“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana30.11.2023
Hajmi0,57 Mb.
#108123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
75-81 (2)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-35, Issue-1, June-2023
 
76 
o‘quvchilarning ma'lum darajada o‘ylashlari va fikrlashlari talab qilinadi.Ijodiy 
o‘zlashtirish darajasi(yoki qisman ijodiy) o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini turli 
holatlarda tatbiq eta olish, masala yechishning turli yo‘llarini izlash(o‘qituvchi 
ko‘rsatmagan, aytmagan metodlar)ni qo‘llashga asoslangan o‘quv materialiga 
aytiladi.Yuqorida keltirilgan esga olish va xotirada tiklash, reproduktiv, produktiv va 
ijodiy o‘zlashtirish hamda ta'lim maqsadlari (ta'limning umumiyligi, tarbiyaviyligi va 
rivojlantirishligi) birlashib kompleks holda keladi.O‘quv materialini o‘zlashtirish 
darajalariga 
erishish 
uchun 
ta'lim 
jarayonida 
bir 
qancha 
metodlardan 
foydalaniladi.O‘qitish texnologiyasida asosiy e'tiborni dastlabki harakat obrazini 
shakllantirish uslubiga qaratishimiz lozim, chunki insonning har qanday ongli 
ravishdagi faoliyati ushbu harakatni bajarish uslubi to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida 
amalga oshiriladi.Inson mahorati darajasi faoliyat to‘g‘risidagi axborotlarni 
o‘zlashtirish bilan belgilanadi. Bizning ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan 
texnologiyamizda o‘zlashtirilgan axborotlardan foydalanishning to‘rt xil murakkablik 
darajali bo‘lishi lozimligi ajratib ko‘rsatilgan.O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarining asosiy mezonlari quyidagilardir:[1] 
- o‘qitiladigan o‘quv materialini asosiy savollarga ajratish; 
- o‘quv materialidagi asosiy tayanch tushuncha va iboralarni keltirish; 
- o‘quv maqsadlarining(asosiy va identiv) qo‘yilishi; 
- har bir asosiy savol materialini o‘zlashtirish bo‘yicha to‘rt xil murakkablik 
darajalaridagi nazorat topshiriqlarini yaratish; 
- o‘zlashtirishning “avtomatlashuvi” ko‘rsatgichi; 
- ta'limning yakunlanganlik mezoni. 
O‘zlashtirish darajalarini aniqlash uchun mos ravishda nazorat topshiriqlari ishlab 
chiqiladi. Nazorat topshiriqlari berilgan faoliyat turiga belgilangan vazifa va etalonni, 
ya'ni harakatni to‘g‘ri, to‘liq bajarish natijasini o‘z ichiga oladi. Etalonga ko‘ra nazorat 
topshiriqlari soni( R ) aniqlanishi lozim.O‘quv muassasalarida ta'lim oluvchilar uchun 
fan mavzularidan nazorat topshiriqlarini berishda tanlangan topshiriqlar barcha 
tinglovchilar uchun bir xil bo‘lmasligiga e'tibor berish kerak. Nazorat topshiriqlarining 
ko‘rinishi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga qarab tanlanishi maqsadga muvofiq, 
ya'ni o‘quvchilar o‘quv predmetidan olgan nazariy bilimi qay darajada 
o‘zlashtirilganligini e'tiborga olib mos mashqlar oddiydan murakkabga qarab 
o‘quvchilarga tavsiya qilinadi.[2] 
Nazorat topshiriqlarida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi talab etiladi: 
• har bir mashqning qiyinlik darajasi; 
• mashqning o‘quvchilar uchun qiziqarliligi; 
• mashqlarning soddadan murakkabga qarab tanlanishi; 
• mashqlarning fanlararo bog‘lanishi va hayotiyligi; 
• mashqlar mustaqil ish va uy vazifasi sifatida foydalanishga mo‘ljallanishi. 



Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish