|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 55/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.JМ.Саттор.Узбек удумлари. - Т.: Фан, 1993Й
А.Каримов. Бир гапим бор уч тилло. - Т.: Адолат, 1992, 36-6.
113
Anjumandagilarning hammasi beixtiyor «Oh!» deb yuboribdilar.
«Nima bo‘larkin endi?» - degan savol bilan Sultonga qarashibdi. Lekin Boyqaro kayfiyatidagi samimiyat aslo yo‘qolmabdi. U jilm ayganicha sochiq bilan liboslarini artib, yiqilgan xizmatkorga: « Bo‘tam, tur o ‘rningdan, ko‘zingga qarab yursang boMardi. Bora qol, kiyimlaringni almashtirib ol, - debdi mehribonlik bilan. Sultondan bunday olijanob- likni kutmagan kishilar hayrat bilan Xusaynga boqishibdi. Shunda mehmonlardan biri o ‘z hissiyotini yashirolmay: «Ey, saxovatli Xusayn! Shu lahzadagi olijanobligingiz hammamizni maftun etdi. Boshqa sulton bo‘lganida gunohkorni o ‘limga buyurishi hech gap emas edi», - debdi.
Tavba! - debdi Xusayn Boyqaro yengil jilmayib. - Ul xizmat- korimiz falokat bosib yiqilib tushganidayoq hijolatdan o ‘lib bo‘lganku! Nechuk endi biz o'lgan odamni yana oMimga buyurar ekanmiz.
Mehmonlar Xusaynning olijanobligi-yu, donishmandligiga tahsinlar o ‘qibdi. Zero, «Gunohni yashirgan kishilar marddir, zulmkor johillik bedavo darddir,» - deb xulosa qilishibdi.
Xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo'lgan diniy ta’limotlarda ham xalqimizga xos insoniy fazilatlar o ‘z aksini topgan, yosh avlodni fozil, oqil va barkamol qilib tarbiyalash masalalari keng yoritilgan. Masalan, Hazrat Xoja Bahouddin Naqshbandning insonlarga bergan ta ’limoti sakkiz fasldan iborat bo‘lib, ular:
Xush har dam - doimo hushyor va ogoh bo‘lmoq.
Nazar va qadam - yurgan yo‘lni bilib bosmoq.
Safar dar Vatan - Vatanni kezib ko'rmoq va uni sevmoq.
Xilvat dar anjuman - hamma joyda o'zlikni anglamoq.
Yodkard - iym on-e’tiqodni doimo dilda saqlamoq.
Bozgasht - yomon fikrlarni dildan, hayoldan quvmoq.
Nigohdasht - hayolu-fikrlami sof saqlamoq.
Y o d d o sh t- Haq taoloni hamisha yodda tutmoqdan iboratdir.
Dono xalqimizning ta’kidlashicha, quyidagi sakkiz xil kishining suhbatini g ‘animat bilmoq kerak: birinchisi - yaxshilikni biladigan, haq- huquqni ado qiladigan; ikkinchisi - mehru-muhabbati zamonaning har qanday hodisalari ostida ham o'zgarmaydigan; uchinchisi - ulug‘ kishi- larni tarbiya qilgan arboblarga izzat va hurmat ko‘rsatadigan; to ‘rtinchisi
- fisqu-fujurdan, yolg‘ondan, takabburlikdan parhez qiladigan; beshinchisi - g'azab paytida o ‘zini qo‘lga oladigan; oltinchisi - saxovat bayrog‘ini ko‘tarib, bechoralar hojatini chiqaradigan; yettinchisi - sharmu-hayoni o 'z iga qurol qilib olib, har qanday holatda ham odob chegarasidan tashqariga chiqmaydigan; sakkizinchisi - olim va dono
114
kishilar bilan do‘stlik aloqalarini o ‘rnatib, fisqu-fiijur ahlidan qocha- digan kishidir.
Suhbatidan qochish lozim boMgan sakkiz kishidan birinchisi - tuz
xaqini bilmaydigan va tuzligMngga tupuradigan, ikkinchisi - besabab g‘azablanadigan va g‘azabini bosolmaydigan; uchinchisi - uzoq umri bilan m ag‘rurlanadigan, o‘zini oddiy axloq qonun-qoidalaridan ozod deb hisoblab, ko‘ngliga yoqadigan ishlarni qilaveradigan; to‘rtinchisi - har bir ishni makru-hivla bilan ado qiladigan va bu yo‘lni to‘g‘ri deb tushunadigan; beshinchisi - yolg‘on va xiyonatni shior qilib olib, rostlik va vijdonlilikni tan olmaydigan; oltinchisi - nafs ko'yiga tushib, hoyu- havasni maqsad qiblasi deb tushunadigan; yettinchisi - besharm, behayo bo‘lib, sho‘rlik va beodoblik bilan kun o ‘tkazadigan; sakkizinchisi - hech qanday sababsiz yaxshi odamlar haqida yomon o ‘ylaydigan va hech qanday hujjatsiz ilmu donish arboblariga tuhmat toshini otadigan kishidir (Donolar bisotidan.).51
Nutq madaniyati, muloqot odobi, go‘zal va ta’sirli so'zlash Sharqda, xususan, o ‘zbeklarda tarbiyalanganlikning, m a’rifatlilikning, ziyolilik- ning asosiy belgilaridan biri hisoblangan. Shu bois ham xalqimiz so‘zlashish odobi masalalariga katta e ’tibor qaratgan. Jumladan, « Nim a eksang, shuni o ‘rasan» rivoyatida so‘zning sehri va kuchi haqida, insonning yuqori martabalarga erishishi, boyishi bir og‘izgina xushmuo- malalik bilan aytilgan so‘zga bogMiq ekanligi haqida hikoya qilinadi. Zero, muomala odobi, so‘z sehri kishining qanday odob-axloqqa ega ekanligini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir: Bir dehqon yoMda ketayotgan yoMovchidan:
-E y donishmand, nima eksam men boyib ketaman? - deb so‘rabdi. YoMovchi unga piyoz ekishini tavsiya etibdi. Qarangki, notanish yoMovchining gapiga kirgan dehqon o ‘sha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar-tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o‘sha odmigina yoMovchi uchraganida:
-E y gado, nima eksam men yanada boyib ketaman? - deb ikkinchi marotaba murojaat qilibdi. Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo‘lida davom etibdi. Falakning gardishini qarangki, keyingi yili dehqonning omadi chopmay, ilgarigidan ham kambag‘allashib ketibdi.
Bundan g‘oyatda g‘azablangan dehqon haligi yoMovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat u notanish yoMovchi bilan duch kelibdi va:
- Ey notavon, nega meni aldading? Sening gapingga kirib yana boyish o'rniga butkul kambag‘allashib ketdimku? - deb g ‘azab qilibdi.
мС'аломатлик таквими. (Донолар бисотидан) - Т.: Янги аср авлоди. 2009.65-бет.
115
- 0 ‘zingni bos, - debdi yo'lovchi. - Birinchi yili sen menga
«donishmand» deb murojaat qilding. Men senga donishmandning javobini berdim. Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar esa menga
«gado» so‘zini munosib ko‘rding va men senga gadoning javobini berdim, - degan ekan.32
|
| |