|
Vatanparvar kishi qanday bo`lishi kerak deb xisoblaysiz?
|
bet | 7/9 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 86,4 Kb. | | #262125 |
Bog'liq milliy21. Vatanparvar kishi qanday bo`lishi kerak deb xisoblaysiz?
а) mehnatkash, tortinchoq
b) uyatchan, yalqov, maqtanchoq
d) sadoqatli, dov yurak, irodali, elparvar.
2. Istiqlol deganda nimani tushunasiz?
а) birgalikda yashash;
b) hurlik, ozodlik, erkinlik.
v) a`lo baholarga o`qish;
3. Birinchi sentabr qanday bayram?
а) onajonlar bayrami
b) birinchi qo`ng`iroq kuni
v) mustaqillik bayrami, bilimlar kuni.
4. Siz Vataningiz uchun nima qila olasiz?
а) a`lo baholarga o`qiyman, vatanim boyliklarini asrayman, vatanimga
xizmat qilaman.
b) ota-onamga yordam beraman.
v) o`rtog`larim bilan urushmayman.
Tarqatilgan test savollarining barchasiga xam to`liq javob olinmadi.
Vaxolanki, yozma ish usullarining ko`lami keng bo`lib, ular ham o`quvchilarning ayniqsa, Maktabgacha sinf o`quvchilarining xat savodxonligini o`stirish bilan birga mantikiy fikrlashga, dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillardan biridir.
3. Yoshlarni vatanga e’tiqodli qilib tarbiyalash
Mustaqilligimiz tufayli xalqimiz qadriyatlarini mukammal o`rganish, ularga yangi ma`no-mazmun ato etish, bugungi kun talablariga javob beradiganlarini yanada samaradorligini, ularni ta`sir doirasini kengaytirish, yangicha dunyoqarashni shakllantirish oqibatida, yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash muhim vositalardan biridir.
Bizga ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayoni uzoq davom etadigan, o`zida xalq an`analarini mujassamlashtirgan jarayon bo`lishi lozim. Shu borada o`quvchilarga ta`lim va tarbiya berishning asosiy omili dars jarayoni muhim ahamiyati egadir. Ushbu asosiy omil asosida Maktabgacha sinf o`quvchilarda “Vatan”, “Vatanparvarlik”, “Vatanga e`tiqod tuyg`usi” shakllantirib boriladi.
Dars o`quv ishlarining markaziy qismi bo`lib, Maktabgacha sinf o`quvchilarini bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirish bilan birga, ularni milliy qadriyatlarimiz xaqida tushunchaga ega bo`lishida, milliy qadriyatlarda aks etgan axloqiy sifatlarni o`quvchilarda hosil qilishda uning roli va urni beqiyosdir. Bizga ma`lumki, har bir dars umumiy didaktik talablarga javob berishi, jumladan darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanishi, undan foydalanish imkoniyatlarini izlashi lozim.
Qabul qilingan barcha yuqoridagi hujjatlarda umumiy o`rta ta`lim muassasalari davlat hujjatlarida o`quvchi-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida, Vatanga e`tikod tuyg`usini shakllantirishda, ularni axloqiy fazilatlarni shakllantirishda, vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish masalasiga alohida e`tibor berilgan.
Dars jarayonini tashkil etishda ko`p narsa o`qituvchining bilim saviyasiga, madaniyatiga, pedagogik mahoratiga bog`lik. Bir soatlik dars jarayonida o`qituvchi Maktabgacha sinf o`quvchilarining ongi va tafakkurini shakllantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatishi, qolaversa dunyoviy bilimlarni yetkazish bilan birga, qadriyatlarga nisbatan milliy g`urur, vatanga e`tiqodni tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz mazmun, mohiyati haqida tasavvurni hosil qilishi, pirovardida esa, ularda axloqiy fazilatlarni shakllantira olish asosiy maqsad bo`lishi lozim.
