|
G‘oyaviy immunitetni shakllantirish
|
bet | 6/9 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 86,4 Kb. | | #262125 |
Bog'liq milliy26. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. G`oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e`tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g`oyani zo`r berib tikishtirish emas, balki odamlarda oq qorani ajratish, zararli g`oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo`lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir.
Manfaatlar bor yerda muqarrar ravishda g`arazli, nopok g`oyaviy niyatlarni amalga oshirish uchun intilishlar ham bo`ladi. g`shlarda mafkuraviy immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar muhim rol uynaydi. G`oyaviy immunitetni shakllantirish – g`oyaviy-tarbiyaviy ish samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi.
7. Harakat dasturiga ega ekanligi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy-siyosiy harakatning o`ziga xos dasturilamali bo`lib xizmat qiladi. Chunki u bugungi kun muammolarini hal etish uchun odamlarni jipslashtirish va safarbar etish zaruriyatidan vujudga kelsa-da, ayni vaqtda uzoq istiqbolni ko`zlaydi. Tarixiy davr o`zgarishi bilan milliy mafkurani yanada takomillashtirish, yangi mazmun bilan boyitish zaruriyati vujudga keladi.
O`zbekiston milliy mafkurasining istiqlol mafkurasi deb atalishi bejiz emas. Chunki, jamiyatimizda ro`y berayotgan olamshumul-tarixiy o`zgarishlar milliy istiqlol sharofatidandir. O`zbekiston tarixan qisqa muddat ichida jahon hamjamiyatida o`z o`rni, mavqeini egallay boshladi, ilg`or mamlakatlar tajribasini qunt bilan o`rganish imkoni tug`ildi. Siyosiy, iqtisodiy hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yildi. Mustaqillik yillarida qo`lga kiritilgan ulkan yutuqlar, shahar va qishloqlarimizning yangicha chiroy kasb etgani xalqimizning O`zbekiston zaminida kelajagi buyuk davlat barpo etish yo`lida fidokorona mehnat qilayotganidan dalolatdir.
2. Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi asosida yoshlarni ongiga vatanga e’tiqodni singdirish imkoniyatlari
Har bir jamiyatning har bir davlatning o`ziga xos, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlarini va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bo`lishi lozim. Mafkura jamiyat rivojlanishini osonlashtiradi, millatni, barcha fukarolarni umumiy maqsad yo`lida birlashtiradi, ulkan vazifalarni bajarishga ommani safarbar etadi, shu bilan birga har bir shaxs faolligini oshiradi. Shuning uchun xam jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste`dodini baxshida etishga tayyor, fidoiylar tarbiyalanmasa bunday jamiyatda buyuk davlatni shakllantirib bo`lmaydi. Yoshlarda bunday sifatlarni tarbiyalash Maktabgacha sinfdan boshlanadi.
Yoshlarniyoshlarda milliy istiqlol g`oyasi asosida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashning quyidagi yo`nalishlariga e`tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz:
- birinchidan, yoshlar, ayniqsa Maktabgacha sinf o`quvchilarini eng avvalo milliy istiqlol g`oyasi asosida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda milliy o`zligini anglashga e`tiborni qaratish lozim. Ayni vaqtda milliy o`zlikni anglash o`z tarixini bilishdan boshlanadi.
Tarixchi, arxeolog, sharqshunos olimlarimiz bu borada ko`p ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit dasturini ishlab chiqib, qator tarixiy manbalar, kitoblar chop etmokda, yoshlarimizga muhim tarixiy saboklarni singdirish uchun harakat qilishmokda. Jamiyatimizda tarixiy, madaniy qadriyatlarimizni tiklash maqsadida Muxammad Ibn Ismoil Al-Buxoriy, Xakim at-Termiziy, Baxovuddin Nakshbandiy, Xo`ja Axror Vali, Mirzo Ulugbek, Amir Temur kabi buyuk shaxslar faoliyatiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishi fikrimiz isbotidir.
- ikkinchidan, milliy g`urur va milliy birdamlik ruhida tarbiyalash - milliy g`urur, milliy iftixor, oriyat ruxini yoshlar ongiga singdirish – bu xalqimizning boy tarixini, ma`naviy qadriyatlarini o`rganib, vatanimizning boy iqtisodiy imkoniyatlarini bilish, qadrlash, tejab-tergab sarflab kelajak avlodga xam yetkazish, milliy manfaatlarini himoya qilish, shulardan g`ururlanish faxrlanish hissini singdirish hisoblanadi.
