|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 75-81 (2)“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-35, Issue-1, June-2023
77
Har bir tanlangan mashqni bajarish jarayonida kelib chiqadigan xulosalarni
fikrlab hal qilishni ta'lim oluvchilarning o‘zlariga tavsiya qilish muhim masalalardan
biri hisoblanadi.
Nazorat topshiriqlaridagi bajariladigan mashqlarni didaktik maqsadlar
mazmunini e'tiborga olib quyidagicha ajratish mumkin:
- o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlashga doir mashqlar;
- o‘rganilgan o‘quv materialini takrorlash va malaka hosil qilishga qaratilgan
mashqlar;
- bilim va malakalarni tizimlashtirishga qaratilgan mashqlar;
- bilim va malakalarni tekshirishga qaratilgan mashqlar.
Ta'limning tugallanganligi o‘zlashtirish koeffisientiga ko‘ra baholanadi:
KA=A/R ,
bu yerda R – nazorat topshiriqlari soni,
A –to‘g‘ri bajarilgan nazorat topshiriqlari soni. 0 ≤ KA ≤ 1 bo‘ladi.
KA ≤ 0,7 bo‘lsa ta'lim jarayoni tugallangan hisoblanadi, keyingi ta'lim jarayonida
talabalar o‘z bilimlarini takomillashtirib borishlari mumkin. Pedagogik jarayonlarga
talabaning o‘zlashtirish sifatini aniqlovchi koeffisientning(KA) kiritilishi pedagogik
texnologiyaning asosiy mezonlaridan biri – ta'limning yakunlanganlik mezonini
shakllantirish imkonini beradi. Bunda talabaning harakati faqat mazmuni bilan
tavsiflansa, uni ko‘nikma, agar harakat yana tezlik bilan tavsiflanadigan bo‘lsa, uni
malaka deb hisoblash mumkin.
Hozirgi zamon pedagogika – psixologiya fanlarida amalga oshirilgan
tadqiqotlarga asosan, inson tomonidan axborotlar o‘zlashtirilishining didaktik jarayon
tizimini uchta o‘zaro bog‘liq komponentlar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: ya'ni
motivizasiya, talabaning bilish faoliyati, ta'lim jarayonini boshqarish.[3]Didaktik
jarayonning har bir komponentini qurishda qanday pedagogik tasavvurlardan kelib
chiqilganiga asoslanib, o‘quv-tarbiya jarayonining turli texnologiyalarini(uslublarini)
yaratish mumkin.Motivizasiya deb shaxs faoliyati ma'lum ma'noga ega bo‘ladigan
mazmunga, ya'ni shaxsning qiziqishlari, tashqi maqsadlari uning ichki talablariga
aylanishiga aytiladi(ehtiyojni qondirish haqidagi intilishni ta'minlaydi). Uning
quyidagi turlari mavjud: ijobiy, daxlsiz, salbiy.Motivizasiyadan tashqari, talabaning
o‘quv materialini o‘zlashtirishga olib keluvchi o‘quv-bilish harakatlarini bajarishi talab
etiladi. Pedagogning vazifasi ta'lim texnologiyasini to‘g‘ri tanlash va ta'lim maqsadlari
va o‘rganiladigan fan xususiyatlaridan kelib chiqib uni talabaga berishdan
iborat.Motivasiyaning mavjudligi talabalarning rejalashtirilgan ta'lim ko‘rsatkichlariga
erishishini to‘liq ta'minlay olmaydi. Ta'lim jarayonlarini boshqarishni tashkil
qilishning to‘g‘ri usuli tanlangandagina didaktik jarayon tugallanganligi ta'minlanadi.
Shuning uchun ham talabalarning barcha o‘quv-bilish harakatlari, ularni o‘zlashtirish
va tuzatish, ya'ni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishi zarur bo‘ladi.
|
| |