BU QIZIQ!
Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, u buyuk yunon faylasufi Aristotelning «Metafizika» kitobini 11 marotaba o‘qib, tushuna olmagan ekan va bundan ma’yus tortib, hafsalasi pir bo‘lib, kitobni tokchaga tashlab qo‘ygan ekan. Kunlardan bir kuni u kambag‘al, bechora bir kishi qo‘lidagi kitobni odamlardan sotib olishlarini yolvorib turganini, yeyishga bir burda noni ham yo‘qligini aytib, zorlanib turganini ko‘rib qolibdi.
Ibn Sino rahmi kelib, kitobni ko‘rib ham o'tirmay, sotib olibdi-da, uyga kelib varaqlay boshlabdi. Ko‘ribdi-yu, xursandchiligi ichiga sig‘may ketibdi. Kitob, o‘zi izlab yurgan, Farobiyning Aristotelning «Metafizika» kitobiga yozgan sharhi ekan. Kitobni bir marta o‘qib chiqishdayoq, Aristotelni tushunib, uni to4a o‘zlashtirib olgan ekan.
Xalq og‘zaki ijodi va dostonlar xalq pedagogikasining muhim manbai sifatida
Xalq pedagogikasi ko‘p qinali tarixiy, boy madaniyatimiz va ma’naviyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lsa, olis o‘tmishda yaratilgan va asrlar osha sayqal topib, bizgacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalari xalqimizning ana shu boy madaniyat merosining durdonalaridir.
Xalq og‘zaki ijodining o‘lmas namunalari xalqimizning ma’lum davrdagi turmush tarzi, urf-odatlari, mehnat faoliyati, xalqimiz qalbidagi orzu-umidlari, g‘am-tashvishlari, armon, quvonchlarini ifodalaydi, shu bilan birga har bir davrga hamnafas bo‘!ib yashaydi.
Xalq tomonidan yaratilib, og'izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan badiiy asarlar xalq og'zaki ijodi yoki folklor (ingl. «folk» - xalq,
«lore»- donolik. ya’ni xalq donoligi, donishmandligi) deb yuritiladi. Xalq og‘zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo‘shiqlar, maqol, matai,
31
afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof, lapar, termalar, askiya, doston, tez aytish, masal, alia, yor-yorlar, kelin salomlar, topishmoq, naqllar, hikmatlar, pandnomalar, aforizmlar va b. Xalq og‘zaki ijodining yuqo- rida sanab o‘tilgan barcha janrlarida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash yo‘llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat, saxiylik, olijanob- lik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb- hunarga muhabbat, halollik, adolat, insof, andishalilik, insonparvarlik, kabi xislatlar ulug‘lanadi, yomonlik, bevafolik, baxillik, xasislik, qo'rqoqlik, nomussizlik, manmanlik, kaltabinlik, xushomadgo‘ylik, andishasizlik, ochko‘zlik, mas’uliyatsizlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi. Shu o‘rinda og‘zaki ijod namunalari odob-axloq, ta’lim- tarbiya borasida o‘ta hayoti}', xalqchil va ibratliligini, shu bois uning umumbashariy ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlashimiz joiz.
Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan biri ertakdir.
|