Xalq pedagogikasida farzand tarbiyalashning metod, usul va vositalari




Download 32,76 Mb.
bet37/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Xalq pedagogikasida farzand tarbiyalashning metod, usul va vositalari




Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o ‘zida mujassam etgan. Shunga ko‘ra barkamol shaxs vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahillik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat, adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e ’tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik kabi fazilatlarga ega boMishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy ta’limotlarni to ‘g ‘ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lozimligi uqtirilgan.
Bu fazilatlaming aksi bo‘lgan nodonlik, badxulqlilik, manmanlik, qo‘rqoqlik, yolg‘onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik, kibru havo, hasadgo‘ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo‘lishi talab etilgan. A na shu ijobiy fazilatlami yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo‘yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud.
0 ‘git-nasihat qilish, ibrat-o‘rnak ko‘rsatish, rag‘batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo‘llab kelgan bo‘lib, uning quyidagi ijobiy shakllari:
-tushuntirish;
- o ‘rgatish, mashq qildirish;
-odatlantirish;
-kun tartibini rejalashtirish;
-yaxshi xislat va ishlarga undash;
-iltim os qilish;
-istak bildirish;
-m aqtash;
-rahm at aytish, minnatdorchilik bildirish;
- m a ’qullash;
-olqish aytish;
-duo qilish;
-alqash;
-tasalli berish;
-m ukofotlash, taqdirlash;

  • ishonch bildirish;

-oqlash;

  • vasiyat qilish;

76
Shuningdek, xalq pedagogikasida o ‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda quyidagi holatlar qoralanadi:


- ta ’qiqlash, m a’n etish;
-buyurish;
- ta ’na, o ‘pka-gina qilish;
-talab qilish;
-uyaltirish;
-yolvorish va ko‘ndirish;
-tanbeh berish;
-m ajbur qilish;
-nafrat bildirish;
-m asxara qilish;
-duoyibad qilish;
-koyish va qarg‘ash;
-ayblash va uyaltirish;
-oq qilish;
-ont-qasam ichirish;
-aybiga iqror qildirish;
-ishonchsizlik bildirish;
-zarda qilish;
- k o ‘r-ko‘rona ishonish;
-yomonlash va vaysash;
-urishish;
- q o ‘rqitish;
-gapirmasdan qo‘yish;
-jismoniy jazo berish va h.
Hayotning mazmunini to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga odob- axloqni o ‘rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining yuqorida ta’kidlangan tarbiya metodlaridan foydalaniladi. 0 ‘git va nasihat metodi xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida o ‘z aksini topgan. Masalan, xalq maqollari o‘git va nasihat shaklida beriladi:
- Yaxshi bo‘lsang kelinchak, bo‘la ko‘rma erinchak.
-Eling senga cho‘zsa qo‘l, unga doim sodiq bo‘l.
-K o ‘kka boqma, ko‘pga boq.
-M ehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan.
-Y o ‘qni borday qil, bomi bolday qil.
- Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir.
-O bro‘ topaman desang - kamtar bo‘l.
77
K o‘rib turganimizdek, maqollardagi odob-axloq mazmuni o ‘git- nasihat tarzida berilgan. Xalq dostonlarida ham tarbiyaning bu shaklini ko‘plab uchratamiz. M asalan, «Erali va Sherali» dostonida ustoz o ‘z shogirdlariga quyidagicha nasihat qiladi:
Yaxshilikdan ajratmasin dilingni, Ham yaxshilik ustun qilar qo‘lingni, Miskinlarga sarf ayla, ber pulingni, Men sening qurboning bo‘lay, Erali. Kuch-quvvating g ‘oyiblardan tilagin, G ’ariblaming manglayini silagin, Sen ulardan oltin-duo tilagin,
Duo oltin bo‘lar, bilgin Erali. Mulla Haydar berdi shu nasihatni,
Sen ham bo‘lding mening bir farzandim, Q ulog‘ingda tursin shu nasihatim,
Ming yashagin, aslo o ‘lma, Erali.


