M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet53/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

47 Аширов А., Атаджанов Ш. Этнология. - Т.: Алишер Навоий номидаги Узбекистан Миллий кутубхонаси нашрийти, 2007,129-бет
110
qadrdon, sirdosh do‘sti deb bilar ekan. Kunlardan bir kun Pahlavon M uhammad kichik bir gunohi tufayli Sulton Xusaynning qattiq g ‘azabiga uchrabdi. Chunki Pahlavonning kichik gunohini Sulton g'azab otiga minib turganida yetkazishibdi. Xusayn Boyqaro:
-Pahlavonning soqol-mo‘ylovini qirib tashlanglar, so‘ng kaltadum
libos kiydirib, ko‘cha-ko‘yda sazoyi qilinglar, deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor bo‘lganini Navoiyga aytishibdi. Navoiy, agar bu jazo amalga oshirilsa, Pahlavon Muhammadning izzat- nafsi kamsitilib, u bunga chidolmay o ‘lib qolishini anglab, uni bunday sharmandalikdan qutqarish harakatiga tushibdi. Tezlikda Xusayn Boyqaro huzuriga yetib borib:
-Sultoni Bokaram, m a’lumingizki, men va Pahlavon Muhammad yoshhgimizdan bir xil kiyinamiz, birga soqol-mo‘ylov qo‘yib, do‘st- birodar bo‘lib yuramiz. U boshqa kiyinib, men boshqa kiyib yursam, o'rtadagi ahd buzilib, gapimiz tuzsiz, o‘zimiz subutsiz bo‘lib qolamiz. Buyursangiz, mening ham soqol-mo‘ylovlarimni qirsinlar, menga ham xuddi Pahlavon Muhammadga berilgandek, kalta libos kiygizilib, do‘stim bilan birga ko‘cha aylantirsinlar, - debdi.
Navoiyning shogirdi hamda do‘stiga bo‘lgan sadoqatini, mehr- oqibatini ko‘rgan Xusayn Boyqaro g‘azab otidan tushib, «Pahlavonning gunohidan o ‘tdim, jazo qoldirilsin,» - deb buyuribdi.
0 ‘zbek xalqining milliy fazilatlaridan biri mehmondorchilikdir. Har bir mahallada dasturxon bezatuvchi uquvli, ozoda va pokiza tabiatli kishi bo‘lgan. 0 ‘zbek dasturxonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, issiq ovqatlardan tashqari hamma noz-ne'm atlar dasturxonga birdaniga qo‘yiladi. (Yevropa dasturxonidan shunisi bilan farqlanadi.) Bunday dasturxon bezatishdan maqsad mehmonlar taom va noz-ne’matlarning xiliga qarab tegishli ishtaha saqlay olishlari va ovqatlanish gigiyenasiga imkon yaratishdir. Milliy odatga binoan dasturxon to'riga yoshi ulug‘lar o ‘tiradi va duo-fotiha o‘qiladi. Unda Allohga shukronalar aytiladi,
o ‘tganlar ruhi yodga olinadi, el-yurt xotirjamligi, qut-baraka, yoshlar kamoloti, keksalarga mustahkam iymon tilagi bildiriladi. So‘ngra mehmon va mezbonlar bir-biridan hol-ahvol so‘rashib bo‘lgach, avval non ushatiladi, choy quyiladi, keyin issiq ovqatlar tortiladi. Shu tariqa mehmon izzat-ikrom bilan kutib olinadi, va «Xush ko‘rdik»,
«Tashrifingizdan boshimiz osmonga yetdi», «Tez-tez mehmonimiz bo‘ling», «Kelganingiz uchun rahmat» kabi tavozeli jum lalar bilan kuzatiladi. Agar dasturxon atrofidagi biror kishi safarga otlansa: «Oy borib, omon kelishi, yo‘lda balo-qazoga uchramasligi» tilanadi. Yangi
oila qurganlar bo‘Isa, «Qo'shgani bilan qo‘sha qarishi, uvali-juvali boMishi, farzandining rohatini ko‘rishi» so'raladi.
M adaniyatimizning ko‘hna manbalarida mehmondorchilik xalqi- mizning odamiylik, saxovat, madaniy va m a'naviy aloqasi, kengfe’llik, shirinsuxanlik kabi xislatlar mezoni sifatida juda qadrlanadi. 0 ‘zbek xalq maqoliarida m ehm ondo‘stlik, mehmondorchilik odobi masalalari pand-nasihat tarzida o ‘z aksini topgan:
- M ehmon-aziz, mezbon-laziz.
-M ehm on - atoyi xudo.
-K elm oq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan.
-M ehm onning oldida mushugingni pisht dema.
-M ehm on kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
-Shirm oy noningni berma, shirin so‘zingni ber.
-M ehm on ko‘rki - dasturxon.
-M ehm on otangdek ulug‘ va h.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, qadimdan Sharqda mehmonlar uchun musofirxonalar, karvonsaroylar, rabotlar qurilganini bilib olamiz. Hozirgi kunda ham millatimizga xos mehmondo‘stlik namunalarini ko'ram iz, y a ’ni har bir o ‘zbek oilasi istiqomat qiladigan uyning alohida bir xonasi mehmonlar uchun ajratib qo‘yiladi va shunga yarasha jihozlanadi.
0 ‘zbek xalqining mehmonnavozligi haqida professor M.Quronov shunday deydi: « ...Sayyohlarga dunyoning hamma joylarida «turist» deb qarashgan, o ‘zbeklar esa ularga «mehmon»deb qaraydi. Necha marta kelsa ham mezbon bo‘lib kutib oladi. Ularning ko‘nglini olish, xursand qilishning yoMini qidiradi va topadi. 0 ‘zbek ana shunday bag'rikeng xalq. 0 ‘zining vaqti, e’tibori, m ablag‘ini berib, birovning ko‘nglini olib, o ‘zi xursand bo‘ladi. Uning molu dunyosi butun dunyoga balki yetmas, lekin mehri yetadi.»48
Yaxshi niyat bildirish, duo-olqishlar aytish o ‘zbek xalqiga xos odatlardan biridir. Bola tug'ilganda uning umri uzun bo‘lsin, rizqi- nasibasi m o‘1 bo‘lsin, deyiladi. Ota-onasiga esa farzandining huzur- halovatini, kamolini ko‘rishni tilaydilar. T o‘ylari boMayotgan kelin- kuyovga «iloho ikki yoshning baxtini bersin, qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin, serfarzand, serdavlat boMishsin, avlodning munosib davom- chilari bo isin » , kabi yaxshi niyatlar qilinadi. Uzoq safaryoki ziyoratdan kelgan kishilarga «ziyoratlar qabul boMsin», deyiladi. Unga javoban
«murodingiz hosil bo‘lsin» degan lutf aytiladi. Buning m a’nosi shuki,



  1. M.KypoHOB. Bh 3 aHrjiafiTraH xaKHKai - T.: MatHaBHHT, 2008, 92-6.


Download 32,76 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.