Milliy birlik, hamkorlik va g`urur ruhida tarbiyalash millatchilikning turli ko`rinishlariga, jumladan, mahalliychilik, mansabparastlik, kabi illatlarni yengishga yordam beradi. Mansabparastlik, tarafkashlik, guruhbozlik, mahalliychilik – bularning hammasi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotimiz, mustaqilligimiz uchun xatarlidir. Bular milliy ongi, siyosiy madaniyati, milliy g`ururi zaif bo`lgan kishilarga xos xususiyatdir. Ayniqsa, mahalliychilik milliy birlik va birdamlikka putur yetkazadi, milliy nizolarni gazak oldirib yuboradi. Bundan bizning g`animlarimiz ustomonlik bilan foydalanishi mumkin. Ma`lumki, milliy iftixor va milliy g`urur millatlararo munosabatlarning eng muhim tomonlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Ammo bu munosabat ba`zan o`ylamay qilingan bir hatti-harakat bilan ikkinchi bir millat his-tuyg`ularining kamsitilishiga olib kelishi mumkin. Milliy manmanlik, milliy mahdudlik, milliy maqtanchoqlik millatchilik tuyg`ulariga aylanib ketishi mana shu milliy tuyg`ularning kamsitilishi asosida yuzaga keladi.
Ma`lumki, yoshlarda his-tuyg`u kuchli bo`ladi, ushbu his-tuyg`ularni to`g`ri yo`naltirishimiz, avaylab asrab tarbiyalashimiz lozim. Bunda biz milliy tuyg`ularni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va axloqiy omillarga suyanib, umuminsoniy manfaatlar asosida rivojlantirishimiz lozim. Yoshlar o`rtasida g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni keng ko`lamada olib borishda ijtimoiy maktab ta`limining o`rni va roli kattadir. Maktab ta`limi yoshlarning mustaqil fikrlash, respublikamizdagi siyosiy hayotiga o`z munosabatlarini mustaqil bildirish, siyosiy faolligining oshishiga katta yordam bermoqda.
- uchinchidan, yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashning yo`nalishlaridan biri – yetuk milliy ong, milliy birdamlik tuyg`usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o`z ichiga oladi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevkadrlar tayyorlash tizimining asosiy tamoyillaridan biri «… yoshlar Vataniga sadoqat, yuksak axloq, ma`naviyat va ma`rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash» ekanligini ta`kidlagan.
Shu nuqtai nazardan biz o`quvchilarni inson uchun dunyoda Vatandan aziz va mu`tabar, muqaddas, qutlug` narsa yo`q ekanligi ruhida tarbiyalashimiz lozim. Vatan – bu xalqning o`tmishi, buguni va kelajagidir. Vatanparvarlik esa milliy manfaatlarni, millat takdirini va istiqlolini chuqur o`ylash va anglash mas`uliyati bilan bog`lik ma`naviyatdir. «Bugun Vatanning har bir farzandi, - deb ta`kidlaydi I. Karimov – o`zining ota yurtining ajralmas bo`lagi deb his etayapti va bundan faxrlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, aslo yanglishmagan bo`lamiz».
Bu borada bizning vazifamiz, Vatanimiz tarixini yoshlarga davr siyosatiga moslashtirilgan, bir qolipga solingan holda emas, balki obyektiv asosda, ota-bobolarimizning yurtimiz mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari, ayni shu yo`lda ularning jon berib jon olganlari misolida yetkazishimiz lozim.
- to`rtinchidan, xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish ruhida tarbiyalash, Maktabgacha sinf o`quvchilarni milliy an`analarimiz, milliy odob-axloqimiz qoidalari, ona tilimizni chuqur o`rganishga da`vat etishimiz lozim.
Mustaqillik davri yaxshi milliy an`analarga, urf-odatlarning mezoni doirasida turib ish tutishni talab etadi. Biz ayniqsa o`qfuvchilarni ajoyib milliy urf-odatlarimiz, chunonchi o`zidan kattani, kariyalarni, ota-onani hurmat qilish, ularning talablarini mumkin qadar bajarish, chanqagan yo`lovchiga suv berish, oyoq ostida yotgan non bo`lagi va ushog`ini olish, daraxt ekish va boshqa juda ko`p go`zal, oliyjanob urf-odatlar ruhida tarbiyalashimiz, ular ongiga singdirishimiz lozim.