Tarbiya metodlari ichida eng ko‘p qo‘llanadigan turi bu namuna, ibrat ko‘rsatish, y a’ni o ‘m ak bo‘lishdir. Buni ikki xil yo‘nalishda amalga oshirish mumkin. Birinchisi, yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan inson- laming ibratli jihatlarini ko‘rsatish orqali undan o ‘mak olishga undalsa, ikkinchisi salbiy axloqli kishilarning nojo‘ya ishlarini ko‘rsatish bilan undan nafratlanishga o ‘rgatiladi. Buyuk allomalar va mutafakkirlaming hayot yo‘li bizga doim ibrat maktabi bo‘lib qoladi. Chunonchi, oiladagi kattalar ham o ‘z farzandlari uchun doimo o ‘rnak ko‘zgusi bo‘lmoqliklari kerak. Chunki bola barcha yaxshi fazilatlarni ham, yomon illatlarni ham eng avvalo oiladan o ‘rganadi, zero xalqimiz «Qush uyasida ko'rganini qiladi», deb bejiz aytishmagan.
Xalq pedagogikasidagi rag‘batlantirish metodiga maqtash, m a’qullash, alqash, mukofotlash kabi shakllarni kiritishimiz mumkin. Bolalaming yaxshi fazilat ila amalga oshirgan ibratli ishlari kattalar tomonidan m a’qullansa, maqtalsa, olqishlansa, rahmat aytilsa, alqansa va imkon doirasida taqdirlansa, ular yanada yaxshi xislatlarga ega boMishga, yaxshi ishlami bajarishga harakat qiladilar. Bunga o ‘zbek xalq og'zaki ijodidan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Asar qahramonlari xalqni zolimning zulmidan qutqarib xalqning olqishi va rahmatiga sazovor bo‘lganligi, munosib taqdirlanganligi haqidagi ertak, rivoyat, afsona, asotir va dostonlar behisob. Maqtash, alqash paytida:
78
«Tarbiya bergan ota-onangga rahmat»;
«Ta’lim bergan ustozingga rahmat»;
«Ustozdan ibrat olgan aqllaringga rahmat»;
«Barakalla, o ‘g‘lim, qizim»;
«Aqlu-hushing, idrokingga ofarin»;
«Oqilaligingga tahsinlar bo‘lsin» kabi jum lalar ishlatiladi.
Asosan yoshi ulug‘lar, ota-onalar farzandlarining ijobiy ishlaridan minnatdor boiishganda o‘zlarining chuqur ichki istak va niyatlarini alqash orqali amalga oshirganlar. Keyinchalik bu istak-niyatlarini Ollohdan so‘raydigan boMganlar va shu tariqa alqash-duolar yuzaga kelgan, alqashdan oldin «ilohim» so‘zi ishlatila boshlangan. Quyida alqash-duolarga misollar keltiramiz:
-(ilohim) umringdan baraka top;
- q o ‘ling dard ko‘rmasin (dard ko‘rma);
-tani-joning sog‘ bo‘lsin;
-tuproq olsang oltin bo‘lsin;
-uying bug‘doyga to ‘lsin;
-topganing to‘yga buyursin;
-fayz-barakangni bersin;
-farzandlaringni huzur-halovatini ko‘r;
-baxtiyor bo‘l (baxtli b o i);
-ilohim niyatinggayet;
- ulug‘ martabalar nasib qilsin;
-qasd qilganlar past bo'lsin, yer bilan yakson bo‘lsin;
- d o ‘stga zor, dushmanga xor qilma;
- o ‘ylagan niyatlaringga yet;
-boshing toshdan bo‘lsin;
- to ‘y boisinu, g‘am bo‘lmasin;
-yaxshi kunlarga yetkazsin;
- k o ‘p bersin, ko‘l bersin, keng fe’l, ketmas davlat bersin;
-biring ikki, ikkingtum an boisin;
-yegan noning halol bo‘lsin;
-yomonning yuzini teskari qilsin;
-farishtalar omin desin va h.
Xalq og‘zaki ijodining ko‘plab janrlarida xalq orzu qilgan, el-yurt va hukmdorlar topshirig‘ini o‘zining mardligi va matonati, donishmandligi bilan ado etgan obrazlaming mukofotlanganliklari haqida bayon qilinadi. Bu asarlardagi «...Barakalla, seni o‘stirgan ota-onanga rahmat», - deb, ustidan tillo, javohirlar sochibdi; «Podsho uch kunu uch tun to‘y-tomosha

