ABU ALIIBN SINO (980-1037)
Buyuk olim va mutafakkir Abu Ali ibn Sino 980 yil Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tavallud topgan. U Buxorodagi ilmiy muhit ta’sirida ulg'ayadi. Uning yoshligi va o‘spirinligi Somoniylar hukm- ronligi yillariga to‘g ‘ri keladi. U saroyning boy kutubxonasidan foydalanadi. IX asr boshlarida Ibn Sino Xorazmga ko‘chib
24
keladi va shoh Ma’mun saroyidagi olimlar bilan tanishadi.
Ibn Sino yunon, arab, fors olimlarining kitoblarini, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Roziy, Ahmad Farg'oniy kabi vatandoshlarining asarlarini, shuningdek, qadimgi yunon ilmi vakillari Aristotel. Platon, Evklid, Fales, Geraklit, Suqrot, Pifagor, Gippokrat asarlarini chuqur o‘rganadi.
Buyuk olim falsafa, tabobat, tabiat ilmlariga bag‘ishlangan «Shifo kitobi», «Tib qonunlari», «Najot kitobi», «Bilimlar kitobi» kabi yirik asarlarini yozadi. Uning falsafiy asarlarining eng yirigi «Shifo kitobi» to‘rt qism, 22 jilddan iborat boMib, unda mantiq, metafizika, fizika, matematikaga oid masalalar talqin etiladi. Olimning «Tib qonunlari» asari o‘z mazmuniga ko‘ra tibbiy bilimlarning qomusi hisoblanadi. U besh mustaqil tibbiy asardan iborat bo'lib, har biri ma’lum sohani izchil yoritib beradi. Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, ikkinchi kitobda asosan 0‘simliklardan tayyorlanuvchi 760 ta dorining xususiyati, uchinchi kitobda insonning ayrim a’zolarining kasalliklari, to‘rtinchi kitobida inson organizmining umumiy kasalliklari va davolash usullari, beshinchi kitobida esa murakkab dorilaming organizmga ta’siri, ularning tayyorlanishi haqida qilingan. «Tib qonunlari» asari sakkiz asr davomida ham Sharq, ham G‘arb mamlakatlarida tibbiyot sohasida qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.
Ibn Sino matematika, astronomiya, fizika, ximiya, mineralogiya, geologiya, botanika, filologiya, she’riyat va boshqa qator sohalarga oid asarlar yaratgan.
Ibn Sino yaratgan 450 dan ziyod asarlaridan 242 tasigina bizgacha yetib kelgan. Shundan 80tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli,
43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga oid, 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan yozishmalardan iborat.
Yirik qomusiy olim va buyuk iste’dod sohibi Abu Ali ibn Sino Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur boMgan.
Alloma asarlarida ta'lim-tarbiyaga oid g‘oyalar ham talqin etilgan. U komillikka erishishning eng maqbul yo‘li ilm egallash ekanligini uqtiradi. Bilimsiz kishilar johil boiadi va haqiqatni bila olmaydilar, bilimni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oyani ilgari suradi. Bolalarning maktabda jamoa boiib o‘qitilishining foydali jihatlarini sanab o‘tadi.
Ibn Sino ta’limotida o‘qitishning qaysi metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi haqida ham ma'lumotlar bor. Uning
25
ta’kidlashicha, qaysi ta'lim metodidan foydalanishdan qat’i nazar bilim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlami amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsaddir.
|