk ijodkor, Farzandlarin qonida yashar o ‘sha iqtidor, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Yurt aylanib kuzatsang, bozori yo‘q baqqolsiz. Yurishmaydi chollari nosqovoqsiz, soqolsiz, Tilin uchida hazil, gap gapirmas maqolsiz, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Yangi pishgan anjirin ilinar qo‘shnisiga, Non yoping, deb tandirin ilinar qo‘shnisiga, Uch kun uyda boMmasa bilinar qo‘shnisiga, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Shu millatning ko‘ksida turib oy sochar ziyo, Shunday yashash kerakdir aslida butun dunyo, Bu elatni boshqacha qilib bo‘lmas, Marhabo, Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa?
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o ‘zbeklarda shunaqa.
Marhabo Karimova.
132
« Xalq pedagogikasi» fanidan nazorat savollari:
Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi va muhim xususiyatlari nimalardan iborat?
Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob'ekti nima?
Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari nima lardan iborat?
Etnopedagogika fani nimalami o ‘rganadi?
Pedagogik madaniyat tushunchasini ta ’riflang.
Gegel o ‘tmishdagi m a’rifiy boyliklar haqida qanday fikrlar bildi- radi?
Xalq pedagogikasining mazmun mohiyatiga ta’rif bering.
Xalq pedagogikasi qanday fanlar bilan o ‘zaro aloqada o ‘rgani- ladi?
Xalq pedagogikasi manbalariga nimalar kiradi?
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda nima- larni tusliunamiz?
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda nimalar- ni tusliunamiz?
Milliy ta’lim-tarbiya nimadan boshlanadi?
Aniq va gumanitar fanlarni o ‘qitishda xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
Pedagogika - psixologiya fanlarini o‘qitishda xalq pedagogi kasining qaysi manbalaridan foydalanish mumkin?
Abu Nasr Forobiy qanday nomlar bilan ulug‘langan?
Abu Rayxon Beruniy qanday kashfiyotlar qilgan?
Abu Ali ibn Sinoni G ’arbda nima deb atashar edi?
Mashhur tarixchi Jorj Sarton AI-Xorazmiy haqida nima degan?
Abu Ali ibn Sino kimlarning asarlarini o ‘rgandi va qanday asarlar yozdi?
«Qutadg‘u bilig» asarining g ‘oyasi nima?
2 1. «Qutadg‘u bilig» asaridagi ramziy obrazlar haqida gapiring.
Alisher Navoiy Ahmad Yassaviyni nima deb ta’riflaydi?
Mahmud az-Zamaxshariyning ilmiy merosi qanday fanlarni qamrab oladi?
Mahmud az-Zamaxshariy qanday asarlar yaratgan?
Mirzo Ulug‘bek ilmiy asarlarining nomini ayting.
Qaysi buyuk alloma haqida qiziqarli m a’lumotlami bilasiz?
133
Xalq og‘zaki ijodi janrlariga nimalar kiradi va ularda qanday xislatlar talqin etiladi?
Ertaklarning o ‘ziga xos xususiyatlariga ta ’rif bering.
Maqol va matallarning farqi nimada?
Q o‘shiqlarning turlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
Afsona va rivoyatlar ta ’rifini misollar bilan tushuntiring.
Asotirlarning qanday turlarini bilasiz?
Topishmoq va tez aytishlarning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
«Askiya» va «latifa» so‘zlärining m a’nolarini tushuntiring.
Xalq og‘zaki ijodining qaysi janri faqat o ‘zbek xalqigagina xos?
Masallarda voqelik nimalar orqali tasvirlanadi?
«Doston» va «baxshi» so‘zlariga ta’rif bering.
O g'zaki va yozma dostonlar nomlarini ayting.
Dostonlar mazmunan qanday tavsiflanadi? Ularning har biriga misol keltiring.
«Alpomish» dostonida qanday masalalar, tarbiyaviy tushun- chalar va munosabatlar aks etadi?
«Alpomish» dostonining axloqiy tarbiyadagi ahamiyati nimada?
Milliy urf-odatlarning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
Nim a uchun milliy urf-odatlar va an'analar xalq pedagogikasi manbalari deb hisoblanadi?
Qadriyat tushunchasiga ta’rif bering.
An'ana, urf-odat, marosim tushunchaiarining farqi nimada? M isollar keltiring.
Sizning shahringizda olov bilan bogMiq urf-odatlar saqlanib qolganmi? Ularning tarbiyaviy ahamiyati nimada deb o ‘ylaysiz?
0 ‘zbek xalqi o ‘yinlar merosi qanday guruhlarga bo'linadi?
Raqamlar bilan bog‘liq urf-odatlarga misollar keltiring.
Oila m a’naviyati tushunchasini ta’riflang.