79
qilib, qizini bahodirga uzatibdi»; «...Uni jasorati va mardligi uchun shaharga hokim (yoki vazir) etib tayinlabdi»; «Tila tilagingni, - debdi va barcha tilaklarini bajo aylabdi,» - kabi jumlalarda o ‘z aksini topgan.


Farzandlami yaxshi xulqi-odobi, yaxshi o'qishi, umuman, yaxshi inson bo‘lib yetishi uchun alqash, maqtash, rahmat aytish, duo qilish, yaxshi tilak-istak, niyat bildirish, rag‘batlantirish va mukofotlash hozirgi kunda ham keng qo'llanadi, chunonchi yoshlami shunday chiroyli alqash- duolarga mos qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Xalq pedagogikasida bola tarbiyasida qarg‘ish asosan xotin-qizlar tomonidan ishlatiladigan zararli tarbiya metodi hisoblanib kelingan.
«Q arg‘ishlar duch kelgan katta-kichikni goh suvda cho‘ktirib oMdirsa, goh do‘zaxning yetti kundasida kuydiradi. Ba’zilari odamxo‘r devlarga duch keltirsa, ba’zilari ona sutini og‘zidan keltiradi.» 36
Xalqimizda qarg‘ish va duo - olqishning ta’siri, y a ’ni uning
«tegishi» haqida ham qator iboralar bor. Qarg‘ish olganlar haqida
«Falonchini qarg‘ish urgan»; alqash olganlar haqida esa «Falonchi kam bo‘lmaydi, chunki ota-onasining (xalqining, ustozining) duosini olgan» deyishadi. Q arg‘ishning zarari va olqish - duolarning ahamiyati quyidagi maqollarda o ‘z aksini topgan:

  • qarg‘ish yaralaydi, olqish davolaydi;

  • kiyim dog‘i ketar, qarg‘ish dog‘i ketmas;

  • otilgan o ‘qdan qo‘rqma, qarg‘ishdan qo‘rq;

  • olqish yaxshiga, qarg‘ish yomonga;

  • dili to ‘g ‘ridan olqish chiqadi, dili qing‘irdan qarg‘ish;

  • el qarg‘asa, tog‘ qulaydi, el alqasa bog‘ bo‘ladi;

  • ota-ona olqishi o ‘t-suvga oldirmas,

ota-ona qarg‘ishi chohga tiqmay qoldirmas.
Demak, xalq an ’anaviy tarbiya usulining bosh shiori: «Olqish olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir.»
Darhaqiqat, qarg‘ish ishlatgan ota-ona va kattalarning obro‘si y o ‘qoladi, ota-ona va farzandlar o ‘rtasidagi mehribonlikka putur yetadi, oila ahilligiga darz ketadi. Ayniqsa, ota-ona qarg‘ab, oq qilsa, uning oqibati har ikkala tomon uchun yomon bo‘ladi. Xalqimizning «Ura bersang eti qotar, qarg‘ay bersang beti qotar» degan maqoli ham qarg‘ishning zararini ta ’kidlaydi. Demak, qarg‘ishlarni umuman nutqdan chiqarib tashlash va ayniqsa bola tarbiyasida ishlatmaslik zarur.
Xalq pedagogikasida, uning manbalarida jism oniy jazo tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida aslo uchramaydi, aksincha j'ismoniy



Download 32,76 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq pedagogikasida farzand tarbiyalashning metod, usul va vositalari

Download 32,76 Mb.