|
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
| bet | 50/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
-
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy m e’morchilik, milliy teatr va musiqa, qo‘shiqchilik va xalq raqs san’ati nima uchun xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi?
-
Hunarmandchilikning qanday sohalarini bilasiz?
-
Hunarmandchilikka oid xalq maqollaridan misollar keltiring.
-
Bayramlar, ommaviy xalq sayllarida qanday san’at turlari namoyish etilgan?
-
M usiqaning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘mi nimada?
-
Xalq qo‘shiqlarida nimalar kuylanadi?
-
Yurtimizdagi tarixiy obidalar, milliy m e’morchilik namunalarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati nimada?
TOPSHIRIQ. Berilgan matnni o ‘qing. Tanlagan kasbingizdan tashqari yana qanday hunarlami egallaganligingiz haqida gapirib bering.
0 ‘zbek san’ati
O 'zbek xalqi san’atining barcha sohalarida o ‘simlik omamenti ustun turadi, ammo u doimo geometrik naqshlar bilan birga ishlatiladi.
106
Ganchkor ustalar har xil turdagi o ‘yma ishlatadilar: zamin-kori, choka- pardoz, lo‘li-pardoz va tabaqa-pardoz. Ganchkor naqshlar katta korxo- nalar, ma’muriy imoratlar, madaniyat va san’at saroylarini bezabgina qolmay, keyingi yillarda juda ko‘p fuqarolarning uylariga ham husn bag‘ishlamoqda. Yirik inshootlar, monumental obidalar, keng savdoga m o‘ljallangan o'ym akor ganch naqshlar muayyan motivdagi omament- lar tasvirlangan qoliplarda quyilib ishlanadi. Bunday ajoyib milliy bezaklar Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida, katta san’at va madaniyat saroylarida, juda ko‘p m a’muriy va jamoatchilik binolarida, oshxonalar va do‘konlarda keng ishlatilgan boMib, ular shahar husniga husn bag‘ishlamoqda.
Yorqin mayin bo‘yoqlar bilan an'anaviy o ‘ymakorlik naqshlarining birgalikda ishlatilishi, ayniqsa, chiroy kashf etadi. Mashhur badiiy ganchkor ustalardan 0 ‘zbekiston fanlar akademiyasining faxriy a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Shirin Murodov, Xalqaro mukofotlar sovrindori, 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Abdulla Boltaev, elda katta hurmatga sazovor bo‘lgan mohir ustalar ToshpoMat Arslonqulov, Usmon Ikromov, Anvar Quliev, Shamsiddin G ’ofurov, Quli Jalilov, 0 ‘zbekiston fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Y usuf Ali Musaev va boshqalar yaratgan o‘ymakorlik va m e’morlik san’ati xalqimizning badiiy boyligidir.
Amaliy bezak san’ati turlaridan 0 ‘zbekistonda keng tarqalgan sohasi - bo'yoqli rasmlar chizishdir. Odatda, bu soha ikki xilda: ganch suvoqli devorga rasm chizish va yog‘och buyumlarga rangli naqsh berishdan iborat. Mazkur hunami naqqoshlik san’ati deb ataydilar. 0 ‘tmishda yuksak did bilan bunyod etilgan naqshli muhtasham binolar hozirgacha kishini o ‘ziga maftun qilib kelmoqda. Nihoyatda boy, mazmunli milliy naqshlarimiz turar joy va yirik imoratlarning devor hamda shiftlarida, oddiy idish-tovoqda, sandiq va ko‘rpachalar, belanchak, cholg‘u asboblari va boshqa buyumlarda jilovlanib insonni hayratga soladi.44
|
| |