• «Hunarsiz kishi o‘limga yaqin»
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet47/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    И.Жабборов Узбеклар Т. Шарк. 2008Й 214-бет

    98
    do'ppi kashtachiligi o ‘zbek xalqining g'ururi hisoblanadi, yurtimizdagi har bir joyning do‘ppisi o‘zaro farqlanadi. 0 ‘zbek milliy shirinliklarini tayyorlaydigan ustalar qandolatchi, shirapaz, holvagar, shakarpaz deb atalgan. Shuningdek, qassoblik, oshpazlik, now oylik kasblari ham mashhur bo‘lgan. Gilamdo‘zlik, kigiz bosish, savat va bo‘yra to‘qish ham amaliy san’atning noyob turlaridan hisoblangan.
    Metall buyumlarga o ‘yib naqsh ishlash kasbi - kandakorlik, misdan turli buyumlami yasash misgarlik kasbi deb atalgan. Eng serhasham badiiy amaliy san’at kasbi zardo‘zlik hisoblangan. Zarbof kiyimlar va zardo‘zlik kasbi haqida juda ham ko‘p arxeologik va tarixiy m a’lumotlar mavjud bo'lib, ular o ‘zbek xalqining uzoq tarixiy taraqqiyotida boy an’analarga ega bo‘lgan xalq amaliy san’ati madaniy merosimizning yorqin namunalariga aylangan. Xalq amaliy san’ati kasb-hunar bilan chambarchas bog‘liq. Yuqoridagi m a’lumotlardan kelib chiqib, ota- bobolarimizdan 150dan ziyod hunar turlari bizgacha meros bo'lib kelganligiga amin bo‘ldik.
    Oilada farzandlami hunarga qiziqtirish va o ‘rgatish masalalari ham- ma vaqt dolzarb bo‘lib kelgan. Buyuk allomalar, sharq mutafakkirlari, m a’rifatparvar ziyolilar tomonidan mehnat, hunar insonni har tomon- lama ulug‘lovchi omil ekanligini ta’kidlovchi fikrlari hozirgi kunda ham ahamiyatlidir. Xalq pedagogikasining qator manbalarida, jum ladan xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida mehnatsevarlik va hunar tarbiyasi haqida ko‘plab m a’lumotlarni olishimiz mumkin. Masalan:

    • Hunar zar, hunarsiz xor.

    • Hunarli er xor bo‘lmas, do‘st-dushmanga zor boMmas.

    • Hunari yo‘q kishining mazasi yo‘q ishining.

    • Qunt bilan o ‘rgan hunar, hunardan rizqing unar.

    • Bir yigitga yetmish hunar oz.

    • Tekin boylik axtarguncha o'zingga bop hunar top kabi maqollardan tashqari ertaklarda ham xalq amaliy san’atining biror turini o ‘ziga hunar qilib olish zarurati haqida gap ketadi. Masalan: «Hunarsiz kishi o‘limga yaqin» ertagida bir mamlakatning podshohi kambag‘al o ‘tinchining qizini so‘ratib sovchi yuboradi. Shunda qiz: «Podshoning nima hunari bor? Men hunarli kishiga tegaman», - debdi. Sovchilar:

    «Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar boMadimi? Podsho barcha hunarli fuqarolaming otasi bo‘ladi», - debdilar. Qiz b o isa: «Menga hunarlilaming otasi kerak emas, hunarlikning o ‘zi kerak. Zamon o'zgarishi bilan bugun podsho bo'Igan kishi, ertaga taxtdan surilib, tilanchi bo‘lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, menga

    99
    hunarini ko‘rsatsin, undan so'ng tegaman»,- debdi. Sovchilar qaytib kelib, b o ig an gapni podshohga so‘zlabdilar. A w aliga shohning achchig‘i kelibdi va qizni o ‘limga buyurmoqchi boMibdi. So‘ng o‘ziga kelib, gilam to ‘qishni o ‘rganibdi. Hatto mamlakat podshohlari ham hunami qadrlaganlari va o'ziga munosib kishilarni hunarmandlar orasidan qidirganlarini ushbu ertak mazmunidan bilib oldik.


