|
Pedagogika
|
bet | 1/9 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 86,4 Kb. | | #262125 |
Bog'liq milliy2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
Himoyaga ruxsat etiladi
kafedra mudiri _______ dots.D.Sh.Nafasov
“____”__________ 2024-yil
“YUNOGOGIKA” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashning
institutsional tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari
Bajardi:
Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi)
ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Ollanazarova Muqaddas
Ilmiy Rahbar; ______________
Urganch – 2024
MUNDARIJA
I. KIRISH……………………………………………………………………… 3
II. ASOSIY QISM Milliy istiqlol gʻoyasini shakllantirishda oila va maktabning hamkorligi
1. Milliy istiqlol g‘oyasi asosida bolajonlarni vatanga e’tiqodni tarbiyalashning nazariy asoslari. ...................................................................... 5
2. Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi asosida yoshlarni ongiga vatanga e’tiqodni singdirish imkoniyatlari. ................................................................................... 12
3. Yoshlarni vatanga e’tiqodli qilib tarbiyalash.............................................. 18
III. XULOSA VA TAVSIYALAR..................................................................... 22
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ..............……....... 24
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik tufayli jamiyatimizning barcha sohalarida bo`layotgan qator islohotlar, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishlarda ham o‘z aksini topmoqda. Bugungi kunda barkamol, sog‘lom va teran fikrli yosh avlod tarbiyasi, uning har tomonlama puxta, mukammal inson bo‘lib yetishishiga erishish masalasiga har qachongidan ham jiddiyroq e’tibor berilmoqda.
Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash jamiyatda muhim ijtimoiy omil sifatida qaraladi. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo, ta’lim – tarbiyadan boshlanadi.
Hozirgi vaqtda barkamol avlodni sog‘lom turmush tarziga tayyorlashda ta‘lim – tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televideniye, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari yoshlarni komil inson qilib tarbiyalaydigan har qanday ijobiy jarayonni zamon talablari asosida yangi bosqichga ko‘tarishi zarur. Chunki zamon talab va ehtiyojlari, erki va ozodligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy mexanizmi markazida yosh avlod yotadi.
Barkamol avlodni o‘stirishda ta’lim – tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, tashkiliy yo‘nalishlari, tuzilmalarning o‘zaro uygun faoliyatini uzviy ravishda amalgam oshirish muhim mahamiyatga ega.
Mamlakatimizning doimiy taraqqiy etib borishi uchun avvalambor yosh avlodni barkamol, teran fikrlaydigan, bilimli, ishbilarmon, o‘z vataniga mehrli qilib tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Mustaqillikning kelajakdagi istiqboli, islohotlarning taqdiri ko‘p jihatdan mamlakatimizning ertangi kuni va taraqqiyotini o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan sog‘lom va uyg‘un kamol topgan avlodni tarbiyalash bilan bog‘liq. Endigina o‘sib va unib kelayotgan yigit va qizlarimizni har tomonlama kamol topgan shaxslar etib shakllantirmasdan turib O‘zbekistonning kelajagini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
|
| |