|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 30/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J27 Каримов H A . Юксак маънавият-енгилмас куч - Т .: Маънавият, 2008.-157-бет.
63
qo‘g‘irchoq —odam yasabdi. Usta har uchala qo‘g ‘irchoqqa ham bir xil jilo va sayqal beribdi. Q o‘g ‘irchoqlarni shunday bejirim tayyorlabdiki, bozorga olib chiqishi bilan tezda xaridorlarni o ‘ziga jalb etibdi. Qolaversa, xaridorlarni qo‘g ‘irchoqlarning o ‘zigina emas, balki ular bahosining turlicha ekanligi ayniqsa taajjubga solibdi.
Xaridorlar ustadan: « Q o‘g ‘irchoqlar bir-biridan biror narsasi bilan farq qilmaydi-ku, nega uchalasiga ham uch xil narx qo‘ydingiz?» - deb so‘rashibdi. Darhaqiqat qo‘g ‘irchoqlarning bo‘y-basti, rang, sayqal va jilolari bir xil boMib, bir-biridan aytarli farqi boMmasa ham birinchi qo‘g ‘irchoq narxi 1 so ‘m, ikkinchi qo‘g‘irchoq narxi 2 so‘m, uchinchi qo'g'irchoq narxi 3 so‘m deb belgilab qo‘yilgan edi.
Shunda taajjublanayotgan xaridorlarga jilm ayib boqib « Y o‘q, azizlar! Ularning ko‘rinishi bir xil bo‘lsa ham, lekin qo‘g ‘irchoqlarda katta farq bor! Mana, qaranglar!» - debdi kulol va qo‘liga bir cho‘p olib, birinchi qo‘g ‘irchoqning qulog‘iga suqibdi. Cho'pning uchi shu zahoti qo‘g ‘irchoqning og‘zidan chiqibdi. Usta keyin o ‘sha cho‘pni ikkinchi qo‘g ‘irchoqning qulog‘iga suqibdi. Cho‘pning uchi qo‘g ‘irchoqning narigi qulog‘ida ko‘rinibdi. Uchinchi qo‘g'irchoqning qulog'iga suqilgan cho‘p esa hech qaerdan yorib chiqmabdi.
K o‘rdingizlarmi, - debdi kulol, - bularning hulqi bir-birlaridan
mutlaq farq qiladi. M ana bu qo‘g‘irchoq - laqma, - debdi usta birinchi qo‘g ‘irchoqni qo‘liga olib. - Eshitganini shu zahoti og‘zidan gullaydi. Shuning uchun uning bahosi past.
Usta ikkinchi qo‘g ‘irchoqni qo‘liga olibdi.
Bu esa anqov! Bu qulog‘idan kirgan gap u qulog'idan chiqib ketaveradi. Shuning uchun ham uning bahosi o ‘rtacharoq.
Usta uchinchi qo‘g ‘irchoqni qoMiga olibdi.
Bu esa olijanob va andishaparvar. U eshitgan har qanday hoh yaxshi, hoh yomon gapni o ‘ziga kerakligini olib qoladi-da, qolganini esa yutib hazm qilib yuboradi. Shu bois uning bahosi ham yuqoridir! - debdi.
Xaridorlar usta kulolning qo‘g ‘irchoq yasashdagi falsafasiga tahsinlar aytishibdi.» 28
Shu tariqa xalq o ‘yinlari va o ‘yinchoqlari ko‘p asrlar davomida ajdodlarimizning aqliy, ruhiy, jismoniy kamolotga erishishida muhim o 'rin tutib kelgan. Xalq o ‘yinlari, oddiy, sodda, qiziqarli, shu bilan birga epchillik, kuchlilik, topqirlik, chidamlilik kabi insoniy fazilatlarni rivojlantirishga yordam bergan.
■s Каримов А. Бир гапим бор- уч тилло. - Т.: Фан, 1992. 12-бет.
64
Yuqoridagi fikrlami muxtasar qilib aytganda, yoshlarni jasurlik, chaqqonlik, mardlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli xalq o ‘yinlari, ijtimoiy-tarbiyaviy xarakterli milliy musobaqalar, jismoniy m ashg‘ulotlar o‘zbeklarda qadimdan rivojlanib kelgan.
Demak, xalq o ‘yinlari bolalarda ijodiy faollik, tashabbuskorlik,
tashkilotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita hisob- langan. Lekin, afsuski, yuqoridagi xalq o ‘yinlarining ko'pchiligi unutilib borayotganligi, toza havoda jismonan chiniqib o‘ynaladigan o ‘yinlar o‘rnini kompyuter o ‘yinlari egallayotganligi achinarli hol, albatta. Biz ajoyib xalq o ‘yinlari yordamida barkamol avlod tarbiyalanib, uning barcha ijobiy sifatlari shakllanishini unutmasligimiz lozim.
|
| |