    K o‘rib turganingizdek, o ‘zbek xalq og'zaki ijodida hunar yuksak baholanadi, bolaligidanoq hunarga mehr qo'yib, hunarmand bo‘lib yetishgan asar qahramonlari faqat m a’lum bir kasb egasi bo'lib qolmay, balki aqliy, jism oniy va ma’naviy yetuk, barkamol shaxs sifatida tasvirlanadi.
    0 ‘zbek xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati ustalarining kasb- hunarlari yuqori baholanib, yoshlami hunar o'rganishga, turli kasb- hunar sohalariga qiziqtirishga g ‘am xo‘rlik va boshchilik qilishlari kerak- ligi uqtiriladi. Shuningdek, zamonamizning barkamol yoshlari ilmli, hunarli bo‘lishlari bilan birga aql-idrokli, fahm-farosatli, mohir hunar­ mand va ibratli odob-axloq egasi boMishi zarurligi qat’iy ta ’kidlanadi.
    Xalqimiz hunar egalarini qanchalik ardoqlagan va yuksak baholagan bo‘lsa, axloqiy yetuklik, kasbga hurmatni ham shunchalik yuqori o ‘ringa qo‘ygan. Xalq amaliy san’atiga, shu orqali hunar egallashga qiziqishni uyg‘otish axloqiy tarbiya bilan uyg‘unlikda olib borilganligi tufayli diyorimizda o ‘zbek madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan qanchadan-qancha yirik mutafakkirlar, olimlar, ilmu fan, san’at va adabiyot namoyondalari yetishib chiqqan.
    Xalq pedagogikasi manbalarida berilishicha, yoshlami hunarmand bo‘lishga odatlantirish, qiziqtirish, yo'llash va undash eng avvalo oiladan boshlanadi. Hunar o ‘rgatish orqali axloqiy tarbiyalash ham aw a lo oilada keyinchalik ta’lim muassasalarida davom etadi. Oiladagi kattalar yoshlami hunar o ‘rganishga yo‘naltirish, ulam ing hunami egallayotganlarini sinchiklab kuzatib borishi va manzur bo‘lgan ishlari uchun rag‘batlantirib, maqtab, mukofatlab turishlari haqida xalq pedago- gikasidan ju d a ko‘p m a’lumotlami olish mumkin. Zero, xalq o'tm ishida aytilgan axloq-odob, hunar haqidagi fikrlami davr elagidan saralab o ‘tkazadi, durdonalarini ardoqlab, kelajak avlodga uzatadi. Demak, xalq amaliy san’ati namunalari yoshlarda kasb-hunarga mehr uyg‘otish hamda mehnatsevarlik hissini singdirish vositasi bo‘lib qolaveradi.
    0 ‘zbek xalqining teatr va musiqa san’ati m a’naviy madaniyatda
    muhim o ‘rinni egallaydi. Turli xalq bayramlari va sayillarida, to ‘y va ziyofatlarda doimo ommaviy xalq o ‘yinlari sahnalashtirilgan, askiyaboz-

    100
    lik, qo‘g ‘irchoq teatri, darboz, sozanda-go‘yanda va masxarabozlik san’ati namoyish qilingan. 0 ‘zbek xalq teatri masxaraboz-qiziqchilar va qo‘g‘irchoq teatrlariga bo‘lingan bo‘lib, ularda askiyaboz, muallaqchi, darboz, nayrangboz (fokuschi), yog‘ochoyoq, masxaraboz, qiziqchi, qo‘g‘irchoq o ‘ynatuvchilar, sozandalar ishtirok etishgan.


    Ular boy zodagonlarning xasisligi, nopokligi, ta’magirligi, munofiqligini ayovsiz fosh qilganlar.
    Milliy teatr taraqqiyot bosqichini o ‘rganar ekanmiz, xalqimiz ko‘ngli zavq-shavqqa to ‘lgan, san’atni qadrlaydigan, yuksak didli ekanligiga yana bir bor amin boMamiz. Zero, «yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san’at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bo‘lishi tabiiydir».42
    Musiqa madaniyatida xalq ashulalari, xalq kuylari, sozandachilik san’ati rivojlangan. Ilk to ‘la maqom XVI asrga oid Buxoro «Shoshma- qomi»dir. Maqomlarning asosiy mazmuni lirik sevgi va didaktik she’rlardan tashkil topgan. Hozirgacha eng sevimli maqomlar Umar Hayyom, Jomiy, Rumiy, Navoiy, Bedil, Ogahiy kabi klassik shoirlar- ning asarlari asosida bastalangan.
    Musiqa haqida Aflotun: «Musiqa insonlarni tarbiyalashda har qanday o ‘zga vositalardan afzaldir. Chunki ohang va uyg‘unlik inson ruhi va ruhiyati tomon yo‘l topadi», - degan bo‘lsa, buyuk boboka- lonimiz Alisher Navoiy:
    «K.o‘ngil xush ohangdan quvvat, ruh esa xush ovozdan oziq oladi»,
    - deydi.
    Q ur’oni Karimdagi suralar ohangdor ovoz bilan, qiroat ila o ‘qi!ishi ham yuqoridagi fikrlar tasdig‘idir.
    Bir tabiatshunos olim umrining oxirida o ‘zining she’riyatga, musiqaga ishtiyoqi kamaygani xususida kuyinib, agar umrimni qaytadan boshlash nasib qilganda, har haftada laoqal bir marta biroz she’r o ‘qish, andak musiqa tinglashni qoida qilib, shu yo‘l bilan miyamning tegishli qismlarini faol holatda saqlab qolgan bo‘lardim, deb yozgandi.
    Sa’diy Sheroziy kuy va qo‘shiqni «Ruh ozuqasi» deb bejiz ayt- magan. Kishi yaxshi kuyni tinglaganda, jaholatdan yiroqlashadi, muhabbat, sadoqat, go‘zallik kabi yuksak insoniy his-tuyg‘ulami qalban his etadi, natijada did va nafosat tuyg‘usi shakllanadi.
    Shuningdek, musiqaning inson kayfiyati va sog‘ligiga ta’siri beqiyosligi bois uning tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘hna tariximizdan




    1. Download 32,76 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.