Barkamol avlod tarbiyasida oilaning o ‘rni va ta’siri nimada?
«Oila - milliy tarbiyaning o ‘chog‘i» deganda nimani tushu- nasiz?
Oilada farzand tarbiyasiga oid xalq og‘zaki ijodidan misollar keltiring.
Barkamol shaxs qanday fazilatlarga ega boMishi kerak?
Xalq pedagogikasida qanday tarbiya metodlari mavjud?
Tarbiya metodlarining ijobiy va salbiy shakllarini ayting.
0 ‘git-nasihat metodi haqida gapiring.
Ibrat-namuna metodining o ‘ziga xosligi nimada?
134
Rag‘batlantirish metodining qanday shakllarini bilasiz?
Alqash va alqash-duolarga misollar keltiring.
Zararli tarbiya metodlariga nimalar kiradi?
Xalqimiz qanday tarbiya vositalaridan foydalangan?
Nima uchun diniy ta’limotlarni xalq pedagogikasi bilan bog‘lab o ‘rganamiz?
Ilm o ‘rganishga da’vat qiluvchi hadislardan misollar keltiring.
Islom dinida qaysi fazilatlar ulug'lanadi va qaysi illatlar qoralanadi?
Islom dunyosidagi oltita muhaddisning nomini ayting.
Turli diniy oqimlaming zararli oqibatlari haqida gapiring.
Toshkent shahrining «Islom madaniyati markazi» deb e ’lon qilinishining sababi nimada deb o ‘ylaysiz?
«Amir al-mo‘miniyn» degan sharafga ega bo‘lgan muhaddis haqida gapiring.
Imom al-Buxoriy asarlari nomlarini ayting.
«Al-Jome’ as-sahih» asaridan misollar keltiring.
Imom at-Termiziy qanday asarlar yozgan?
Imom at-Termiziyning «Sunan» hadislar to‘plamidan misollar keltiring.
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy m e’morchilik,
milliy teatr va musiqa, qo‘shiqchilik va xalq raqs san'ati nima uchun xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi?
Hunarmandchilikning qanday sohalarini bilasiz?
Hunarmandchilikka oid xalq maqollaridan misollar keltiring.
Bayramlar, ommaviy xalq sayillarida qanday san’at turlari na- moyish etilgan?
Musiqaning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni nimada?
Xalq qo'shiqlarida nimalar kuylanadi?
Yurtimizdagi tarixiy obidalar, milliy m e’morchilik namuna- larining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati nimada?
0 ‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlar haqida gapiring.
Xalqimizga xos bo‘lgan axloqiy m e’yorlar nimalardan iborat?
Nima uchun mehmondorchilik madaniyatimizning ko‘hna man- balari bo 1lib hisoblanadi?
Mehmondorchilikda ishlatiladigan tavozeli jumlalarni ayting.
Xalqimizga xos bo‘lgan nutq madaniyati, so‘zlashish odobi ha qida nimalarni bilasiz?
Diniy ta'limotlarda muloqot odobi to‘g‘risida nimalar deyilgan?
135
Xalqimiz hayotida ishlatiladigan yaxshi tilaklar, olg‘ishlarga mi- sol keltiring.
Tabiat bilan bog‘liq qadriyatlar haqida m a’lumot bering.
Mavsumiy bayram va marosimlarning ekologik tarbiyadagi ahamiyati nimada?
Shifobaxsh o ‘simliklarning m o ‘jizaviy xosiyatlari haqida nima- larni bilasiz?
Xalq tabobatida musiqa va qo‘shiqning ahamiyatiga oid nima- larni bilasiz?
«SogMom turmush tarzi» tushunchasiga ta’rif bering.
Tozalik, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalariga oid xalqona ibratlar- dan misollar keltiring.
Ekologik tarbiya va sogMom turmush tarzi haqida xalq og'zaki ijodi janrlaridan misollar keltiring.
I.A.Karimovning «Yuksak m a'naviyat - engilmas kuch» asarida buyuk allomalar va muhaddislar haqida qanday fikrlar bildirilgan?
«Xalq pedagogikasi» fanidan siz nimalarni o ‘rgandingiz?
O 'z farzandingizni komil shaxs qilib tarbiyalash uchun qaysi xalqona usullardan foydalangan boMardingiz?
Oila m a’naviyatiga xalqona qarash deganda nimani tushunasiz?
Xalq pedagogikasida nafosat tarbivasi qanday amalga oshiril-
gan?
Xalq pedagogikasida mehnatsevarlik va vatanparvarlik tarbiyasi omillari nimalardan iborat?
Xalq pedagogikasida insonparvarlik g ‘oyalarining ifodalanishi.
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlarining ijobiy va salbiy shakllarini ayting.
|