X U L O S A VA TAVSIYALAR




Download 86,4 Kb.
bet8/9
Sana10.06.2024
Hajmi86,4 Kb.
#262125
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy2

X U L O S A VA TAVSIYALAR

Insoniyat tarixi va tajribasi shuni ko`rsatadiki, qayerda ma`naviy -ma`rifiy tarbiya masalasi jamiyatimizning doimiy e`tibor markazida tursa, qaysi xalq, qaysi millat yosh avlod tarbiyasi ustida uzoqni ko`rib, tinimsiz ish olib borsa, shu yurtning farzandlari elning chinakkam g`ururi va iftixoriga aylanadi.


Bugungi kunda mamlakamizda olib borilayotgan barcha ishlarning, islohotlarning negizida yosh avlodni haqiqiy Vatanga e`tiqodli, ma`naviy-axloqiy, insoniy fazilatlari yuksak darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash yotadi. Mamlakatimiz rivojlanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir paytda, yoshlarda mustahkam e`tiqodni shakllantirish davr talabidir. Yoshlarimizda Vatan ravnaqi yulida xizmat qilish, Vatan manfaatini o`z manfaatlaridan ustun qo`yish, Vatanni qo`riqlash, yurt tabiati va boyliklarini asrash eng asosiysi Vatanga nisbatan chin e`tiqodni tarbiyalash o`qituvchi-pedagoglarning hayotiy vazifasidir. Toki Vatan muqaddas tushuncha ekan, shu Vatan tuprog`i va millat sha`ni uchun jon bergan bobolarning, aka-ukalarning xotirasi hurmati yoshlarni xaqiqiy Vatanga e`tiqodli insonlar qilib yetishtirishning ayni vaqtidir.
Mamlakatimizni rivojlantirish, dunyo miqyosiga olib chiqish bugungi yosh avlodning burchi va vazifasidir. Bu borada ularda yuqorida aytganimizdek chin e`tiqodni shakllantirish, ularni qo`llab-quvvatlash xalqimiz va hukumatimizning vazifasidir. Buyuk alloma, mutafakkirlarimiz ning ma`naviy merosi, xalqimizning boy og`zaki ijodi, yozma manbalari, go`zal bayramlari hamda urf-odatlari, xalq xunarmandchiligi, o`lkashunoslik manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash borasidagi benihoya qimmatli boylikdir.
Milliy istiqlol g`oyasi asosida Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilardavatanga e`tiqodni tarbiyalashda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim degan xulosaga keldik:
1. Bugungi kunda milliy istiqlol g`oyasi asosida Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilardavatanga e`tiqodni tarbiyalash hukumatimiz va xalqimiz talabi bo`lib, bu esa pedagogik jarayon zimmasiga katta ma`suliyatni yuklaydi.
2. Maktabda milliy qistiqlol g`oyasini o`rganish natijasida o`quvchilarda axloqiy sifatlarning yanada takomillashuvi bilan birga, kelajakda, hayotda, jamiyatda o`z yullarini tanlashi, mustahkam e`tiqodli insonlar bo`lib yetishuviga hamda o`zlarida mavjud bo`lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.
3. Tadkikot davomida Vatanga e`tiqod inson e`tiqodining eng sara namunasi sifatida baholandi.
4. Milliy g`oya orqali Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilardaVatanga e`tiqodni tarbiyalashning eng qulay vositalaridan biri Vatanga e`tiqodli inson ideali xisoblanadi, bular misolida Shirok, Tumaris, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Ulugbek, Jaloliddin Manguberdi va boshka ko`plab o`zbek xalqining buyuk siymolarini keltirish mumkin.
5. Maktabda o`quvchilarni Vatanga e`tiqod ruhida tarbiyalash maktabdagi tarbiyaviy ishlarning asosi hisoblanib, bu ishlarni Maktabgacha sinflardan yaxshi yulga qo`yilsagina kelajakda, o`z samarasini beradi.
6. Maktabgacha sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqodli insonlar bo`lib yetishuvida maktab va oila hamkorligining ustuvorligini rad etmagan holda, bu ishlarga ota-onalarni jalb etish bilan birga, ular bolalarga ibrat bo`lishlari, avvalo o`zlari ham Vatan tushunchasini muqaddas hisoblab, milliy qadriyatlarni yaxshi bilishlari, milliy qadriyatlarimizga nisbatan farzandlarida hurmat hissini tarbiyalab borishlari kerak.
7. Maktab sharoitida Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilardaVatanga e`tiqodni tarbiyalashda Vatan tarixini bilish, uning tinchligi va barqarorligi saqlash yo`lida o`z xizmatini ayamaslik kabilarni bolalar ongiga yetkazish.



Download 86,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 86,4 Kb.