• «Ustoz o‘giti»4
  • M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




    Download 32,76 Mb.
    bet22/72
    Sana15.05.2024
    Hajmi32,76 Mb.
    #236345
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
    Bog'liq
    74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

    Rivoyatlar - xalqning tarixiy o‘tmishi, ajdodlarimiz ko'rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi badiiy yodnomalardir. Rivoyatlar afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi. Shunday qo‘hna rivoyatlar borki, ularning mavzusi hali-hanuz o‘z hayotiy ligini, tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan. Quyidagi «Ustoz o‘giti»'4 rivoyati mazmunidan yuqoridagi fikrlarning tasdig‘ini ko‘ramiz:
    Alisher Navoiy butun umri davomida yaxshilarni qo‘llab-quvvatlab o'tgan ekanlar. Lekin shoir yashagan davrda yaxshilar oz-u, yomonlar ko‘p ekan. SHunda Husavn Boyqaro: «Do‘stim Alisher, yurtda o'g'ri, poraxo‘r, johil odamlar ko'payib ketdi. Buning oldi olinmasa, saltanat inqirozga yuz tutishi tabiiydir. Shuning biror tadbirini qilmasak bo'lmaydi», - debdi.
    Navoiy kishilarni yomon yo‘ldan qaytarib, yaxshi. yo'lga solish rejasini tuza boshlabdi, ustozining oldiga borib, voqeani aytib beribdi. Ustozi: «Buning birdan - bir vo'li odamlarning qabristonda ko'proq bo'lishlariga erishmoqdir. Ular qarindosh-urugMarining qabrlarini ziyorat qilsalar, bu hoi o‘zgacha ta’sir qiladi. Mozorga borgan kishi uni supurib-sidiradi, gullarga suv quyadi, toat-ibodat qiladi. Shunday paytda u bir kunmas-bir kun shu yerga kelishini o‘ylaydi, vaqti-soati yetganda shu joyda yotishini anglaydi. Kevin: «Bu dunyoda yaxshilik qilgan ham, yomonlik qilgan ham o'tar ekan, kel men yaxshilikka yuz tutay, deb o‘ylaydi va insofga kelib o‘zgaradi, yaxshilik yoMini tutadi,» - debdi. Navoiy ustoziga tasannolar aytib, do'sti sulton Husayn Boyqaroga:
    «Shunday bir farmon bitmoq kerakki, hamma shodlik kunlarini ham, noxush kunlarini ham qabristonda o'tkazsin»,- deb maslahat beribdi. Husayn Boyqaro shunday deb farmon chiqaribdi. Hamma bayram kunlarini ham, ma’raka marosimlarini ham qabristonda o‘tkaza boshlashibdi. Qabriston bamisoli tarbiya makoniga aylanibdi. Bora-bora

    14 Лсотирлар ва ривояглар. - Т., «Ёш гвардия». 1990, 64-бет. (кискартириб олинди)


