M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent




Download 32,76 Mb.
bet13/72
Sana15.05.2024
Hajmi32,76 Mb.
#236345
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
Bog'liq
74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

YUSUF XOS HOJIB


(XI asr)


Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv oikasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida 1016-1018 villar orasida tug‘ildi. Alloma haqida uning «Qutadg‘u bilig» asaridan boshqa birorta ma'lumot vo'q.
«Qutadg‘u bilig» - «Baxtga eltuvchi bilim» demakdir. Asar turkiy tilda yozilgan bo‘lib, uni Vatan, el-yurt madhiyasi deyish mumkin. Asarda
turkiy xalqlarning davlat tuzilishi, el-yurt farovonligi yo‘lidagi tadbirlar talqin etiladi. Dostonning asosiy qahramonlari to‘rt timsoldan tashkil topgan. Birinchisi - bosh hukmdor Kuntug‘di, u Adolat ramzi. U quyoshdek barchaga barobar nur taratadi. Ikkinchisi - bosh vazir OytoMdi, u Davlat ramzi. Lekin davlat, baxt, omad, boylik doimiy emas, ular goh oy kabi to'lishadi, goh hilol singari noziklashib, ko‘rinmay qoladi. Uchinchisi - hukmdoming yaqin maslahatchisi, OytoMdining o‘g‘li - 0 ‘gdulmish, u aql va bilim ramzi. Boylik, omad, baxt, davlat, amal o‘tkinchi bo‘lsa, aql va bilim doimiydir. To‘rtinchisi - OytoMdi va 0 ‘gdulmishning qarindoshi 0 ‘zg'urmish, u qanoat ramzi. Agar jamiyatda, insonda qanoat bo‘lmasa oqibati yomon bo‘ladi. OytoMdi davlati va boyligiga ishonib qarindoshi 0 ‘zgurmishni eslamaydi, aql va bilim egasi 0 ‘gdulmish aksincha, u haqida hukmdorga xabar beradi.
Yusuf Xos Hojib ushbu asarida goh mutafakkir, goh muarrix, goh zukko olim, goh hassos shoir obrazida ko‘rinadi, shuningdek, o‘z vatanining fidoiy oshig‘i, o‘z elining sadoqatli farzandi sifatida namoyon bo‘ladi.
«Qutadg‘u bilig»- ta'lim va tarbiya, axloqodobga oid pedagogik darslikdir. Asardan keltirilgan quyidagi misollar buning yorqin dalilidir:
Bilimni buyuk bil, uquvni ulug‘, Shu ikkov ulug‘lar kishini tyliq.
- Yana bir hikmat bor: Hazrati odam- Bilim, aqlu idrok sabab muhtaram.

26
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik, Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.


Tilingni avayla - omondir boshing, So‘zingni avayla uzayar yoshing.
Dono maqtov olar, nodon-chi, so‘kish, O ’zing o‘yla, senga ma'qul, qaysi ish?

  • Agar bo‘Isa ezgu yomonga ulfat, Yomondan ko‘ra ko‘p keltirar kulfat.

Quyida allomaning pedagogik qarashlari va tarbiyashunoslikka oid asarlaridan misollar keltiramiz:

  • Quyosh nurlarini berkitib bo'lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmas.

Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, laoqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.

  • Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek.

  • Agar tilingning ortiqcha so‘zlashiga ega bo‘la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan.

  • Kimki baxt-iqbolli, soliq kishilaming etagiga yopishsa, u albatta murodu maqsadiga erishib, xayru baraka topar.



AHMAD YASSAVIY

Download 32,76 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Download 32,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. J. Mutalipova xalq pedagogikasi toshkent

Download 32,76 Mb.