• Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
  • 4. N.Atayev F.Rasulova S.Hasanov "Umumiy pedagogik". Toshkent: 2011 5.To’raqulov X.A. Kamolot sari. Jizzax, 2007, 181-182 betlar.
  • Pedagoglarning taʼlim jarayonidagi tarbiyaviy metodlari Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yoʻnalishi 1-kurs talabasi Sayliyeva Marjona Sodiqovna Annotasiya




    Download 11,98 Kb.
    bet3/3
    Sana08.02.2024
    Hajmi11,98 Kb.
    #153546
    1   2   3
    Bog'liq
    Marjona

    Muhokama
    Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.Pedagogik texnologiya - bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning aloqasini hisobga olib yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish ta’limni takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Pedagog bolaga tarbiya berish jarayonida turli xil zamonaviy texnika texnologiyalardan foydalanish va bularni bolalarga o'rgatishi talab qilinadi. Chunki hozirgi kunda zamon talabi shuni taqozo qiladi. Hozirgi kunda butun dunyoda sun'iy intellektlar yaratilmoqda va dunyoni mana shu texnologiyalar yordamida boshqarib kelinmoqda. Kelajakda bularni yanada takomillashtirish yosh avlodning vazifasidir.
    Natija
    Bolaga tarbiya berishda avvalo jazo, metodidan voz kechish kerak. Chunki, jazo metodini qo'llash davomida bu turli xil keskin vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan bola qo'rquv asnosida ulg'ayadi va o'z fikrini erkin ifoda eta olmaydigan bo'lib qoladi. Va, kelajakda faqat aytilgan vazifani bajara oladigan robotga aylanib qoladi. Ikkinchidan bu bolaning ongiga salbiy ta'sir koʻrsatadi. Va bolada jazoga bo'lgan moyillikni kuchaytirib yuboradi. Kelajakdagi ishi davomida ham u biror jazo olmasa ish qilmaydigan bo'lib qoladi. Bundan tashqari bolalarga tarbiya berishda ko'proq ragʻbatlantirish metodidan foydalanish talab qilinadi chunki bolalarda rag'batga boʻlgan ehtiyoj juda ham yuqori bo'ladi bolaga qanchalik ko'p rag'bat berilsa shunchalik oʻqishga bilim olishga intilishi ko'proq bo'ladi lekin buni ham haddan tashqari orttirib yuborilsa bola rag'bat olmasa ish qilmaydigan ham bo'lib qolish ehtimoli bor shunday ekan har bir metodni oʻz o'rnida foydalanish talab qilinadi. Agarda oʻqituvchi metodlarni to'g'ri qoʻllay olishni bilsa bolaga tarbiya berishda qiynalmaydi.Tarbiyalashning eng samarali yo‘li - mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning haqiqatni bilishga, fikrlashga, erkin muloqotga, hamkorlikka intilishidir.Mashgʻulotlarda bu ruh bo‘lmasa, bunday mashg‘ulotlar jonsiz, zerikarli va samarasiz bo‘ladi. Tarbiya berish avvalo oiladan boshlanadi. Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi.Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi.
    Xulosa
    Xulosa oʻrinda shuni aytish joizki tarbiya olish juda ham muhim vazifa sanaladi. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Abdulla Avloniyning yuqoridagi fikrlari ham bejiz emas.Ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar va yoshlarimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani davlatimizning yoshlarga bo‘lgan e’tiborining naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bolalarga tarbiya orqali ularni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash kelajagimizga katta foyda olib keladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
    1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.
    2. R. Mavlonov B.Normurodov N. Rahmonqulov "Tarbiyaviy ishlar metodikasi"— Toshkent: 2010
    3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: Sharq, 1997.
    4. N.Atayev F.Rasulova S.Hasanov "Umumiy pedagogik". Toshkent: 2011
    5.To’raqulov X.A. Kamolot sari. Jizzax, 2007, 181-182 betlar.
    6.Abdulla Avloniy" Turkiy Guliston yoxud axloq" O‘zbekiston milliy ensiklapediyasi ,Toshkent 2004.
    Download 11,98 Kb.
    1   2   3




    Download 11,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagoglarning taʼlim jarayonidagi tarbiyaviy metodlari Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yoʻnalishi 1-kurs talabasi Sayliyeva Marjona Sodiqovna Annotasiya

    Download 11,98 Kb.