Yuqoridagi maqsadga erishish uchun o`quvchilarning diqqatini quyidagi masalalarga qaratishi lozim deb hisoblaymiz:
1. Dars jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning tarkibiy qismlari haqida Maktabgacha sinf o`quvchilarning bilim va qiziqish doiralarini hisobga olgan holda, elementar tushunchalar berishni yo`lga qo`yish;
2. “Vatan”, “Vatanparvarlik”, “Vatanga e`tiqod” tushunchalarining mazmun, mohiyati, funksiyalari haqida ma`lumotga ega bo`lishlari va ularning inson hayotidagi o`rni va roliga e`tiborni qarata olishi;
3. Xalqimiz tarixida o`tgan Vatanga e`tiqodli insonlarning faoliyatlari tahlilida o`quvchilarning Vatanga e`tiqoli qilib tarbiyalash;
4. Dars jarayonida Maktabgacha sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqodli qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoiny qadriyatlarning mushtarakligini ta`minlay olish, pirovardida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa millat vakillariga nisbatan hurmat va do`stona munosabatni tarbiyalashi lozim.
Maktabgacha sinf o`quvchilarining ruhiy-ma`naviy holatini bilgan holda, axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish va milliy qadriyatlarga bo`lgan munosabatni o`zgartirish orqali Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Bu ruhiy-ma`naviy holat darsliklarda aks etgan mavzu yuzasidan o`qituvchi tomonidan qilingan hikoya, suxbat yoki ko`rinish tarzida, xalq og`zaki ijodi namunalarini tinglaganda, ayniqsa, Vatan fidoiylarining qaxramonliklarini hikoya qilganda sodir bo`ladi. Bizga ma`lumki, bolalik deb atalmish bu davr o`zining ishonuvchanligi, taqlidchanligi, qiziquvchanligi hamda soddaligi bilan ular hayotida uchmas iz qoldiradi. Ular yuqoridagi voqealarni tinglaganlarida, o`sha qaxramonlarga o`xshagisi keladi, o`zlarining uyinlarida ularga taqlid qiladilar, ular albatta xalq ximoyachisi va Vatanga e`tiqodli insonlar bo`lishga harakat qila boshlaydilar.
Biz Maktabgacha sinflarda milliy qadriyatlar orqali Vatanga e`tiqodni tarbiyalashni asosiy omili bo`lgan dars jarayonida Vatanga e`tiqodni tarbiyalash samaradorligini oshirishda quyidagi tarbiya metodlardan foydalanishni maqsadga muvofiqdir deb bildik: kuzatish va nazorat qilish, suhbat, hikoya, tushuntirish, rag`batlantirish, tanbih berish, ma`qullash, ko`rgazmalilik, namuna ko`rsatish, ishontirish, bahs va munozara metodlardan keng foydalanish lozimdir.
Maktabgacha sinf o`quvchilarini milliy qadriyatlar orqali Vatanga e`tiqod ruhida tarbiyalashda quyidagi milliy qadriyatlarning namunalari tarbiya vositalari bo`la oladi: xalq og’zaki ijodi namunalari, urf -odatlari, rasm-rusumlar, yozma bitiklardagi Vatanga e`tiqod g`oyalari, islom ta`limotidagi insonparvarlik g`oyalari, mashhur alloma va mutafakkirlarning Vatanga e`tiqod haqidagi g`oyalari, halqimiz tarixida o`tgan Vatanga e`tiqodli insonlarning Vatan uchun olib borgan jangu-jadallari, o`lkashunoslik manbalari, xalq amaliy san`ati, tarixiy muzeylar, radio-televideniya, kompyuter vositalari, “Kamalak” bolalar uyushmasining faoliyati va boshqalar.