    38
    o‘g‘rilar ham, poraxo'rlar ham qabristonga borib, o‘zlarining xatti- harakatlarini, xulq-atvorlarini o'zgartira boshlabdilar.
    Shunday qilib Navoiy bilan ustozining harakatlari tufayli yurtda o‘g‘ri, johil, badfe’l odamlar kamayib, odamlar o‘rtasida ahillik, birodarlik va mehr-oqibat kuchayib borayotganini ko‘rgan Husayn Boyqaro Navoiy bilan ustoziga tasannolar aytibdi.
    A sotirlar (miflar) - ibtidoiy insonlarning koinot. tabiat hodisa- larining mohiyati. paydo bo‘lish sabablarini o‘zlaricha izohlash maqsadida yaratgan og'zaki hikoyalar bo'lib, voqealar yaxshilik va yovuzlik, yorug'lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik o'rtasidagi abadiy kurashlar misolida ifodalanadi. Asotirlar bir qancha turlarga bo‘linadi:
    Antropogonik miflar - insonlarning paydo bo'lishi haqidagi asotirlar.
    Etnogonik m ila r - biror urug', qabila, xalqlarning paydo bo'lishi
    haqidagi miflar.
    Esxatologik miflar - insonlarning kelajagi haqidagi asotirlar.
    Edologik asotirlar - tabiat hodisalari, tabiatdagi biror predniet yoki hodisaning paydo bo'lishi haqidagi miflar. Masalan, «Xazorasp» mifida uchar otlarni tutib, qo‘lga o‘rgatilganligi haqida hikoya qilinadi:
    «Qadim - qadimlarda bir mamlakatda uchar otlar bo‘lgan ekan.
    Ular uchib kelib, buloqdan suv ichib bo'lishgach, yana kelgan tomonlariga qarab uchib ketishar ekan. Odamlar ana shu otlarni tutib minmoqchi, qo‘shga qo‘shmoqchi bo'lishibdi. Hech qanday yo‘l bilan ularni ushlolmagach, uchar otlar doim kelib suv ichadigan buloqqa behush qiladigan dorilardan sepib qo'yishibdi. Otlar uchib kelib, odatdagiday buloq suvidan sipqorib, to‘yib-to‘yib ichishibdi-da, hushdan ketib, birin-ketin qulay boshlabdilar. Butazorlarda poylab turgan odamlar yugurishib chiqib, otlarni ushlab minib olaveribdilar. Keyin qanotlarini qirqib, ustiga minibdilar, qo'shga qo‘shibdilar. Shu buloq atrofi obod, ko‘rkam bo'lib ketibdi. Ekinzorlar paydo bo'libdi. Odamlar bu joyning nomini Xazorasp, ya’ni ming ot qo'ngan, ming ot tutilgan joy, deb yurita boshlabdilar.
    Kosmogonik miflar - dunyoning paydo bo'lishi, koinot jismlari haqidagi miflar. Koinot jismlari o'rtasidagi nisbatni o ‘zining insoniy turmush doirasiga kiritib izohlash kosmogonik asotirlarga xos yetakchi xususiyat hisoblanadi. Uzoq ajdodlarimiz koinot sirlarini tushunma- ganlar, shu bois Oy va Quyoshni ota-ona, yulduzlami esa ularning bolalari sifatida izohlaganlar. Ularning kun va tunda doim o‘rin
    39
    almashib turishini esa er-xotinning nizolashib qolganliklari tarzida tushuntirganlar.
    Quyidagi asotirda esa Oy va Yulduzning muhabbati talqin qilinishi orqali «Yulduzning uchishi» izohlanadi: Osmonda turib olam-jahonni yorituvchi Oy tun malikasi Yulduzni sevib qolibdi. Yulduzning ishqi ham Oyga tushibdi. Ikkalovi bir yostiqqa bosh qo‘yib, birga yashaymiz deb ahdu paymon qilishibdi. Buni Quyosh bilib qolibdi. Oy bilan Yulduzning bir-birini sevib, ahil oila qurishiga qarshi chiqibdi. Oyga:
    «Bu yo‘lingdan qayt», - debdi. Oy: «Yo‘q, qaytmayman. Ahdim ahd, Yulduzga uylanaman», - debdi. Quyosh Yulduzga: «Bu niyatingdan qayt», - debdi. Yulduz: «Yo‘q, bu yo'ldan qaytmayman. Va’dam va’da»,

    • debdi. Quyosh: «Hali shunaqami, mana boMmasa», - deb Oy bilan Yulduzga tashlanibdi. Yulduz qochib qolibdi. Oy qocholmabdi. Quyosh uning yuzini timdalab olibdi. Yulduzning uchishi shundan emish. Oyning yuzida dog‘ bo‘lishi shundan emish...


    Download 32,76 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




    Download 32,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

    Download 32,76 Mb.