|
G‘oya asosida kishilarni uyushtirish
|
bet | 4/9 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 86,4 Kb. | | #262125 |
Bog'liq milliy22. G‘oya asosida kishilarni uyushtirish. Jamiyat faqat o`z shaxsiy manfaatini ko`zlaydigan odamlar yig`indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamiyat bo`lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e`tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo`ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi o`tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a`zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo`lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.
O`zining Vatan deb atalmish ulug` bir oilaga mansubligini his etish tuyg`usi o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki muttasil va izchil g`oyaviy tarbiya samarasi o`laroq, yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, axillik, mehr-shafqat xislatlari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning mahsuli bo`lgani kabi, jamiyatning g`oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o`rtasida hamjihatlik, totuvlik, o`zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi. Shu ma`noda aytish mumkinki, milliy istiqlol g`oyasi kishilar ongiga teran singishi bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi maslakdoshlarga aylanadilar.
3. G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg`or g`oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir.
Mafkurada ifoda etilgan g`oya va maqsad jamiyatdagi ko`plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo`ladi, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi.
U jamiyatda ro`y beradigan tub o`zgarishlarga zamin yaratadi, unga keng xalq ommasini ma`naviy-ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so`ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi.
Jahon tarixida bunga misollar juda ko`p. Bunyodkor mafkuraning safarbar etuvchi roli tub ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlarda, jamiyat hayotidagi ma`naviy o`zgarishlarda yakqol ko`zga tashlanadi. Buni xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashida, turli bunyodkorlik ishlarida, chunonchi xashar yo`li bilan suv inshootlari, ko`priklar, yo`llar, shahar va qishloqlar qurishdagi umumiy safarbarlik ishlarida ko`rish mumkin.
Mafkura ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy o`zgarishlarga faol munosabatda bo`ladi, ularni yo ma`qullab qo`llab-quvvatlaydi, yoki inkor etadi. Binobarin, mafkura o`z mohiyatiga ko`ra ijtimoiy o`zgarishlarga befarq bo`la olmaydi.
Jamiyatdagi turli sotsial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga o`z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq, mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyati sotsial o`zgarishlar jarayonida doim ham ko`zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o`zgarishlar davrida yakqolroq namoyon bo`ladi. Masalan, mamlakat mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo`lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o`ynaydi.
Siyosiy kurashlar davrida aholining juda oz qismini va tor doiradagi manfaatlarni ko`zlovchi, buzg`unchilikni maqsad qilib olgan mafkuralar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo`lgan guruhlar bilan aholining asosiy qismini tashkil etuvchi guruh va sinflar o`rtasida mafkuraviy masalalarda turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta`kidlagani kabi: «Xalq – o`zining ming yillik an`ana va tajribalari, sunmas xotirasi va buyuk tuyg`ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch poligonga, aldovga duch kelgan paytda uning asriy qadriyatlari, doimo uyg`oq vijdoni tilga kiradi, noxaqlikka, qabixlikka qarshi kurashga da`vat etadi».2
|
| |