Biz avvalo, maktablarda Maktabgacha sinf o`qituvchilarning bu vazifani qanday amalga oshirayotganliklarini kuzatdik. Tadqiqotimizda asosan o`qituvchilar tomonidan Maktabgacha sinf o`quvchilariga Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllantirish masalasi buyicha amalga oshirayotgan ishlarning ahvoli, o`qituvchilar va o`quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga e`tiqod haqida tushunchasi va bunga ularning munosabatini aniqlashdan boshladik. Maktabgacha sinflarda ishlarning ko`lami bilan tanisha borib, ularning yillik rejalarini, har bir sinfda “O`qish” va “Odobnoma” fanlarida milliy qadriyatlar namunalariga ajratilgan soatlarni tahlil qilib chikdik.
Kuzatishlardan maqsad o`qituvchilarning o`quvchilarda Vatanga e`tikodni tarbiyalashda “O`qish”, “Odobnoma” darslarida milliy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish tajribalarini o`rganish va tahlil qilish edi. Buning uchun Qarshi shaxridagi bir nechta maktablarning Maktabgacha sinf o`qituvchilari va o`quvchilari o`rtasida suhbatlar tashkil etib, shu bilan birga surovnomalar tarqatdik. Jumladan, Karshi shaxridagi 7-maktabning Maktabgacha sinf o`qituvchisi Y.Xikmatova, 30-maktabning Maktabgacha sinf o`qituvchisi U.Odilova va ko`pgina o`qituvchilarining darslarini kuzatdik. Ushbu kuzatishlar yuzasidan o`qituvchilar bilan suhbatlar uyushtirdik. Va Maktabgacha sinf o`qituvchilarning milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilarda vatanga e`tiqodni shakllantirishdagi sa`y-haraktlarini aniqlash maqsadida surovnoma tarqatib ularda quyidagicha savollar kiritdik:
Milliy qadriyatlarni o`rganish jarayonida yoshlarni Vatanga e`tiqodni shakllantirish masalasiga qanday qaraysiz?
Siz o`z malakangizda, Maktabgacha sinf o`quvchilarida, milliy istiqlol g`oyasi orqali Vatanga e`tiqodni shakllantirishga harakat qilganmisiz?
Milliy qadriyatlar orqali o`quvchi-yoshlarda yangicha dunyoqarashini shakllantirish, ularda Vatanga e`tiqod hissini tarbiyalashda qanday usul, yullarni qo`llash mumkin deb bilasiz?
Pedagogik fikrlar taraqqiyotida Vatanga e`tiqod mavzusining yoritilishi haqida nimalarni bilasiz?
Biz so`rovnomadagi savollarga javob variantlari belgilamadik balki, Maktabgacha sinf o`qituvchilarining to`la, erkin fikrlashlari, tanlagan mavzumizga nisbatan ularning munosabatini bilish uchun imkoniyat yaratdik. Ularning biz tanlagan mavzuga nisbatan qiziqishlarini bilish juda muximdir.
Anketa savollaridan tashqari o`qituvchilar bilan alohida suhbatlar o`tkazdik. Suhbatlarimizning mazmunini milliy g`oya, bugungi kunda u asosida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy g`oyani ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilinishi hamda Vatanga e`tiqod va uning milliy g`oyada ifodalanishi, bu mavzuni darslarda o`rganish orqali Yoshlarni tarbiyalashda,Vatanga e`tiqodni tarbiyalash haqida bo`ldi. Ularga quyidagi qo`shimcha savollar bilan murojaat qildik:
G`oya deganda nimani tushunasiz ?
Milliy g`oya deganda nima tushuniladi ?
Milliy istiqlol g`oyasi va uning o`quvchilar tabiyasidagi ahamiyatiga bo`lgan qarashlaringiz qanday?
Keyingi paytda, kadriyatlar milliy istiqlol g`oyasi bo`yicha yaratilgan qanday ilmiy adabiyotlar bilan tanishgansiz?
E`tiqod deganda nimani tushunusiz?
Qanday insonlarni haqiqiy Vatanga e`tiqodli inson deb hisob laysiz?
|
| |