M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet48/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Каримов И А. Юксак маънавият- енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. 143-бет

101
ma’lum. U lug 1 siymolar musiqaning inson salomatligiga ta’siri haqida qator risolalar yozib qoldirganlar. Moziyga bir nazar solib, bir necha yillik tarixga ega bo'lgan « N avro‘z», «Mehrjon», «Lola sayli», «Hosil bayrami». «Qovun sayli», «Uzum sayli», «Sumalak gurungi» kabi mavsumiy bayramlar va u bilan bog‘liq urf-odatlarni eslaylik. Bunday bayramlarda xalq karnay-surnay, doira, nog‘ora sadolari jo ‘rligida o ‘zining jismoniy harakatlari orqali qo‘shiqlar kuylab, raqslar ijro etganlar. Ana shunday tadbirlar insonni ruhan tetiklikka, jismonan bardamlikka chorlagan. Masalan, qosh o'yini, bosh o'yini, yelka o‘yini, oyoq va qo‘llar o'yinlarini buyuk tibbiyot allomalari inson ruhini yanada ko‘taruvchi omil, deb baholaganlar.
G ‘arb shifokorlari ham ba’zi kasalliklarni davolashda dori-darmon o ‘rniga mumtoz musiqani tavsiya qilishadi. Aniqlanishicha, Betxoven- ning 5-simfoniyasi yurak faoliyatiga xush ta’sir qiladi, «Oy sonatasi» esa asablarni tinchlantiradi. Baxning «Italiya konserti» qahru-g‘azabni bosadi. Shopenning mazurkalari va Shtrausning valslari xavotirli tuyg‘ularni aritadi. Chaykovskiyning «Oqqush ko‘li» va Shopenning
«Re-minor noktyur»ni qon bosimini tushiradi. Sharqda maqom yo‘nali- shidagi og‘ir qo‘shiqlar tinchlantirsa, sho‘x, o'ynoqi ohangdagi kuy- qo‘shiqlar tetiklashtiradi. Xalqim iz nazdida yoqimli musiqa va ohang ta ’sirida uyg‘onadigan ijobiy his-tuyg‘ular markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, yurak ishini faollashtiradi, diqqatni bir joyga to‘plashga, beqaror- likdan qutulish va hissiy holatni yaxshilashga olib keladi. Bir so‘z bilan aytganda, yoqimli musiqa insonni yangi-yangi zafarlarga ilhomlantiradi va uning ruhiyatidagi yashirin zahiralami ishga soladi. U lug‘ tabib Abu Ali ibn Sino ham turli kasaliklarni davolashda musiqadan keng foydalangan, har bir bemorning mijoziga qarab musiqa tanlagan.
Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy musiqani uch turga boMadi:
«Birinchidan, insonga xursandchilik baxsh etadi, ikkinchidan, insonda ijobiy his-tuyg‘u va zavq-shavq uyg'otadi, uchinchidan, inson tasav- vuriga ta ’sir etib, ko‘z oldiga hayotdagi eng quvonchli damlarni keltira- di», - deydi. Allomaning ta’kidlashicha, «Agar tibbiyot bilan musiqa bir- lashsa, odam tarbiyasida juda katta yutuqlarga erishish mumkin boMardi». Darhaqiqat, milliy musiqa va qo'shiqchilik san’ati yoshlarimizda nafosat tuyg‘usini shakllantirish omili deb qaraladi. Ammo inson ruhiyatiga salbiy ta’sir o ‘tkazadigan musiqa va qo‘shiqlar albatta bundan mustasno. Bu haqda yurtboshimiz shunday fikr bildiradilar: «Agar insonning qulog‘i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o ‘rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning

102
m a’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Qxir- oqibatda bunday odam «Shoshmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlaming asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi».43


Demak, yoshlarimizning madaniy saviyasini yuksaltirishimiz, buning uchun esa nafosat tarbiyasiga katta e ’tibor qaratishimiz zarurdir.
Xalq pedagogikasi manbalarida milliy musiqa, qo‘shiqchilikka oid m a’lumotlar behisob. Q o‘shiqlarda xalq hayoti, xalq xarakteri, ruhiyati, shuningdek, xalq tafakkuri, dunyoqarashi, an’analari, urf-odatlari, o ‘ziga xos xususiyatlari butun qirralari bilan namoyon bo‘ladi.
Inson chaqaloqlik davridayoq alia orqali qo‘shiq eshitadi, butun umri davomida qo‘shiq tinglaydi, oxirgi kunida ham yig‘i-yo‘qlov qo‘shiqlari bilan kuzatiladi, y a ’ni butun umri davomida qo‘shiq insonga hamrohlik qiladi.
Xalq qo‘shiqlariga allalar, yor-yorlar, laparlar, mehnat qo‘shiqlari, mavsumiy qo‘shiqlar, muhabbat mavzusidagi qo‘shiqlar kiradi. Musiqa va qo‘shiqning yuksak did va nafosat tarbiyasidagi ahamiyati haqida xalq og‘zaki ijodida qator afsona, rivoyat, asotir va hikoyalami misol qilib keltirishimiz mumkin. Masalan, «Doira» rivoyatida hikoya qilinishicha, qadim-qadim zamonlarda bir mamlakatning savdogarlari savdo qilish uchun safarga chiqishibdi. Yo‘llari cho‘li Malikdan o ‘tar ekan. Yo‘l yurib, yo‘l yurishsa ham oz emas, m o‘l yurishib, cho‘li Malikning qoq o‘rtasiga borib qolishibdi. Bir payt g ‘amlagan suvlari ham tamom bo‘lib qolibdi. Suvsizlikdan birin-ketin sulayishib, yotib qolishibdi. Kuch-quvvatlari ketib, turib yurishga aslo madorlari qolmabdi. Karvonda bir yigit ham bor ekan. U o ‘zining oxirgi meshidagi suvni safardoshlari og'ziga tomchilab-tomchilab quyibdi. Odamlar bir oz o ‘zlariga kelishibdi-yu, baribir issiq hamda chanqovdan yo‘lga tusha olishmabdi. Shunda boyagi yigit o ‘ylab-o‘ylab, suvdan bo‘shagan meshini yorib, aravaning g ‘ildiragiga tarang qilib tortibdi. Shundan keyin oftobga qaratib qo‘yibdi. So‘ngra uni taka-tumlata boshlabdi. Ovoziga mahliyo bo‘lib qattiqroq taka-tumlatibdi. Bora-bora uni shunchalik ura boshlabdiki, asbobning ovozi butun choMni larzaga keltiribdi. G ’ayritabiiy bu ovozdan odamlar ham o ‘zlariga kelib, g ‘imir- lay boshlashibdi. Ularda kuch-quvvat, xatti-harakat paydo bo‘libdi. Ovoz barxandan barxanga o ‘tibdi, tepalikdan tepalikka ko‘chibdi. Oxiri shu cho‘lning narigi chekkasida ketayotgan boshqa karvondagilarning



Download 32,76 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.