M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet38/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

36 Йулдошева С. Халк урф-одатлари ва анъаналари. .: Ижод дунёси. 2003. 88-6.
80
jazo yomon oqibatlarga olib kelishi ta’kidlanadi. Lekin xalq pedagogikasi tarixida tarbiya nuqtai nazaridan jismoniy jazoning shapaloq urish va quloq cho‘zish shakllari ishlatilgani m a’lum.
Xalqimiz tarbiyaning turli metod va shakllarini amalga oshirishda xilma-xil tarbiya vositalaridan foydalanganlar. Xususan, xalq o ‘yinlari va o'yinchoqlar, xalq og'zaki ijodi, tabiat va inson munosabatlari, xalq tabobati xususiyatlari, turli to ‘y-tomosha marosimlari, sayil, yig‘in, bazm, bayramlarda kattalar va bolalarning birgalikdagi ishtiroki, gap- gashtak va ulfatchilik, choyxona gurungi, aza ma’rakaiari, uzoq safarga va ovga chiqish va h.
Tarbiya vositalaridan biri bo‘lgan bolalar o ‘yinlarining o ‘z qoidalari bo‘lgan. Shu qoidaga rioya qilmagan bolalarni «o‘yin buzuqi» deb o‘yindan chetlatishgan. Y a’ni o ‘yin jarayonida bolaning yaxshi va yomon jihatlari namoyon bo‘lgan. E ’tibor bersangiz, tarbiya vositalarining barchasi ko‘pchilik ishtirokida amalga oshiriladi va shubhasiz, bu juda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunday bay ram, sayil, gap-gashtak, yig‘inlarda bolalarning yaxshi va yomon xatti-harakati ko‘pchilikning ko‘z o ‘ngida namoyon bo‘ladi va shu ko‘pchilik tomonidan baholanadi. Ota-onalar o ‘z farzandlari tarbiyasiga oid xulosalar chiqaradilar. Farzandlaming odob-axloqi haqidagi yaxshi fikrlar ota-onani quvontirsa, aksincha, farzandining xulqi haqidagi ta’na va isnodlar ulami tashvishga soladi. Bunda keksalar, ota-onalar:
«Bolam, bu yurish-turishingni ko‘rganlar, gap-so‘zingni eshitganlar nima deydi?», «Mahalladagilardan uyat emasmi?», «Bizni uyatga (isnodga) qo‘ydingku (sharmanda qildingku)», - deb aziyat chekishadi.
0 ‘smir yoshdagi bolalarning choyxona gurungi, gap-gashtaklarining ham o ‘ziga yarasha qoidasi bor. Bu choyxonaga navbat bilan taklif qilish, o ‘rtoqlari bilan samimiy muomalada boMish, so‘zlovchi gapini bo‘lmaslik, navbat bilan gapirish, navbat bilan choy quyish, choyni o‘ng qo‘l bilan uzatish, noz-ne’matlami teng baham ko‘rish, dasturxonga undash va hoka- zolardir. 0 ‘smirlaming yaxshi fazilatlari ham, yomon xulqi ham bu yig‘in- larda namoyon bo‘ladi. Kattalaming o‘git-nasihatlarini olib, ulfatchilikda qatnashgan o‘smirlar odob qoidalarini yaxshi o‘zlashtirib oladilar.
Xalq pedagogikasida tarbiya vositalaridan yana biri mehmondor- chilikdir. Marosim, yig‘in, to‘y-tomosha, gap-gashtak, choyxona gurun- gining barchasi mehmondorchilikni o ‘z ichiga oladi. M ehmondo‘stlik xalqimiz hayotiga singib ketgan eng yuksak kishilik fazilatlaridan iborat bo‘lib, yoshlar tarbiyasida eng muhim tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Xonadon mezbonlari mehmonning ko‘nglini olish, xursand qilish

81
uchun eng yaxshi idish-tovoqlami ishlatadilar, tansiq taomlar pishira- dilar. M ehmondo‘stlikning o 'z iga xos qoidalari bolalarga pand-nasihat, maslahatlar berish orqali, shaxsiy ibrat-o‘m ak ko'rsatib yoshligidan o ‘rgatib kelinadi. Shu tariqa xalqimiz yuqoridagi kabi tarbiya metodlari, shakllari va vositalari orqali yosh avlodni ahloqiy tarbiyalab, insoniy fazilatlarga o'rgatganlar.





Download 32,76 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.