|
M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent
|
bet | 25/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.JMavzu bo‘yicha nazorat savollari:
Xalq og‘zaki ijodi janrlariga nimalar kiradi va ularda qanday xislatlar talqin etiladi?
Ertaklarning o ‘ziga xos xususiyatlariga ta’rif bering.
Maqol va matallarni farqi nimada?
Qo‘shiqlarning turlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
Afsona va rivoyatlar ta’rifini misollar bilan tushuntiring.
Asotirlarning qanday turlarini bilasiz?
Topishmoq va tez aytishlarning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
«Askiya» va «latifa» so‘zlarining ma’nolarini tushuntiring.
Xalq og‘zaki ijodining qaysi janri faqat o‘zbek xalqigagina xos?
Masallarda voqelik nimalar orqali tasvirlanadi?
8 «Doston» va «baxshi» so‘zlariga ta’rif bering.
Og‘zaki va yozma dostonlar nomlarini ayting.
Dostonlar mazmunan qanday tavsiflanadi? Ulaming har biriga misol keltiring.
“ «Alpomish» dostonida qanday masalalar, tarbiyaviy tushunchalar
va inunosabatlar aks etadi?
«Alpomish» dostonining axloqiy tarbiyadagi ahamiyati nimada?
Topshiriq. Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qib chiqing va o‘z fikringizni bildiring.
49
TIL QUDRATI
Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bo‘lgan ekan. Shu qizga ikkita farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi biriga ko‘ngil berishini bilmay qolibdi. Farishtalar qizning visoliga yetishish ilinjida yelib-yuguraverishibdi. Nihoyat, qiz ularga shundav debdi: «Men yurt farzandi bo‘la oladigan o‘g‘ilga ona boiishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman. «Bu ish faqat mening qo‘limdan keladi. Men unga ilm o‘rgataman, riyoziyotdan, l'alakiyotdan saboq beraman. Siyosat bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong taratadi», - debdi birinchi farishta.
Navbat ikkinchisiga kelganda, u aytibdi: «Avloddan - avlodga me- ros qoladigan asosiy boylik - til. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Xalqning umr o‘lchovini tili belgilaydi. Dunyodagi bor go‘zallik va sehrii ona allasini eshitmoqlik baxti til bag‘rida, maqsadimni anglagandursan? Men o‘g‘lingni tiliga xiyonat qilmaslikka, qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib, ana shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka o ‘rgataman.»
Bu gaplardan olim farishta qahqaha urib kulib, raqibini aqli pastlikda ayblabdi. 0 ‘rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi. «Janjallashmanglar, - debdi qiz, - yurtda ulug‘ donishmand bor, o‘shaning huzuriga boramiz. Hammasi o‘sha joyda hal qilinadi. Uning hukmi mening uchun qonun bo'ladi». Donishmand yoniga borishibdi. U nizo qo‘zg‘agan barcha gap- so‘zlami tinglabdi-yu. «aqli past» farishtaga debdi: «Qiz seni sevadimi- yo‘qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan...»
|
| |