|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 75-81 (2)“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-35, Issue-1, June-2023
80
- eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xil bo‘lmaganligi sababli, guruh
bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin;[5]
- mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Hozirgi vaqtda ta'lim muassasalarida o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari
keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash ta'limda yuqori
samaradorlikka olib keladi. An'anaviy o‘qitishda asosan o‘qituvchiga erkinlik beriladi
(sub'ekt-ob'ekt), noan'anaviy o‘qitishda esao‘quvchiga erkinlik beriladi, o‘qituvchi-
o‘quvchi munosabatlarini demokratlashtirish (sub'ekt-ob'ekt) asosida dars jarayonlari
tashkil etiladi.
O‘qitishning noan'anaviy usullaridan samarali foydalanish o‘qituvchining kasbiy
malakasi hamda mahoratiga bog‘liq.
Noan'anaviy o‘qitish jarayonida o‘qitishning tashkiliy shakllari(frontal,
guruhlarda ishlash, individual ishlash) yordamida o‘qituvchi dars o‘tishda quyidagi
usullardan foydalanishi mumkin:
Aqliy hujum. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilarga topshiriq (savol) beradi,
o‘quvchilarning topshiriqlar borasida berilgan fikr-mulohazalari jamlanadi.
O‘quvchilar hamkorlikda murakkab muommoni yechishga harakat qiladilar. Uni hal
etish uchun o‘z shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar.
Guruh (juft) bo‘lib ishlash. Darsda ishtirok etayotgan o‘quvchilar guruhlarga (4 -
6 o‘quvchi) bo‘linibyoki juft - juft bo‘lib o‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajaradi.
Bahs. O‘quv guruhi ikki komandaga bo‘linadi. Tegishli mavzu bo‘yicha bahs,
munozara yuritiladi, o‘zaro fikr almashiniladi .
Mehmon mashqlari. Bunda dars biron mutaxassis ishtirokida o‘tkaziladi.
Mutaxassis taklif etish, kutib olish, dars jarayonini tashkil etib, uni kuzatib qo‘yish kabi
barcha tashkiliy ishlarni o‘quvchilarning o‘zlari bajaradilar.
So‘rovnoma o‘tkazish. Fanni o‘qitish davomida har bir bo‘lim, bob
yakunlanganidan so‘ng o‘qituvchi so‘rovnoma o‘tkazadi.
Og‘zaki va yozma mashqlar. Og‘zaki mashqlar ta'lim oluvchilarning nutq
madaniyati va mantiqiy fikrlashini, ularning bilish imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Yozma mashqlar orqali esa o‘quvchilarda tegishli ko‘nikma va malakalar
shakillantiriladi, chuqurlashtiriladi va mustahkamlanadi
O‘z-o‘zini attestasiya qilish. Har bir ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘z
faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan usuldir.
Natijalarni tahlil qilish. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga qo‘ygan baholar
natijasi va dars-mashg‘ulotda qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishganlik tahlil
etiladi.
Xulosa:
Ta’lim sohasidagi ta’lim beruvchi har bir o‘quv mas hg‘ulotini yaxlit holatda
ko‘ra bilishi va uni tasavvur etish uchun o‘quv mas hg‘ulot jarayonlari loyhalashtirilib
|
| |