• Tadqiqot ishining vazifalari
  • Kurs ishining obyekti va predmeti
  • Tadqiqot ishining maqsadi




    Download 86,4 Kb.
    bet2/9
    Sana10.06.2024
    Hajmi86,4 Kb.
    #262125
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    milliy2

    Tadqiqot ishining maqsadi: Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish va targ‘ib etishda internet, televideniya hamda mobil aloqalarning ahamiyati bugungi kunda juda muhimdir. Milliy g‘oya targ‘ibotida mazkur vositalardan foydalanish borasida yurtimizda ham bir qator salmoqli va samarador ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
    Tadqiqot ishining vazifalari: Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g’oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday ta’sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog’liq. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko’pini tashkil etadi.
    Kurs ishining obyekti va predmeti: Yoshlarni tarbiyalash tizimida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish.

    1. Milliy istiqlol g‘oyasi asosida bolajonlarni vatanga e’tiqodni tarbiyalashning nazariy asoslari.
    O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma`naviy sohalarida katta islohatlarning sodir bo`lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. Bu avvalo, kelajak avlodning ana shu o`zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarsh va e`tiqodga ega bo`lishini talab etadi. Chunki, mamlakatimiz kelajagi va istiqboli ana shu yosh avlod tarbiyasiga har tomonlama bog`liq.
    Ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan yurtimizda o`z e`tiqodiga suyangan, tanlagan yo`lidan qaytmaydigan, vatan sha`nini har narsadan ustun deb biladigan axloqli, odobli yoshlarning bo`lishi davr talabidir. Buning sababi esa mustahkam e`tiqodga va mustaqil fikrga ega bo`lgan yoshlargina yurtimiz farovonligini yuksaklarga ko`tara oladi.
    Boy ma`naviy qadriyatlarimizga munosabatni belgilashda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev maqsad, faqat ilmiy madaniy merosni o`rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi qirralari, hikmatlarini ochish, ularni hayotga tadbiq qilishdan iborat ekanligini mustaqilligimizni ilk kunlaridanoq belgilab bergan edilar. Prezidentimiz tomonlaridan ma`naviyatni iqtisoddan ustuvor deb e`lon qilinishi milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramiznint asosini tashkil qiluvchi ulug`vor milliy g`oya edi. Bu milliy g`oya chuqur ilmiy asoslarga ega bo`lib, juda to`g`ri tanlanganligini dunyoviy, diniy fanlar va hayot isbotlamoqda hamda butun dunyo hamjamiyati tan olmoqda.
    Sh.Mirziyoyevmilliy g`oya, milliy mafkura har kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan ham kelib chiqishini «Fidokor» gazetasining muhbiri bilan (2000 yilning, iyun oyi) «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» nomli muloqotlarida bayon qilgan edilar: «Chunki mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmuni, ularning intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o`z taraqqiyot yo`lini, ertangi kun ufqlarini o`zining milliy g`oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi». Prezidentimizning bu fikrlarini g`oya, mafkura, milliy g`oya, milliy mafkura, ma`naviyat atamalarining etimologiyalari ham tasdiqlab beradi.

    Download 86,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 86,4 Kb.