• Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi
  • Xalq maktablari, san’at maktablari




    Download 2.68 Mb.
    bet9/11
    Sana09.02.2023
    Hajmi2.68 Mb.
    #41642
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    lon Ochiq dars Djumayeva S.A 2022 yil 17-fevral
    2 5228899653818259314, test 24 talik, Dasturlash asoslari. Aripov.M.M, Тех.Харита, 10-UBerdibayev-I-Usupov-konferensiya-makalalar-toplamy-5-maj-297-299-betlar, Mavzu Operatsion tizimlarning jarayonlari boshqaruvi Kirish, @pdfustabot 2, Sim ken pol tex, slayd, ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI, kursovaya 1, Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi, Ekologiya faniga kirish, Sivilizasiya tiplari va turlari
    Xalq maktablari, san’at maktablari
    Eramizdan oldin taxminan 484 (480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning Tarix kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta'lim-tarbiya tarziga oid muhim ma'lumotlar berilgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g’il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o‘g’li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e'tibor berishgan. O‘g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to‘g’ri so‘zlikka o‘rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘gil bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar. O‘g’illar hyech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar. Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. Shu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar1 . Gerodotning ushbu ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o‘g’il farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e'tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko‘rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqyeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo‘ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko‘taradilar: ―Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku! Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar. Bu voqyeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta'sis etadi: Bu shaharga qaysi shoh qadam qo‘ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin . Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o‘zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o‘rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to‘g’rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o‘z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar. Plutarxning yana bir o‘rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy еrli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urfodatlarini o‘zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo‘lgan harbiy san'at sirlarini o‘rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko‘p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o‘sha davrda ko‘plab maktablar ochilgani hamda unda еrli aholi farzandlari ham o‘qitilganidan dalolat beradi. So‘g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va Eski xatlar nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so‘g’d yozuvi haqida ma'lumot beradi.
    Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so‘g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o‘z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan xatlar3 tashkil qiladi. Imperator Yan Li (615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo‘lga qo‘yilgan ta'lim-tarbiya haqidagi ma'lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o‘g’il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savdoni o‘rgata boshlaydilar. O‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlari ham o‘rgatilgan. Syuan-Szin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o‘qitilgani, ta'lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to‘grisidagi ma'lumotlarni beradi. Bu ma'lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o‘zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi. Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni biz yana xalq og’zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g’oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda nurning muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, yaxshilik va baxt-saodatga chulg’angan o‘lkalarini yaratadilar. Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzuistaklari, o‘y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar Avesto, Abulqosim Firdavsiyning Shohnoma asarlari orqali ma'lumdir.
    Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi.
    Avesto eng qadimgi yozma ma'rifiy yodgorlik sifatida Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo‘lib, ular avloddan avlodga og’zaki va yozma ravishda o‘tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avesto asari mundarijasidan o‘rin olmaganda edi, biz ular haqida hyech qanday ma'lumotga ega bo‘lolmagan bo‘lardik. Avesto asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo‘lib, mashhur sharqshunos olim E. Bertelsning fikriga ko‘ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr Zardushtnoma dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kelgan. Xususan, dostonda Avesto va Zendni Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug’ilishi va keyingi hayoti xususidagi ma'lumotlar keltiriladi. Ya'ni, Zardushtnoma Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu (Dostondan parcha) Men pahlaviy deb atalgan yozuvla bitilgan Shohona kitoblardan birini ko‘rdim. U asrab kelingandir barcha oqillar va Ustozlar ustozi mobedlar mobedida. Unda olam hodisalari, ajdodlar Va shohlar ishlari haqda bitilgan. Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesta va Zendaning hikoyatlari bitilgan. Shuningdek, Zardushtning onadan tug’ilishi va so‘ngra u bilan yuz bergan voqyealar Bandalarchun bu kitob eskidur endi Va hyech kim uni o‘qiy olmaydi Mazkur doston 1760 yil mashhur fransuz olimi Anketil Dyu Perron tomonidan avval lotin tili, keyin esa fransuz tiliga tarjima qilingan. Asarni ingliz tiliga Istvix tarjima qilgan. Keyinchalik asarning F.A.Rozenberg tomonidan qilingan fransuzcha tarjimasi ham e'lon qilingandir. Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dostonda keltirilgan ma'lumotlarni qanday manbalarga asoslanib bayon etganligi haqida ma'lumot yo‘q edi. Lekin tadqiqotchilar dostonni yozishda muallifning ikki muhim manba- Avestoning yo‘qolib ketgan Chitradat (o‘n ikkinchi) va Spent (o‘n uchinchi) nusxalaridan foydalanganligini e'tirof etadilar. Darmsteter Zardusht birinchi inson Gayomard haqidagi afsonaviy rivoyatning afsonaviy qahramoni bo‘lib, xalq fantaziyasining mevasidir, deydi. Afsonada hikoya qilinishicha, u jaholat ramzi sanalgan ilon bilan kurashib halok bo‘ladi. Undan uch o‘g’il qolib, ular uch tabaqa – kohinlar, harbiylar hamda dehqonlar avlodiga asos solganlar. Mavjud manbalar, shuningdek, so‘nggi yillarda e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra zardushtiylik Sharq xalqlari sig’ingan qadimgi dinlardan biri sanaladi. Mazkur dinning asoschisi Zardusht (Sariq to‘n egasi degan ma'noni anglatadi) bo‘lib, din ham uning nomi bilan atalgan. Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 yilda tug’ilgan bo‘lib, 77 yoshida, ibodat qilayotgan paytida dushman qohinlaridan biri tomonidan o‘ldirilgan. Zardusht o‘z davrida ikki xudolik g’oyasini ko‘tarib chiqadi. Asta-sekin u payg’ambar darajasiga ko‘tariladi va o‘zini Axura-Mazda, ya'ni, Oliy Tangri elchisi deya e'lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik va yomonlik dunyosi tarzida ikkiga bo‘ladi. Bu ikki dunyo o‘rtasida bir-biriga qarama-qarshi g’oyalar ustuvor bo‘lib, ular o‘rtasida doimo kurash ketadi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko‘plab o‘lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so‘ng zardushtiylik dinining g’oyalari yanada keng yoyila boshlaydi.


    Download 2.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq maktablari, san’at maktablari

    Download 2.68 Mb.