Kelajak avlodlar o`z taraqqiyotida o`tmish avlodlarning tajribasidan, yo`l-yo`riqlaridan, ulardan meros qolgan moddiy va ma`naviy merosdan o`z faoliyatlarida foydalanadilar, o`zlariga kerakli xulosalarni chiqarib oladilar.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarda milliy g`oya asosida vatanga e`tiqodni tarbiyalash omillaridan yana biri tilning sofligini, tozaligini saqlash va bunga o`quvchilarni chorlashdir. Chunki xalqimizning uzoq o`tmishi, bugungi xayoti-yu ertangi istiqboli mujassamlashgan tilimizda millatning milliy-ma`naviy ruhi, madaniy-ma`rifiy qiyofasi butun murakkabligi bilan namoyon buladi.
- beshinchidan, Yoshlarni mafkuraviy tarbiya yo`nalishlaridan yana biri – insonning o`z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilishi, ijodiy fikrlashga o`rgatish, ijtimoiy-siyosiy faollikni, kattalar ishini davom ettirish mas`uliyatini anglash, boshqaruv ishlarini tushuntirishni tarbiyalash lozim.
Maktabgacha sinf o`quvchilarini milliy g`oya ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o`rni beqiyosdir. Milliy qadriyatlar o`quvchilarni vatanga e`tiqodli, xalqiga sodiq yoshlarni tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Biz tadqiqotlarimiz davomida Maktabgacha sinf o`quvchilarining Vatan, Vatanga e`tiqod xaqida kanday tushunchaga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida, o`quvchilar bilan og`zaki savol-javoblar uyushtirdik. Savollarni tuzishdan oldin ularning yosh va psixologik jihatlarini hisobga oldik. Ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1. Vatan nima?
2. Nega ona Vatan deyiladi?
3. Bizning Vatanimiz qayer?
4. Vatan xakidagi o`zbek xalq maqollardan misollar keltiring?
5. Vataningiz tabiati va ob-havosi xaqida gapirib bering?
6. Amir Temur, Alisher Navoiy, Boburlar kimning vatandoshi?
7. Siz vataningiz uchun nima qila olasiz?
8. Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?
Ushbu tajriba sinovimizda 50 ta Maktabgacha sinf o`quvchilari ishtirok etishdi, suhbatlarda ishtirok etgan Maktabgacha sinf o`quvchilari birinchi, ikkinchi va uchinchi savol bo`yicha to`liq bo`lmasada, ko`pchiligi to`g`ri javob bera olishdi. To`rtinchi savol bo`yicha esa ya`ni «Vatan haqidagi o`zbek xalq maqollaridan misollar keltiring?» savoli bo`yicha o`quvchilar atigi 3-4ta Vatan haqidagi maqolni aytishdi xolos, vaholanki, har bir sinf darsliklarida Vatan to`g`risidagi o`zbek xalq maqollaridan keltirilgan, mavzu o`rganilgandan so`ng esa topshiriq sifatida Vatan to`g`risidagi maqollarni yod olishlari ko`rsatilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, bu savolimiz yuzasidan qoniqarli javob ololmadik. Beshinchi savol bo`yicha ham o`quvchilar to`liq javob kaytara olishmadi. Oltinchi va yettinchi savollarga esa o`quvchilarning ko`pchilik qismi javob berishga harakat qilishdi.
Oxirgi ya`ni «Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?» deb so`ralganda esa, ishtirok etgan o`quvchilarimizning diyarli ko`p qismi tasavvurga ega emasliklarining guvohi bo`ldik. Shu sababdan savolimiz mazmunini bir oz o`zgartirib «Vatanparvarlik” deganda nimani tushunasiz? savoli bilan qaytadan murojaat qilishimizga to`g`ri keldi.
Maktabgacha sinf o`quvchilarining yoshlari va sinflari har xil bo`lganligi sababli, xar xil sinfda turlicha javob qaytarishdi. Ya`ni birinchi va ikkinchi sinf o`quvchilari bu savol yuzasidan sayozroq tushunchaga ega egalar, uchinchi va to`rtinchi sinf o`quvchilari esa to`liq bo`lmasada, javob qaytarishdi. Og`zaki savol-javoblarda barcha o`quvchilarning ham oshkora javob bera olmasliklarini hisobga olib, shu maktabning Maktabgacha sinflarida yozma anketa savollarini tarqatdik. Anketa savollarini test tarzida tuzib chiqdik. Bu so`rovnoma o`quvchilar bilan bo`lgan yakka tartibdagi savol-javoblar, suhbatlar, milliy qadriyatlarga bag`ishlangan ertaliklar, bellashuvlardan keyin o`tkazildi.
So`rovnomamizda quyidagi savollar mavjud edi.
Hurmatli o`quvchi quyidagi savollarga javob variantlarini belgilab ko`ringchi (sizga ma`qul bo`lgan javobni aylana ichiga oling)
|
| |